Abyaz shahri talabalarini hatto non bilan taʼminlay olmagan zolim rejim ularni oʻq otar qurol bilan qatl qilishda gʻayrat koʻrsatdi

534
0

Abyaz shahri talabalarini hatto non bilan taʼminlay olmagan zolim rejim ularni oʻq otar qurol bilan qatl qilishda gʻayrat koʻrsatdi

Abyaz shahri oʻquv yurtlari talabalari yashash sharoitining yomonligi, xususan non va transport yetishmasligiga norozilik bildirib koʻchalarga chiqishdi. Hokim rejim kuchlari esa, ularni oʻq otar qurollar bilan qarshi oldi. Masʼul shaxsning tan olishicha, namoyishchilardan besh kishi oʻlgan va oʻnlagan kishi jarohatlangan. Buning ortidan boʻlib oʻtgan ishlarni qoralab hamda adolatli qasosni talab qilib, poytaxt Xartum va boshqa shaharlarda namoyishlar boshlandi.

Inqoz rejimi quladi, hokimiyatga harbiylar keldi, shundan beri toʻrt oy vaqt oʻtar ekan, harbiylar bilan ozodlik va oʻzgartirish kuchlari oʻrtasida kurash ketmoqda. Ahvol kundan-kun yomonlashib bormoqda. Odamlar oldin rejimga qarshi chiqishgan boʻlsa, endi adolat va farovon hayotni talab qilib chiqishmoqda. Lekin ular zulm, qotillik, zoʻravonlik va qiyinchilikka yoʻliqishmoqda. Oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollarining narxi kundan-kunga ortmoqda. Yoqilgʻi yetishmaydi va ayrim viloyatlarda topilmaydi. Sudanning barcha shaharlarida transport narxi oshgan va non taqchilligi koʻzga tashlanadi. Xususan poytaxt Xartumda aksar hollarda non topilmaydi. Harbiylar bilan ozodlik va oʻzgartirish kuchlari oʻrtasidagi kurash esa, Sudanning ichkarisi va tashqarisida hamon davom etmoqda. Ularning har biri saltanatdan kattaroq ulushga ega boʻlish uchun harakat qilmoqda. Agar yoshlar norozilik qilib koʻchaga chiqsalar, Abyaz va boshqa joylarda ularni oʻq otar qurollar bilan qarshi olishmoqda. Poytaxt Xartumda esa, ularga koʻzdan yosh oqizuvchi granata va tayoqlar qoʻllashmoqda. Ozodlik va oʻzgartirish kuchlari hamda siyosiy kuchlar namoyishga chiqqanlarning qoni va jarohatlarini sotmoqda. Ulardan harbiy kengashga bosim oʻtkazish va arzimagan foydani qoʻlga kiritishda foydalanmoqda.

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati aʼzolari harbiy kengashni aybsiz kishilar qonini toʻkishdan keladigan oqibatlardan ogohlantiramiz. Chunki Alloh Taolo moʻminni oʻldirishdan qattiq qaytargan.

وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِناً مُّتَعَمِّداً فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِداً فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَاباً عَظِيماً

“Kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannam boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning gʻazabi va laʼnatiga duchor boʻlgan, Alloh uning uchun ulugʻ azobni tayyorlab qoʻygandir” [Niso 93]

Shuningdek, Ozodlik va oʻzgartirish kuchlari hamda boshqa siyosiy kuchlarni arzimagan mansab va shariatda asosi boʻlmagan botil fuqarolikni deb yoshlarning qonini sotishlaridan ogohlantiramiz. Chunki Islomdagi boshqaruv nizomi na harbiy va na fuqarolikdir, balki Islomdagi boshqaruv Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir. Paygʻambarimiz ﷺ aytadilar:

“كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمْ الْأَنْبِيَاءُ كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ وَإِنَّهُ لَا نَبِيَّ بَعْدِي وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ تَكْثُرُ قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الْأَوَّلِ فَالْأَوَّلِ وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ”

“Bani Isroilga paygʻambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir paygʻambar halok boʻlsa, ortidan boshqa bir paygʻambar kelardi. Mendan keyin esa paygʻambar yoʻq. Xalifalar boʻladi va ular koʻpayib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bayʼatiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida soʻraydi”. Islom bizni lozim tutishga buyurgan yolgʻiz nizom Xalifalik nizomidir. Oʻsha nizomgina qon toʻkilishining oldini oladi, jinoyatchi qotillar va musulmonlarning qonini toʻkayotganlarni yoʻq qiladi. Shuningdek, insonlar uchun adolat va farovon turmushni olib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.