Xitoy islomiy yurtlar bilan hamkorlikda “terrorizmga” qarshi kurashadi

692
0

Xitoy islomiy yurtlar bilan hamkorlikda “terrorizmga” qarshi kurashadi

14-iyun kuni Bishkekda ShHT sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda asosiy eʼtibor “terrorizmga” qarshi kurashga qaratildi. Samitda Xitoy rahbari Si Tszinьpin “Birgalikda uch yovuzlik kuchlari – ayirmachilik, terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashish kerak”, – dedi. (ntv.ru, 14.06.19). Bu tashabbusni qoʻllab prezident Jeenbekov Qirgʻiziston ayirmachilik, terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashda Xitoy bilan bir pozitsiyada ekanligini maʼlum qildi.

Mazkur sammitning ertasi kuni, 15-iyunda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Oʻrta Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning V sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitga Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etdi va sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi. Xitoy rahbari Si Tszinьpin bilan Turkiya prezidenti Erdogon ham ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazib, oʻzaro masalalarni muhokama qilishdi. Uchrashuv davomida Si Tszinьpin: “Hozirgi vaqtda tomonlar terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytrishlari kerak”, – dedi. (“RIA Novosti”, 15.06.19). Oʻz navbatida Erdogon Turkiya Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor berayotgani va hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda ayni vaqtda 2 millonga yaqin turkiy zabon uygʻur, qozoq, qirgʻiz musulmonlari “ayirmachilik”, “terrorizm”, “ekstremizm” bilan ayblanib qamoqxonalarga tashlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.