Uran qazib olishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqiladi

592
0

Uran qazib olishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqiladi

 Jogorku Keneshga uran, toriy konlarini qidirish va oʻzlashtirish maqsadida yer osti boyliklarini geologik oʻrganish bilan bogʻliq faoliyatni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun kiritildi. Bu haqda parlament saytida maʼlum qilindi.

 Qonun loyihasi aholining salomatligi, fuqarolarning yashash, mehnat qilish va hordiq chiqarish uchun qulay atrof-muhitga huquqlarini himoyalash, radiatsion va ekologik xavfsizlikni taʼminlash, Qirgʻizistonning yerlari, suv obʼektlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrashga qaratilgan.       

 Qonun loyihasi mualliflari boʻlgan deputatlar uran, toriy konlarini qidirish, oʻzlashtirish bilan bogʻliq faoliyatni taqiqlashni taklif qilishmoqda. Shunday faoliyat olib borishga avval berilgan ruxsatnomalar amal qilishi qonun kuchga kirishi bilanoq toʻxtatilishi lozim.

 Avvalroq “YurAziya” kompaniyasi Qizil-Ompol guruhining Tosh-Buloq uran-toriy konini oʻzlashtirmoqchi boʻlgan. Biroq qirgʻizistonliklar loyihaga qatʼiyan qarshi chiqishgan. Konning oʻzlashtirilishiga qarshi norozilik namoyishlari poytaxt Bishkek va Baliqchida boʻlib oʻtgan. Shundan keyin parlament deputatlari hukumatga Qirgʻiziston hududida uran konlarini izlash, oʻzlashtirishni taqiqlash vazifasini topshirishgan. Vazirlar mahkamasi natijada uran radioaktiv elementini oʻrganish va oʻzlashtirish uchun taqdim qilingan maydonlarda ishlar olib borilishini taqiqlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.