Bishkekda yana “ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi chora-tadbir boʻlib oʻtdi
Mamlakatda “radikal va ekstremistik” mafkuralarning yoyilib borishini oldini olish uchun davlat kuch strukturasi, organ xodimlari, mamlakatning barcha hududidan kelgan huquq himoyachilari va xavfsizlik xodimlarining vakillarini oʻqitish amaliyoti boʻlib oʻtdi.
Bu chora-tadbir Qirgʻiziston diniy komissiyasiga qarashli “diniy vaziyatni kuzatish va nazorat qilish” boʻlimi bilan IIVning diniy va etnik masalani nazorat qilish boʻyicha mamlakat agentligi tomonidan oʻtkazildi.
Qirgʻizistonda ham Oʻrta Osiyo va butun dunyoda yuz berayotganidek Islom diniga qarshi kurash uslubi yangi strategiya asosiga oʻtib boryapti. Kufr olamining moʻʼtadillikka asoslangan bu yangi kurash strategiyasi, Islomga qarshi kurashda kufr bilan murosaga moyil musulmonlar quvvatiga tayanadi. Ularni moliyaviy quvvatlash orqali oʻz tomonlariga ogʻdirib olish bilan bir qatorda, ularni (moʻʼtadil islomchilarni) organ va hukumat xodimlari bilan yaqin hamkorlikka tayorlash va tarbiyalash maqsadida oʻqitish ish choralarini ham tinmay olib borishadi.
Kufr olami islomiy yurtlarda taniqli dindor va ilmli musulmonlarni oʻz taʼsiri ostiga olib, ularni kuch organ strukturalari bilan birlashtirishga harakat olib boryapti. Bu ikki toifadan tuzilgan daʼvatchilarning vazifalari, jamiyatdagi islomiy muhitni mumkin qadar oʻz taʼsiri ostiga olish orqali, musulmonlarni kufrga moyillashtirishdan iboratdir. Ular musulmonlarni, jamiyatda ochiq koʻrinib borayotgan kufr qadriyatlariga, shuningdek toptalib borayotgan islomiy qadriyatlarga sukut qiluvchi xudbin va befarq shaxsiyalarga aylantirishmoqchi. Ulamolarimizni esa, bu jirkanchli holatlarga sharʼiy yoʻl topib beruvchi Islomiy yetakchilarga aylantirish orqali, jamiyatda iymoniy muhitni bulgʻab yuborishmoqchi. Bu amaliyot Misrda kufr uchun muvaffaqiyatli yakun topdi. U yerdagi baʼzi shayxlar ummatni kufrga moyillashtirib berishda jonbozlik koʻrsatib, musulmonlarni kufrga sukut qiluvchi qilib tayorlab berishdi. Oxir-oqibat kufr dindorlarni hech qanday manfaatsiz qoldirib, jamiyatni mutlaq oʻz taʼsiri ostiga oldi.
Bishkekdagi kabi anjumanlarning maqsadi kufrga, uning manfaatlariga va qadriyatlariga hamda shirkka qarshi tura oladigan islomiy muhitni sindirishdir, kufrga qarshi baholi qudrat kurash olib borayotgan moʻʼminlarga qarshi jamoiy qarshilik muhitini paydo qilishdir! Kofirlar bevosita bu ishni amalga oshira olmaydi! Shuning uchun ular oralarimizdan dinini arzimas dunyo matohlariga almashtirgan xudbin yetakchi guruhni paydo qilishmoqchi. Ularni oʻz dunyoqarashlari, Islom va musulmonlarni aldash strotegiyasi va uslublari bilan tarbiyalash ishlarini olib borishyapti. Birodarlar, kufr taklif qilayotgan bu manfaatlar oxiratimizdagi abadiy manfaatlarimiz evaziga taklif qilinmoqda. Kufr bilan qorishtirilgan “moʻʼtadil Islom” loihasi aynan kufrning oʻzidir!!! Alloh oxiratimizni xayrli qilsin amiyn!
Abdurazzoq Moʻʼmin.