Qirg‘iziston Xitoydan yana qarz olmoqchi!

410
0

Qirg‘iziston Xitoydan yana qarz olmoqchi!

Bishkekda o‘tishi kutilayotgan ShHTning navbatdagi sammiti oldidan Qirg‘izistonga kelgan Xitoy prezidenti Si Szinpin Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Xitoy hukumati Qirg‘izistonga 600 million (86 million dollar) grant hisobida pul berishi aytildi. Prezidentning aytishicha xarajatlar transport, energetika va yo‘l qurilishi ishlariga sarf qilinar emish.

Moliya vazirligining 2019 yil fevral oyidagi hisobiga ko‘ra, Qirg‘izistonning umumiy qarzi 4 milliard 484 million dollarga yetgan. Bundan 3 million 827 millioni tashqi qarz bo‘lsa, uning 1 milliard 722 millioni (45%) Xitoydan olingan.

Izoh:

Shu kunlarda Jogoru kenesh deputatlari tomonidan sobiq prezident Almazbek Atambayevdan daxlsizlik huquqini olib qo‘yish harakati kuchayib boryapti. Aslida hozirgi siyosiy keskinliklar, sobiq prezident va uning atrofidagi bir qator yetakchi guruh vakillari aynan Xitoy bilan bo‘lgan aloqalarida amalga oshirgan bir qator korrupsiyalik ishlar sababli yuzaga kelganligi hech kimga sir emas. Ya’ni bir qancha sobiq vazirlar va boshqa yetakchi guruh vakillari ustidan borayotgan tergov ishlari, Xitoy bilan aynan grant hisobida yoki boshqa maqsadlarda olingan naqd pullar, investitsiya hamda Xitoy kompaniyalari bilan birgalikda uyushtirilgan korrupsiyalik ish harakatlari kasofatidan sodir etilgani aniqlanyapti! Demak avvalgi hokimiyat tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning barchasi, davlat boshqaruv mexanizmining noto‘g‘ri asosda qurilganini va tashqi yirik davlatlarni ichki ishlarimizga tig‘iz aralasha oladigan qilib qo‘ygan xalqaro siyosatning noxolisligini ko‘rsatmoqda!

Atambayev prezidentlikdan ketdi. Uning yetakchi guruhi Jeenbekov tomoniga o‘tib ketyapti. Boshqaruv sistemasi xuddi avvalgidek, ya’ni parlament ham vazirliklar ham, sud va boshqa kuch tizimlari ham prezident tomonidan boshqarilyapti. Demak xalq gardaniga tushib borayotgan qarzlar, investitsiya va grant hisobidan kelayotgan pullarning barchasi hali ham shu guruh tomonidan nazorat qilinadi. Nima o‘zgardi?! Olinayotgan pullar yana o‘zlashtirilmasligiga qanday kafolat yoki ishonch bor!

Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam “Mo‘’min bir teshikdan ikki marotaba chaqilmaydi” dedilar. Yaqinda ikki kuch (pozitsiya, oppozitsiya) vakillari yana vaziyatni keskinlashtirish maqsadida xalqqa murojat qilishi kutilayapti. Birodarlar, ularning birortasi ikkinchisidan afzal emas! Muammo kufr olami manfaatiga paralel tuzilgan olamiy va mahalliy boshqaruv tizimida. Ya’ni mavjud yetakchi guruhlar bir birlari bilan xalq manfaati ustida tortishayotgani yo‘q! Lekin ular xalq nomidan qarz olishadi! Xalq nomidan xohlaganlaricha tasarruf qilishadi. Yaqinda xalq o‘z manfaatlari hisobidan Xitoyga qarz to‘lay boshladi!

Demak biz musulmonlar, yetakchi to‘dalar manfaatlari uchun jonli harakat qilish orqali bir birimizga qarshi noshar’iy kurashdan tiyilishimiz lozim. Har bir harakatimiz Allohning nazorati ostida ekani va ular uchun albatta javob berishimizni unutmaylik! Demakki mol yoki jon fido qilayotib, har ikki dunyo manfaatimiz asosida harakat olib boraylik! Chunki Alloh albatta bergan barcha imkoniyatlarining hisobini so‘raydi!

Abdurazzoq Mo‘’min

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.