Oʻzbekiston Xitoyni qoʻllab-quvvatladi

443
0

Oʻzbekiston Xitoyni qoʻllab-quvvatladi

Oʻzbekiston BMTga Xitoyning Shinjondagi uygʻurlarga muomalasini qoʻllab-quvvatlab murojaatnoma imzoladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

“Yaqinda BMT Jeneva qarorgohidagi 50 mamlakatning elchisi Xitoyning Shinjon masalasidagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlab, BMT Inson huquqlari kengashining (UNHRC) prezidenti va Inson huquqlari boʻyicha oliy komissariga qoʻshma murojaat imzoladi”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi 29 iyulda.

“Xitoyni qoʻllab-quvvatlagan 50 mamlakatning BMTdagi elchisi Xitoyning inson huquqlari borasidagi salmoqli yutuqlarga erishganini olqishlagan. Ular Xitoyning aksilterror va deradikallashtirish siyosatini, xususan, qayta tarbiyalash markazlarining faoliyati natijasida Shinjonga barqarorlik qaytganini va oxirgi uch yilda bitta ham terakt sodir etilmaganini eʼtirof etishmoqda”, – deydi Xitoy TIV matbuot kotibi Xua Chuning.

Izoh: Xitoy, oʻzining demokratik qadriyatlarga zid siyosati va harakatlariga BMT orqali olam davlatlarining pozitsiyalarini uygʻunlashtirishi va ularni bu harakatlarni qoʻllashga majburlay olishi, xalqaro siyosat oʻzgarayotganidan darak beradimi?! Xitoy AQShdan keyingi ikkinchi davlat maqomiga chiqib boʻldimi? Avvallari AQSh oʻzining gʻayriinsoniy, baʼzan boshqa yetakchi davlatlar manfaatiga zid va  oʻz mabdasiga teskari yoʻnalgan harakatlariga dunyo davlatlarini BMT orqali va har xil bosimlar oʻtkazish bilan majburan rozi qilar edi.

Xitoy olamni iqtisodiy va moliyaviy inqiroz holatiga tushib borayotganidan unumli foydalanib, iqtisodiy zaif davlatlarni moliyaviy qarzdor qilish orqali ularni iqtisodiy mustamlaka qilib boryapti. Xitoyga iqtisodiy bogʻlanib borayotgan bu davlatlar, endi uning gʻayriinsoniy hatto olamiy yetakchi mabda printsiplariga zid boʻlgan siyosatini ham maʼqullay boshlashdi. Xitoy oʻzining Islom va musulmonlar ustida amalga oshirib boryotgan bu jirkanch loihasini, terrorchilik harakatlarni oldini olish deb atamoqchi boʻlyapti. U oʻzining bu loihasiga xalqaro siyosat olamida rasmiy tus berib, uni legallashtirib olmoqchi. Shuning bilan u bu loihasini Oʻrta Osiyo kabi yaqin qoʻshni davlatlariga amalda qoʻllamoqchi boʻladi. Xitoy uchun oʻz loihasining bu yurtlarga koʻchib oʻtishi bilvosita boʻladimi yoki bevositami, buning farqi yoʻq. Muhimi “terrorizm”ga qarshi kurash vositalari ichiga gʻayriinsoniy va xalqaro hamjamiyat tan olmagan noqonuniy choralarni qonuniylashtirib olishdir.

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari ham Xitoyning bu loihasini qoʻllab hujjatga imzo chekishdi. Ular Xitoyning Islom va musulmonlarga qarshi olamiy jinoyatini amalda roʻyobga chiqishiga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Bu yurt va dunyo musulmonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni ommaviy tanqid ostiga olib borishyapti. Islom Ummati Shavkat Mirziyayev va Imomali Rahmonning bu harakatlari, yaʼni dahriy Xitoy yetakchiligining musulmonlarga qilgan zulmlarini qoʻllab quvvatlashlarini Islom va ummat uchun xiyonat deb baholadi! 

Kufr olamiy boshqaruv sistemasi ustiga qaysi kofir davlatning kelib oʻtirishi, birinchi yoki unga raqobat qiladigan ikkinchi davlatning paydo boʻlishining Islom va musulmonlar uchun farqi yoʻq. Lekin ularning biri  Islom va musulmonlarga qarshi, hatto kofir xalqlarga qarshi zulmni kuchaytirayotgan boʻlishsa, unga zarracha boʻlsa ham hissa qoʻshish yoki shunga ishora qilib yuborish harom. Munosabat bildiraylik birodarlar, zero qiyomat kuni shu xoin yetakchilarga sukut qilib rozi boʻlganlar bilan yoki shu hokimlar bilan birga tirilib qolishdan qutulib qolsak ajab emas! 

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.