“Ata Meken” fraktsiyasi koalitsiyadan chiqdi

515
0

listing_original_13660226515833068645“Ata Meken” partiyasining parlament fraktsiyasi ko’pchilik koalitsiyasidan chiqishga qaror qildi. Bu haqda “Ata Meken” fraktsiyasidan Jokorku Kenesh deputati Joomart Saparbaev 18 mart kuni maqlum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, bu tashabbusni fraktsiya a’zolari bir ovozdan ma’qullashgan.

Parlamentdagi ko’pchilik koalitsiyasi uchta fraktsiya –“QSDP”, “Ata Meken” va “Ar-Namis”dan tashkil topgan edi. Agar biror fraktsiya koalitsiyadan chiqadigan bo’lsa, bu koalitsiya tomonidan tashkil etilgan hukumatning iste’foga chiqishiga olib keladi.

Parlamentdagi ko’pchilik koalitsiyasi etakchisi Feliks Kulovning aytishicha, ko’pchilik koalitsiyasidan chiqish to’g’risida “Ata Meken” fraktsiyasidan rasman ariza kelib tushmagan.

Kulovning so’zlariga ko’ra, “Ata Meken” fraktsiyasi etakchisi uni yig’ilish boshlangunga qadar bu qarorni qabul qilish to’g’risida xabardor qilgan.

“U menga, bu qaror hukumatning faoliyati bilan bog’liq emas, hukumat qoniqarli ishladi, ammo bosh vazirga ayrim savollar bor, deb aytdi”, – dedi Feliks Kulov.

Kulov, Jokorku Kenesh reglamentiga muvofiq, koalitsiya etakchisi sifatida fraktsiyaning rasmiy qarorini olishi kerakligini eslatib o’tdi.

“Agar men bunday qarorni bugun oladigan bo’lsam, u holda bugunni o’zida koalitsiya tarqatilgani haqida e’lon qilishim kerak bo’ladi. So’ng qabul qilingan qaror haqida prezidentga maktub jo’natishim zarur. Prezident esa uch kun mobaynida fraktsiyalardan biriga koalitsiya tashkil etishni topshirishi zarur. Bayramga qadar biz bosh vazir saylay olamiz deb o’ylayman”, – deb aytib o’tdi Feliks Kulov.

18 mart kuni kechga yaqin parlamentdagi ko’pchilik koalitsiya etakchisi Feliks Kulov, o’z nomiga “Ata Meken” fraktsiyasidan rasmiy qaror kelibtushganligi va u koalitsiyani tarqatib yuborilganini e’lon qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.