Musulmonlarning fitr kuni borasidagi ixtiloflari oyni koʻrish borasidagi ixtilofmi yoki malay rejimlardagi ixtilofmi?!

437
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmonlarning fitr kuni borasidagi ixtiloflari oyni koʻrish borasidagi ixtilofmi yoki malay rejimlardagi ixtilofmi?!

Haqiqat kundek ravshan. Rosululloh ﷺ

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُمَّ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا الْعِدَّةَ ثَلَاثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”, deganlar. Bu hadisdagi boshlanglar, tugatinglar, degan xitob barcha musulmonlarga qilingan xitobdir. Tunislik, marokashlik, jazoirlik, mavritaniyalik… kabi musulmonlar bilan indoneziyalik, turkiyalik, misrlik… kabi musulmonlar oʻrtasini ayrimasdan qilingan xitobdir. La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh, deya guvohlik bergan har bir musulmon shavvol hilolini koʻrgani toʻgʻrisida guvohlik berdimi, bas, uning guvohligi barcha musulmonlarga roʻzani toʻxtatishlari uchun kifoya qiladi. Yurt bilan yurt oʻrtasida, musulmon bilan musulmon oʻrtasida farq yoʻq. Chunki qaysi musulmon hilolni koʻrgan boʻlsa, bu koʻrmaganlar uchun hujjat boʻladi. Darhaqiqat, Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Bir badaviy kishi Nabiy ﷺning oldilariga kelib, (ramazon) “hilolini koʻrdim”, dedi. Ul zot “La ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh, deya guvohlik berasizmi?”, deb soʻradilar. Badaviy “ha”, dedi. Shunda Nabiy ﷺ roʻzani boshlashga amr qildilar”. Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Odamlar hilolni koʻrishgandi, men ham Rosululloh ﷺga uni koʻrganimni xabar qildim. Shunda ul zot roʻzani boshladilar va odamlarga ham boshlashga amr qildilar”. Bir yurtdagi musulmonning guvohligi, boshqa bir yurtdagi musulmon guvohligidan afzal emas. Kofirlar musulmon yurtlarimiz oʻrtasiga tortib tashlagan chegaralar va boʻlinishlarning hech qanday ahamiyati yoʻq.

Ey musulmonlar!

Ergashishga eng loyiq narsa mana shu haqiqatdir va siz uni yaxshi bilasiz. Bu zararkunanda davlatlar taqdiringiz bilan oʻynashib, yurtlaringizni dushmanga topshirib qoʻyishgani yetmagandek, endi ibodatingiz bilan ham oʻynashishyapti. Oʻzlarini hukmdor, deya daʼvo qilgan anavi ruvaybizalar ularga har bir gunohda yordam berib, azbaroyi mustamlakachi kofirlarga tobeliklari sababli Islom Ummatini boʻlib tashlash, parchalash hamda nafaqat hayotlarini, balki ibodatlarini ham buzishda hafsala bilan ishlashyapti. Mana, koʻrib turganingizdek, Islomni boshqaruvdan uzoqlashtirib, Alloh Taoloning ochiq-ravshan ahkomlarini chetlatishyapti va bu ishda saroy ulamolaridan foydalanishyapti, oʻz navbatida, bu “ulamolar” oʻshalar talabi boʻyicha fatvo chiqarishmoqda.

Ey musulmonlar!

Xoliqqa osiylik qilishga olib boradigan boʻlsa, bandaga itoat qilinmaydi. Shuning uchun bugungi kundagi vazifangiz – butun boshqaruvni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq etiluvchi islomiy boshqaruvga aylantirish bilan Parvardigoringizga qilayotgan ibodatlaringizni toʻliq-mukammal qilishdan iborat. Zero, Xalifalik barcha musulmonlarni yagona davlatga birlashtirib, ularning roʻzalarini ham, roʻza hayitlarini ham, boshqa marosimlarini ham bitta qiladi. Xalifalik bilan musulmonlar bu dunyo-yu oxirat azizligiga noil boʻladilar.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.