بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Qoʻzgʻolonning ommaviy axborot vositalari oʻz professionalligiga amal qiladimi yoki “qoʻllab-quvvatlovchilar” koʻrsatmasi boʻyicha yurishda davom etadimi?!
Ustoz Abdu Dali (Abu Munzir)
Roya gazetasining ushbu soniga birodarimiz Xoluq Ahmadmuoz Abu Ali maqola yozishi kerak edi. Biroq Allohning taqdiri ekan, u kishi bir islomiy guruh tomonidan hibsga olinib, uning qamogʻi zulmatida mazlum boʻlib qoldi. Shuning uchun bugun uning oʻrniga men maqola yozib, Shomdagi ommaviy axborot vositalarida koʻringan salbiy jihatlarni ochishga va hibsga olinayotgan jamoalarga – ular orasida Hizb ut-Tahrir aʼzolari ham oz emas – qanday munosabatda boʻlinayotganini yoritishga harakat qilaman.
Shom qoʻzgʻoloni 2011 yil har bir narsani, hatto axborot vositalarini koʻzdan qochirmay nazorat qilayotgan rejimga qarshi koʻtarildi. Rejimning axborot tarqatish muassasalari uni koʻklarga koʻtarib maqtovchi karnay va jarchilari edi! Qoʻzgʻolon esa, mana shu bazani buzib tashladi va muassasalarning har bir boʻgʻiniga jon baxsh etdi, shu jumladan, axborot vositalariga ham. Axborot xodimlari va faollar qoʻzgʻolon orqali namoyon boʻlishdi va barchasi voqea-hodisalarni qanday boʻlsa oʻshanday yorita boshlashdi, oʻz aholilari manfaatini himoya qilishdi. Soʻng, qoʻzgʻolonning boshqa arkonlari kabi, katta muassasalardan doʻstlik murojaatlari qilina boshladi va ular muxbirlar izlayotganlarini, ularni oʻzlarining mediya boshqaruvlariga muvofiq shaxsiy saytlariga qoʻshmoqchiliklarini bildirishdi. Buning barobarida “qoʻzgʻolon axborot muassasalari” (baʼzilar shunday daʼvo qilishdi), degan narsa kelib chiqdi. Uning boshlanish bazasi Iordaniya, Turkiya va Livan kabi qoʻshni davlatlar boʻlib, bu muassasalar qoʻzgʻolonni yoʻlga solishda, moliyaviy qoʻllovlar olishda real rolь oʻynashdi.
Qoʻzgʻolondagi axborot vositalari maydoni fojiaviy ravishda rivojlanib ketdi, muxbir va faolning voqea-hodisalarni mustaqil ravishda kuzatib, yoritish roli, “qoʻllab-quvvatlovchi”ga tobelik roliga oʻzgardi, buni falon muassasaga qarashli axborot shoʻʼbasi, deya niqoblandi… Oqibatda soʻzlar, istelohlar, hatto suratlar ham tsenzura qilinadigan boʻldi.
“Qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarning iflos puli siyosiy va harbiy darajada mukammal rolь bajargani kabi, axborot vositalari ham undan omon qolmadi va uning zahri qotil sharobidan simirishdi… Alal oqibat oʻsha davlatlar tuzogʻidan chiqolmay, oʻshalar koʻrsatgan koʻcha boʻylab harakatlanadigan boʻlib qolishdi… Bunga “dalil yoʻq”, degan narsani bahona qilishdi… “Odamlarning azob-uqubatlarini bayon qilish uchun axborot minbaridan bundan ham koʻproq foydalanishimiz kerak”, degan dastaklar keltirishdi.
Masalaga sharʼiylik toʻnini kiydirish maqsadida bir necha qonun-qoidalar ishlab chiqishdi. Vaholanki, maqsadlari soddadil jurnalistlarni laqillatishdan hamda ularning koʻziga oʻz qonun-qoidalari asl sharʼiy shartlarga asosan tuzilgan qilib koʻrsatishdan boshqa narsa emas edi.
Darhaqiqat, Shom masalasini zoye ketkazishda hamda rejimni butun arkonlari bilan qoʻshib agʻdarishdek bir masalani shaxsan Bashar Asadni agʻdarish masalasiga aylantirishda ommaviy axborot vositalarining roli katta boʻldi. Ular kofir Gʻarbning musulmon yurtlaridagi nufuzini yoʻq qilishga harakat qilishdek barqaror maqsadni oʻzgartirib, Gʻarbda bizning masalamizga qaygʻuradigan doʻst davlatlar ham bor, deydigan boʻlishdi. Shuning uchun ommaviy axborot vositalari ayni davlatlardan “qoʻllab-quvvatlov” va “maslahatlar” oladigan, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik mafkurasiga esa qarshi kurashadigan boʻlib qolishdi. Qatardek bir tor-bachkana davlat loyihasiga targʻib qilib, bizga butun dunyo davlatlari hujum qilishyapti, biz esa bunday katta kuchga qarshi dosh berolmaymiz, aslida qoʻzgʻolonimiz bunday fikrga chaqirib boshlanmagan, kabi gaplarni roʻkach qilishdi.
Axborot vositalari voqeni qanday boʻlsa oʻshandek va mutlaq shaffoflik bilan yetkazish qoidasini buzishdi. Shom qoʻzgʻolonining masjidlardan boshlanganini, oʻshanda Allohga takbir, ulugʻlash va Alloh yoʻlida halok boʻlish kabi shiorlar qoʻzgʻolonchilar tillaridan tushmaganini goʻyo oʻzlarini bilmaganga solishdi. Qoʻzgʻolon boshlangan paytda tuzilgan har bir harbiy harakatlarning Islom libosiga burkanganini, hatto bayroqlar va plakatlar ham islomiy boʻlganini koʻrgan koʻzlarini yumib olishdi.
