Joriy prezident sobiq prezident bilan bogʻliq vaziyatni qonun doirasida hal qilishga chaqirdi

413
0

Joriy prezident sobiq prezident bilan bogʻliq vaziyatni qonun doirasida hal qilishga chaqirdi

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Chuy oblasti aholisi bilan uchrashuv chogʻida sobiq prezident Almazbek Atambayev masalasiga toʻxtaldi. Jeenbekovning taʼkidlashicha, Atambayev atrofidagi vaziyatni qonun doirasida hal qilish lozim.

“Qonun oldida hamma teng, biz qonunga boʻysunishga majburmiz. Mamlakat shundagina rivojlanadi. Atamboyev ishi ham Qirgʻiziston qonunchiligi doirasida hal etilishi shart”, – dedi u.

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldida qarzdor boʻlib qoldi. U mamlakatning ichki siyosiy muammosini hal qilishda ojizlik qilib, bu muammoni hal qilib berishi evaziga Putinga nimalar vaʼda qilib yuborgani endi voqeʼda koʻrinadi. Putinning shartlaridan avvalgisi Atambayevni jinoiy javobgarlikdan saqlab, uni mumkin qadar muxolif kuch sifatida ushlab qolish boʻlgan boʻlsa ajab emas. Bu Rossiya uchun Qirgʻiziston prezidentini oʻz taʼsiri ostida ushlab turish kafolatini kuchaytiradi. Chunki Atambayev ham nochor ahvolda, Rossiyaning himoyasiga oʻta muhtoj. Putin esa Qirgʻiz elitasi oʻrtasidagi siyosiy keskinliklardan oʻta manfaatli foydalana oldi desak toʻgʻri boʻladi. Lekin Putin koʻzlayotgan oʻljalar yoki unga vaʼda qilingan manfaatlar Jeeyanbekovning shaxsiy mulkidan emas, balki ummat yoki Qirgʻiziston fuqorolari manfaatlaridan ketadi.

Endi Jeeyanbekov bilan siyosiy elita va gʻarbparast siyosiy kuchlar oʻrtasida keskinlik paydo boʻlishi kutilyapti. Chunki endi Jeeyanbekovlar jamoasi Atambayevni qamoqdan saqlab qolish asosida ish yuritadi. Demak sud va tergov ishlari ham ularga tobe ekanligi sababli, chiqarilayotgan hukmlar siyosiy doira ichida keng muhokamalar va keskin qarama-qarshiliklar paydo qilishi kutiladi. Siyosiy doira ichida boʻlinishlar paydo boʻlib, Atambayev oʻz tarafdorlari ortiga berkinish uchun yana xalqni sotib olib, buzuq fikrlar tarqatib borishi kuchayadi. Natijada Jeeyanbekov bir necha taraflar oʻrtasida qolib, ularni rozi qilishda boshi berk koʻchaga kirib qolishi kutilyapti.

Yaqinda Qirgʻiziston mustaqillik bayramini nishollaydi. Undan keyin parlament saylov oldi ish harakatlari avj oladi. Demak Jeeyanbekov oldida ulkan muammolar turibdi. Siyosiy jarayonlar kuchayib borishi bilan bir qatorda, prezidentning siyosiy maydondagi zayif holati vaziyatlarni oʻta keskinlashuviga asosiy omil boʻladi. Shu sababdan ham Jeeyanbekov Putindan panoh izlab, uni ichki ishiga ochiq aralashuviga imkon berib, navbatdagi xatoga yoʻl qoʻydi.

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.