Hindiston musulmonlar farzandlarini nishonga olib, ularni oʻgʻirlab ketish siyosatini olib bormoqda

718
0

Hindiston musulmonlar farzandlarini nishonga olib, ularni oʻgʻirlab ketish siyosatini olib bormoqda

Britaniyada chiqadigan Telegraf gazetasi 2019 yil 15 avgust kuni bir hisobotni tarqatdi. Ushbu hisobotda kelishicha, Hindiston davlati bosib olingan Kashmirni oʻz hududiga qoʻshib olish harakati ortidan Kashmirdagi goʻdaklarni olib qochish ishlarini olib borgan. Fuqarolik jamiyatlarining Jon Dariz va Maymuna Mulla kabi bir guruh aʼzolari bir toʻp hujjatlarni keltirishgan. Ushbu hujjatlar Hindiston xavfsizlik kuchlari ushlab olib, kaltaklagan bolalarning hikoyalari asosida tayyorlangan. Ularning qamoqqa olinib kaltaklanishi Hindistoning mintaqada terrorizmga qarshi kurashdagi zoʻravonligi avj olgan bir paytda yuz bermoqda. Bu kabi manfur jinoyatlar axborot vositalari orqali qasddan yoritilmay, xabar qilinmay kelinyapti. Lekin bir guruh inson huquqlari faollari Kashmirning ayrim joylarida boʻlib, xunrezlik boʻlayotganini tasdiqlovchi filьmni suratga olishgan. Ammo Hindiston press klubi tomonidan ularga axborot vositalaridan foydalanish uchun ruxsat berilmadi. Shunday boʻlsada ular zudlik bilan “Asrlikdagi Kashmir” nomli tasmani Yutubga yuklashgan. Unda Ambur shahrida 11 yoshli bola oʻzidan katta va kichik bolalar bilan birga politsiya idorasiga olib borilib, kaltaklangani tasvirlangan. Xavfsizlik kuchlari koʻpincha tunning yarmida bostirib kirib, bolalarni oilalaridan tortib olishadi. Bunday bosqinlardan barcha qoʻrqib qolgan. Unda ayollar va qizlarning yotgan joylariga kirib shilqimlik qilishadi. Tasmada yana 5 avgust kuni namozdan keyin masjidda bir yosh bola hamda 10 va 12 yoshdagi ikki bola olib ketilgani tasvirlangan. Vahshiy hindlar bundan oldin ham Kashmirdagi musulmon yigitlar va bolalarga turli xunrezliklar qilishgan. Masalan bu qotil bosqinchiga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda musulmonlarga qarshi mineral granulalar qoʻllash orqali koʻpchiligining koʻzini koʻr qilgan edi.

Hindiston davlati ushbu Ummat farzandlarini olib qochish va ularga yomon muomalada boʻlish uchun koʻk chiroq yoqib qoʻygan. Chunki ushbu Ummatning ularni himoya qiladigan va Modi rejimini qoʻrqituvchi armiyani ishga soladigan va siyosiy irodaga ega boʻlgan davlati yoʻq. Bugungi musulmon hokimlarning barchasi Kashmirdagi goʻdaklarni azoblash va huquqlarini poymol qilishga til biriktirib olishgan. Aks holda ular sukut qilmagan va Kashmir musulmonlarini himoya qilish uchun qurolli kuchlarini u yerga yuborgan boʻlar edilar. Masalan Pokiston bosh vaziri Imron Xon bu ishlarga nisbatan zaif va sharmandali munosabat bildirdi. Chunki u Hindistonni soʻnggi harakatidan qaytishiga majburlashini soʻrab BMTga yolvordi. BMT esa, Kashmirdagi inson huquqlari poymol qilinishi borasidagi hisobotida Hindistonning olib borayotgan ishlaridan koʻz yumdi. Shuningdek, Hindiston davlati oʻtgan yetmish yil mobaynida jazodan qutilib kelayotgan boʻlsada, unga eʼtibor bermadi.

Paygʻambarimiz ﷺ aytadilar:

“الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ لَا يَظْلِمُهُ وَلَا يُسْلِمُهُ”

“Musulmon boshqa bir musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi va tashlab qoʻymaydi”. Ammo islomiy yurtlardagi bugungi rejimlar soyasida jafokash musulmonlarni oʻz holiga tashlab qoʻyish davlat siyosatiga aylandi. Armiya esa aka-uka va opa-singillar qoni toʻkilayotgan hamda onalar va goʻdaklar oʻgʻirlanayotgan va azoblanayotgan paytda kazarmalarda kazarmalarda biqsinib yotibdi. Biz musulmon yurtlarining qurolli kuchlari safidagi xolis kishilardan soʻraymizki, qachongacha ushbu qoʻrqoq hokimlarga itoat qilasiz? Axir ular xoinlar boʻlib, musulmonlarning ahvoli ularni tashvishlantirmaydi. Ular musulmon yurtlarni Islom dini dushmanlarining changaliga tashlab qoʻyishdi. Shuningdek, ular sizlarni Ummatingiz borasidagi vazifalaringizni bajarishingizdan qaytarmoqda. Qachongacha Kashmir, Falastin, Suriya va boshqa joylardagi aka-uka va opa-singillaringizni xorlashlari va qatl qilishlariga qarab turasiz. Qachongacha ularga orqa oʻgirasiz. Holbuki, sizlar beparvoligingiz tufayli Allohning gʻazabiga duchor boʻlishingizni yaxshi bilasiz. Qachongacha ushbu Ummat farzandlarining qichqirigʻidan quloqlaringizni berkitasiz? Qachongacha pokiza opa-singillaringiz toʻkayotgan koʻz yoshlaridan koʻz yumasiz?… Holbuki, siz bularning barchasiga nuqta qoʻyishga qodirsiz.

Biz sizlarni musulmonlarni himoya qilish, din dushmanlari qalbiga qoʻrquv solish, bosib olingan islomiy yurtlarni ozod qilish borasidagi islomiy vazifangizni bajarishga chaqiramiz. Shuningdek, sizlarni Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash uchun Hizb ut-Tahrirga yordam berishingizga chaqiramiz. Chunki oʻsha davlat har bir musulmon erkak va ayolni hamda goʻdaklarni himoya qiladi, moʻminlar ustidan kofirlarning hukmronlik qilishiga va musulmon goʻdaklarning azoblanishiga yoʻl bermaydi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الأَرْضِ أَرَضِيتُم بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الآخِرَةِ إِلاَّ قَلِيلٌ

“Ey moʻminlar, sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, oʻz yeringizga (yaʼni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (neʼmatlari)dan yuz oʻgirib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi boʻlurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!” [Tavba 38]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi – ayollar qismi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.