Ansorlar sifatiga ega boʻlish uchun zoʻravonlik va qotillik hamlalari oldida Suriyalik muhojirlarga yordam berish zarur

495
0

Ansorlar sifatiga ega boʻlish uchun zoʻravonlik va qotillik hamlalari oldida Suriyalik muhojirlarga yordam berish zarur

Istanbul voliyligi 22 iyul yakshanba kuni “Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash” nomli matbuot bayonoti chiqardi. 400ta suriyalik muhojir davlat hududidan tashqariga chiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan oʻtkazilgan matbuot konferentsiyasida Turkiyaga noqonuniy yoʻllar bilan kelgan muhojirlar taʼqib qilinayotgani va davlat hududidan chiqarib yuborilayotgani maʼlum qilindi. Shuningdek, vaqtinchalik himoya guvohnomasi bilan Turkiyada istiqomat qilayotgan Suriyalik ajnabiylarni oʻzlari yashayotgan viloyatdan chiqarib, roʻyxatdan oʻtgan viloyatga koʻchirish toʻgʻrisida hamda Istanbulda vaqtincha yashash uchun roʻyxatdan oʻtishni toʻxtatish toʻgʻrisida bildirildi. Suriyalik muhojirlar 2019 yil 20 avgustgacha vaqtinchalik himoya guvohnomasini olgan viloyatga koʻchib ketishi kerakligi aytilgan.

Istanbul voliyligi chiqargan ushbu bayonot va koʻrilayotgan choralar oxirgi paytlarda suriyalik muhojirlarga qarshi nafrat va fitnalarni keltirib chiqargan zoʻravonlik va qotilliklar muhojirlarning dushmanlari foydasiga boʻlgan natijani koʻrsatib turibdi. Shuningdek milliy va ilmoniy siyosat istagan narsa roʻyobga chiqdi. Saylov kampaniyalarida “Islomiy ildizlari chuqur boʻlgan Fotih shahrini suriyaliklardan tozalaymiz” nomli shiorlar koʻtarildi. Milliy va manfaatni asos qilib olgan partiyalarning maqsadi roʻyobga chiqdi. Chunki ular Turkiya boshdan kechirayotgan iqtisodiy inqirozga suriyalik muhojirlar aybdor deyishmoqda. Oxiri muhojir va ansorlar birodarligidan ibrat olmagan ushbu tushuncha sohiblari oʻz maqsadlariga yetishdi.

Biz yaʼni Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot boʻlimi xodimlari 2019 yil 2 iyulda “Suriyalik muhojirlarga qarshi amalga oshirilayotgan tajovuzkorona hamlalarni qabul qilib boʻlmaydi” nomli varaqa chiqardik. Ushbu varaqada Adolat va Taraqqiyot partiyasiga shunday savol bilan murojaat qildik: “Suriya qoʻzgʻoloni avjiga chiqqan paytda muhojir va ansorlar shiorini koʻtargan, bugun esa suriyaliklarni quvib chiqish haqida gapirayotgan anavi kishilar tajovuz va fitnalarda muhim rol oʻynamayaptilarmi? Ular Istanbul saylovlarida magʻlubiyatga uchraganlari uchun jim turibdilarmi?”. Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshirilayotgan yurtiga qaytarish va koʻchirish tadbirlari va Istanbul voliyligi bayonotlari hukumat millatchi ilmoniylardan farq qilmasligini koʻrsatmoqda. Chunki bu hukumat zoʻravonlik va tajovuzkorona qotilliklar oldida biror ish qilishga yaramadi. Agar hukumat buning aksini daʼvo qilayotgan boʻlsa, zoʻravonlik va qotilliklarga yoʻliqayotgan suriyalik muhojirlarni koʻchirmasligi, balki ularni himoya qilishi lozim edi. Agar hukumat vakillari oʻzlarini haqiqatda ansorlar deb hisoblasalar, Turkiya prezidenti Erdoganning 2014 yil Gaziantepda soʻzlagan nutqini eslasinlar. Erdogan oʻshanda shunday degan edi: “Qancha gap soʻz boʻlishidan qatʼiy nazar, sizlarning bizga ogʻirligingiz yoʻq. Hazoratimiz, saqofatimiz va anʼanalarimiz bir boʻlgan mehmonlar biz uchun barakot va sharafdir”. Kecha va bugun oʻrtasida nima oʻzgardi?! Suriya rejimi amalga oshirayotgan qirgʻinga yakun yasaldimi? Yoki Turkiyaning yordami bilan qoʻzgʻolon gʻalaba qozondimi? Ostona va Sochida Turkiya bilan hamtovoq boʻlgan Rossiya Idlib bozorlari va tinch aholi yashaydigan yerlarni bombalamoqda. Turkiya esa, muhojirlarni kishanlab, Idlibga yubormoqda. Yoki suriyalik birodarlarga muhojir sifatida qaralmay, ulardan siyosiy qurol sifatida foydalanilyaptimi? Ular oʻynaydigan roli nihoyasiga yetgach, ogʻir yukka aylanadilarmi? Soʻng ularni zolimlar qoʻliga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdimi?

وَالسَّابِقُونَ الْاَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِر۪ينَ وَالْاَنْصَارِ وَالَّذ۪ينَ اتَّبَعُوهُمْ بِاِحْسَانٍۙ رَضِيَ اللّٰهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ وَاَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ي تَحْتَهَا الْاَنْهَارُ خَالِد۪ينَ ف۪يهَٓا اَبَداًۜ ذٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظ۪يمُ

“Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi boʻldi va ular ham Undan rozi boʻldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Mana shu buyuk baxtdir”  [Tavba 100]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.