Oʻzbekiston milliy banki va Xitoy taraqqiyot banki 309 million dollarlik shartnoma tuzdi

811
0

Oʻzbekiston milliy banki va Xitoy taraqqiyot banki 309 million dollarlik shartnoma tuzdi

 Xabar qilinishicha, Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) hamkorlik yillari davomida bir necha marotaba kredit liniyalarini taqdim etdi, ular orqali Milliy bank 460 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirdi, shu jumladan, umumiy qiymati 655 mln. AQSh dollari boʻlgan 6 kredit liniyalari oʻzlashtirildi.

 Oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2019 yil 26 avgustda Oʻzbekiston-Xitoy xalqaro hamkorlik komissiyasining 5 yigʻilishi doirasida Milliy bank va XDTB oʻrtasida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining samolet parkini modernizatsiya qilish loyihasi boʻyicha 309 million AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

 Izoh: Markaziy bank hisobotida keltirilishicha, 2019 yilning birinchi choragiga koʻra, Oʻzbekistonning jami tashqi qarzi miqdori 19,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Oʻzbekistoning eng katta tashqi qarzi Xitoydan boʻlib, umumiy qarzining 21%ini tashkil etadi.

 Oxirgi 10 yil ichida Xitoy rivojlanayotgan va oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarga kredit berishni keskin koʻpaytirgan. Xitoy kreditlarining bir xususiyati shuki, kreditlar asosan Xitoy kompaniyalari amalga oshiradigan yirik loyihalarga beriladi. Shuningdek, u loyihalarda ishlayotganlar ham asosan xitoyliklardan iborat boʻlishi kerak. Bundan tashqari, qarzdor taraf majburiyatlarini bajara olmay qolgan holatlarda Xitoy qurilgan obʼekt infratuzilmasidan foydalanishni boshlaydi. Masalan, yangi portni qurish uchun olgan qarzini toʻlolmagan Shri-Lanka uni Xitoyga 99 yilga topshirishga majbur boʻldi. Shuningdek, Tojikiston Togʻli Badaxshon avtanom vilotidagi 1500 kv. km yerini oʻz qarzidan qutulish uchun Xitoyga topshirishiga toʻgʻri keldi.

 Harvardning Jahon iqtisodiyoti instituti va Myunxen universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, Xitoydan eng koʻp qarz oluvchi 50 ta davlat roʻyxatiga Belarus, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston ham kirgan. Tahlilchilarning maʼlumotiga koʻra, Xitoy boshqa davlatlarga bergan kreditlarining umumiy hajmi 5 trln. dollarga yaqinlashdi bu – Jahon banki va XVJ portfelidan ikki baravar koʻpdir. Xitoy yirik qarz beruvchiga aylanib, shu orqali oʻzining iqtisodiy ekspansiyasini kuchaytirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.