Liviyada bir-biriga qarshi jang qilayotgan tomonlar bu qilmishlari bilan AQSh va Britaniyaga xizmat qilayotganlarini qachon anglab yetisharkin?!

408
0

Liviyada bir-biriga qarshi jang qilayotgan tomonlar bu qilmishlari bilan AQSh va Britaniyaga xizmat qilayotganlarini qachon anglab yetisharkin?!

Arabiyya net sayti (hijriy 1440 yil 25 ramazon, milodiy 2019 yil 30 may payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi.

“Liviya armiyasi kuchlari Vifoq hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi qurolli jangarilar bilan boʻlgan qaqshatqich toʻqnashuvdan soʻng bundan bir necha soat oldin Robiya vodiysi jangohida va poytaxt Tripoli janubidagi aeroport yoʻlida oldinga siljishga muvaffaq boʻldi.

Poytaxt Tripoli atroflaridagi turli front va jangohlar Liviya armiyasi kuchlari bilan Vifoq hukumati kuchlari oʻrtasida kechgan qattiq toʻqnashuvlarda ogʻir va oʻrtacha ogʻirlikdagi qurollarning ishga solinishiga hamda bir necha obьektlarga toʻxtovsiz ravishda havodan bomba yogʻdirilishiga guvoh boʻlmoqda.

Liviya armiyasi Bosh qoʻmondonligi matbuot boʻlimi raisi Xalifa Abidiy Arabiyya netga bergan intervьyusida armiya harbiy qismlari jiddiy siljish va muhim gʻalabalarni qoʻlga kiritganini, shahar markaziga unchalik uzoq qolmaganini taʼkidladi. Xalifaga koʻra, armiya puxta ishlab chiqilgan jangovar reja boʻyicha harakat qilib, asosiy eʼtiborini oddiy fuqarolar hayotiga rioya qilish va ularni mudofaa etishga qaratgan. Maqsadga erishilmaguncha hamda poytaxt Tripolini terrorchi jamoalar va turk zobitlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qurolli jangarilardan ozod etmaguncha ushbu harbiy amaliyotlar davom etadi, deya qoʻshimcha qildi Xalifa.

Liviya armiyasi ilgari ham Tripoli xalqaro aeroporti yoʻlidagi jangohda yutuqqa erishib, koʻchma harbiy lagerni oʻz nazorati ostiga olgan edi. Yaʼni, qurolli jangarilar koʻp talofat koʻrib, joylashgan yerlarini tashlab qochishga majbur boʻlishgan”.

Roya gazetasi sharhi:

Bunga sharh sifatida, Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1440 yil 15 jumodus-soniy, milodiy 2019 yil 20 fevraldagi savolga javob nashrasidan iqtibos keltiramiz:

“Kufr davlatlari Liviyada oʻz foyda va nufuzlari yoʻlida buzgʻunchilik tarqatishmoqda. Kurashayotgan musulmon tomonlar ham mana shu kufr davlatlari manfaati yoʻlida jang qilishyapti. Ular bir-birlarining qonini toʻkish va yurtlaridagi neft boyliklarini behuda sovurishning haromligiga ahamiyat berishmayapti. Shuning uchun malay hukmdorlar va ularning ortida turgan kufr davlatlarini va ular Islom oʻlkasida tarqatayotgan yovuzlikni yoʻq qilish faqat musulmonlar qoʻlida. Buning uchun musulmonlar juda jiddiylik bilan qoʻzgʻalib, Allohning shariatini barpo etmoqlari va Xalifalikni eʼlon qilmoqlari kerak. Xalifalik barcha ishlarni oʻz oʻrniga qaytaradi va ochkoʻz kofir davlatlarining musulmon yurtlaridagi taʼmalarini dahshatli tushga aylantiradi”.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.