Husiylar Amirliklarni muzokaraga chaqirmoqda

387
0

Husiylar Amirliklarni muzokaraga chaqirmoqda

Oliy siyosiy kengash 2019 yil 21 iyul yakshanba kuni Amirliklarni Yamandan oʻz harbiylarini olib chiqib ketishi borasida muzokaraga chaqirganini eʼlon qildi. Bu kengash rahbarligini Husiylar tanho oʻzlari bajarishadi va unga Yaman umumxalq kongressi ham aʼzo. Kengash chaqirigʻi Amirliklarning portlari va tayyoragohlari nishonga olingani haqidagi yashirin tahdidni oʻz ichiga oladi. Siyosiy kengash oʻzi chiqargan bayonotda Amirliklarning Yamandan chiqib ketgani haqida gapirar ekan, “Bu xabar Sanʼoga rasman yetkazilmagani va bu borada muzokara boʻlmaganini aytdi. Bu haqida Yamanda chiqadigan Qoʻzgʻolon gazetasi 2019 yil 23 iyul seshanba kuni xabar tarqatdi.

Ayni paytda Husiylar Amirliklarni yolgʻonchilik va Yamandan harbiylarini olib chiqib ketmaganlikda ayblagan. Shuningdek ularning harbiy harakatlari axborot vositalaridagi bayonotlariga zid ekani haqida aytib, chegaraga yaqin joylar va Qizil dengizning sharqiy sohillarida keskinlik kuchayishi hamda Amirliklar oʻt ichida qolishi haqida ogohlantirganlar.

Ular Amirliklarni Hadida portiga hujum qilishdan toʻxtatishni koʻzlashmoqda. Chunki bu port Husiylarni tashqi olamga bogʻlab turgan yagona yoʻldir. Shuningdek, Amirliklarni Yamandan chiqib ketishga majburlash orqali ular hamkorlik qilayotgan ittifoqni buzish va Yamandagi ularga qarshi boʻlayotgan urushga chek qoʻyishni koʻzlashmoqda.

Husiylarning Amirliklarga tahdidi Amerikaning Amirliklarga Yamandan chiqib ketishi uchun bosim qilayotgan davriga toʻgʻri kelmoqda. Amerika bunda Amirliklardan yashirin qamoqxonalari hujjatlarini va Adandagi masjid imomlarini vahshiyona oʻldirishi haqidagi hujjatlarni taqdim etishni soʻramoqda. Bundan tashqari Amerika Hurmuz boʻgʻozida Amirliklarga qarshi taranglik paydo qilmoqchi.

Amirliklar 2019 yil iyul oyi boshida Yamandan oʻz harbiylarini olib chiqib ketishini maʼlum qilganidan keyin Husiylar toʻpni Amirliklar oʻyingohiga tashladi. Amirliklar ortga qaytib, Yamandan chekinadimi? Britaniya ularni Adandan Husiylarni quvib chiqarish uchun yuborganidan soʻng Yamandagi urushga chek qoʻyish uchun harakat qiladimi? Amerikaga tobe Xasan Baum tarafdorlari boʻlmish oliy kengashga barham beradimi? Idris Zubaydiyning oʻtish davri kengashini qoʻllab quvvatlab, ularni ogʻir qurollar bilan taʼminlaydimi?

Husiylar Yamanda Amerika gʻalaba qilishini kutishmoqda va uning qadamini mustahkamlashga harakat qilishmoqda. Bu ishlar va Amerika bilan hamkorlik qilish Qurʼonni tatbiq qilamiz deb daʼvo qilayotgan ushbu jamoaning ayblarini fosh qildi. Yaqin kelajakda ushbu jamoaning Alloh, Rosuli va moʻminlarga qilgan xiyonati ochilib boraveradi. Oʻshanda dunyodagi jazodan qutula olmaydilar, oxiratdagi jazoni esa aytmasa ham boʻladi. Shuning uchun gʻalaba ikki mustamlakachini ham quvib chiqarib, Islom bilan hukm yuritish uchun Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash bilan amalga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.