Maʼlumki, odamlar Turkiya va Iordaniya bilan qilinayotgan aloqalarni uzishni talab qilishgan… Ular frontlarning yopilishi ham, mintaqalardan kuchlarni olib chiqib, rejimga topshirilishi ham oʻshalarning buyrugʻi bilan boʻlayotganini ochiq aytishib, bu ishlarning barchasida Gʻarbning iflos qoʻli borligini taʼkidlashgan… Biroq ommaviy axborot vositalari odamlarning bu talabu bayonlarini yoritishgani yoʻq.
Buyuk qoʻzgʻolonda paydo boʻlgan bu jarchi axborot vositalari oʻzgarish va voqeni yoritmaslik kabi balolarga shu qadar koʻp mubtalo boʻlishdiki, yuqoridagilar bu borada daryodan bir tomchi, xolos. Chunki ular qoʻzgʻolonning tezkor harakatlariga yetib olisholmadi, shu sababdan dushman safiga oʻtishdi va qoʻzgʻolon gʻildiragiga tiqilgan tayoqqa aylanishdi. Qoʻzgʻolon bilan barobar harakatlanib, uning azob-uqubatlarini xolis yoritish oʻrniga, haqiqatni soxtalashtirib koʻrsatishdi.
Bu jarchi axborot vositalaridan koʻpchiligi shaffoflik, xolislik va betaraflik kabi qator shiorlar koʻtarib chiqishdi, ammo ulardan birortasi voqeda koʻrinmadi. Aksincha, ular odamlarni aldash va oʻz qoʻzgʻolonlari haqidagi xabar va maqsadlarni soxtalashtirish uchun bir jimjimador, yaltiroq shiorlar boʻldi, xolos.
Men yuqorida qoʻzgʻolondagi axborot vositalari va jarchilar hamda ularning naqadar oʻzgarib, yoʻldan ozishgani haqida soʻz yuritgan ekanman, bu quyidagi haqiqatni aytishim uchun bir ochqich boʻldi. Haqiqat shuki, yaqindan beri Tahrir Shom harakati Hizb ut-Tahrirning bir necha yigitlarini noqonuniy va oqlab boʻlmas ravishda qamoqqa ola boshladi… Bu ishni yashirincha ham qilishmadi, balki yigitlarni ochiq-oshkor va sharmandalik bilan qamoqqa olishdi! Qamoqqa olish bilangina kifoyalanmay, Hizbning turli hududlardagi radiostantsiyalariga reydlar oʻtkazib, u yerlardagi shaxsiy buyumlarni tortib olishdi… Ana shunda ham bu holni na bir mahalliy axborot muassasasi yoritdi, na xorijiy axborot muassasasi. Bu haqda birgina “Smart” axborot agentligi gapirdi, xolos. Xoʻsh, bularning barchasi ortida “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar va rahbarlar turib, koʻrsatmalar berishyaptimi yoki boshqa narsa bormi?!
Siz ommaviy axborot vositalari xalqingiz mashaqqatlarini yoritishga, ularga tushadigan adolatsizlik va zulmlarni xolis aytishga ochiq-oshkor qasamyod qilmaganmidingiz?! Nahotki, siz ham jangchi guruhlardagi manfaatparast yetakchilar kabi, siyosiy molga qarab qadam tashlaydigan boʻlib qoldingiz?!
Ommaviy axborot vositalari duch kelayotgan eng yomon narsa ularning printsipsiz boʻlib qolganidir. Chunki biz qarshimizda boshqa bir befarq-opportunistlarni, yaʼni, odamlarning azob-uqubati va alamlariga ichlari achimaydigan, bu holatga naq manfaat koʻzi bilan qaraydigan kimsalarni koʻryapmiz!
Rejimni butun arkonlari, basharalari va ilmoniy muassasalari bilan qoʻshib agʻdarib, oʻrniga alьternativ sifatida mukammal Islom tuzumini barpo etishdek, Shom qoʻzgʻolonining kelib chiqishiga sabab boʻlgan buyuk maqsadi ertaga amalga oshsa, ommaviy axborot vositalari roli butunlay boshqacha boʻladi. Barchalari insonlar ishlarini boshqarish, manfaatlarini qabul qilish va bularning jarayonini kuzatib-yoritib borish roli bilan band boʻladilar.
Sizlar esa, bu qilmishlaringdan xijolat boʻlmanglar. Chunki mavjud rejim-tuzumlar ostida ahvol shunday boʻladi. Zotan, podshohlar qanday ahvolda boʻlsa, odamlar ham shu ahvolda boʻladi. Sizlar shunday ahvoldagi muassasa ostidasiz, ular chizgan chiziq ostidasiz, bas, mudom shunga rozi ekansiz, hargiz qutulolmaysiz.
Sizlarga bir birodarlik nasihatim, endi sizning rolingizni vaqti keldi. Bu rolь qoʻzgʻolondagi oʻzgarish mexanizmiga aylanishdan, “qoʻllab-quvvatlovchilar” bilan aloqalaringizni uzib, ahlingiz bagʻriga qaytishdan, ularga ichgan qasamingizni qayta oqlab, rejimni butun arkonu basharalari bilan agʻdarish uchun ahlingizdan afv soʻrash va saflariga qaytishni iltimos qilishdan iborat.
Soʻzim nihoyasida qadrli birodarimiz Abu Ali Muoz va u bilan birga mazlum boʻlib oʻtirgan Hizb ut-Tahrir aʼzolariga sabr qilinglar, zindon zulmatlari ketyapti va Allohning yoruq kunlari kelyapti, Allohga bu hargiz mushkul emas, deb qolaman.
Roya gazetasidan olindi