Imomali Rahmon: Farzandlaringizni diniy maktablardan qaytarish uchun biz bilan hamkorlik qiling

517
0

Imomali Rahmon:  Farzandlaringizni diniy maktablardan qaytarish uchun biz bilan hamkorlik qiling

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida rasmiy ish safari bilan mamlakatning Tojikobod tumaniga tashrif buyurdi.

Imomali  Rahmon Tojikobod turgʻunlari bilan bevosita muloqot oʻtkazib,  ota-onalarni terroristik gʻoyalarga qarshi kurashda tojik huquqni himoya qilish organlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.  Tojik prezidenti  xorijda tahsil olayotgan fuqarolarga, xossatan diniy taʼlimgohlarda bilim olayotgan yoshlarning oila aʼzolariga murojaat qildi. Uning taʼkidlashicha, boshqa yurtga ketgan fuqarolar xech shubhasiz diniy radikal oqimlar taʼsiri ostida qolib, ularga qoʻshiladi va natijada mamlakat farovonligiga katta xatar tugʻdiradi.

“Men bu gapni ilgari ham taʼkidlab kelganman, yana takrorlayman, xorij maktablarida oʻqish – bu terroristik guruhlarga jalb qilinishning yagona vositasidir”, dedi Imomali Rahmon.

“Ayni damda birgina Tojikobod tumanidan 23 fuqaro xorijiy diniy muassasalarda noqonuniy tarzda taʼlim olmoqda. Ota-onalarga huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishni tavsiya etaman”- deya qoʻshimcha qildi Tojik rahbari.

 Tojikistonning Tojikobod tumani, qoʻshni Qirgʻizistonning Oloy tumani bilan chegaradosh.

Izoh:

27 iyun Tojikiston tarixida birdamlik kuni sifatida belilangan. 1997 yilning 27 iyunida, 8 marotaba tashkil etilgan muzokaralardan soʻng, tojik hukumati va muxolafat guruhi orasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Tojikiston jumhuriyati rahbari Imomali Rahmon va tojik muxolifat guruhi rahbari Said Abdulloh Nuriy ishtirokida “Milliy rozilik va umumiy tinchlikni barqarorlashtirish” borasida shartnoma imzolandi. Ammo bu shartnomaga tojik hukumati 2016 yilda xiyonat qildi. Muxolif “Uygʻonish Islomiy partiyasi (HNIT)” saylovda magʻlub kelishi ortidan mamlakat ichkarisida “terroristik  muxolif guruh” deya eʼlon qilindi. Maʼlumki HNIT aʼzolari asosan dindor qatlamdan iborat boʻlib, uning rahbari va 1997 yildagi milliy birdamlik shartnomasi mudasaddisi Said Abdulloh Nuriy ham din peshvolaridan biri hisoblanardi.

Tojikistonda roʻy bergan fuqarolik urushida (1992 may – iyun 1997) 100 mingdan ziyod insonlar hayotdan koʻz yumdi va 1 mln ga yaqin insonlar qochoqqa aylanib, moddiy zarar koʻrdi. Tojikistonning ushbu jangda koʻrgan moddiy zarari 10 milliard dollarni tashkil etadi. Ayni paytda Tojik rahbarlari ushbu shartnomani katta yutuq qatori baholashadi. Ularning taʼkidlashlaricha mazkur shartnoma mamlakatni va tojik millatini  parokanda boʻlishligini oldini olgan.

Aynan 27 iyun arafasida mamlakat boʻylab oʻzining favqulodda turini joriy etgan Tojik rahbari fuqarolarning moʻʼtadil Islomga boʻlgan ragʻbatini oshirib, haqiqiy Shariatni xatarli qilib koʻrsatish loihasi boʻyicha harakat olib boryapti.

Oxirgi paytda prezident Imomalii Rahmonning mamlakatlarga qilgan rasmiy safari faqat bir maqsadga qaratilganligi aniqlandi. Prezident xalq orasida terrorizm xatari xususida shaxsan oʻzi borib targʻibot ishlari olib bormoqda.

Bir qarashda bu odatiy sekulyar hukumat qoidasiga oʻxshasa-da, biroq Oʻrta Osiyo mamlakatlari rahbarlarining bir xil yoʻnalishda ish olib borishlari, terrorizm va diniy ektremizm tahdidlariga qarshi shaxsan oʻzlari bel bogʻlaganliklari, vaziyatni tahlil qilgan har kanday inson qalbida  shubha oʻygʻotadi.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.