Maʼlumot uchun: Xitoyning xalqora siyosatdagi tarixidan

1018
0

Maʼlumot uchun: Xitoyning xalqora siyosatdagi tarixidan

 (Mustamlaka davridan SSSR qulagunga qadar)

 Mustamlakachilik davri

Britaniya mustamlakachiligi Xitoyga (Tsin) 1840-43-yillari “afyun urushi” orqali kirib kelgan. 1844-yili Frantsiya va AQSh mustamlakachiligi kirib ham keldi. 60-80-yillar oraligʻida Angliya janubiy viloyatlarni, Frantsiya janubiy-gʻarbiy hududlarini, Germaniya Shanьdun yarim orolini, Yaponiya Tayvanni, Rossiya Manьchjuriyani oʻz nazoratiga oldi.

 1898-1900-yillari ixetuanlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Mazkur qoʻzgʻolon Yevropada “boksyorlar qoʻzgʻoloni” deb nomlandi. Chunki, qoʻzgʻolonchilar safida budda oqimidagi “kung-fu”chilar koʻpchilikni tashkil etar edi. Ular “Tsinni qoʻllaymiz, ajnabiylarni yoʻqotamiz” degan shior bilan chiqishdi va mustamlakachilarga hujum qilib, ulkan ziyon yetkazishdi. Mustamlakachilar ularga qarshi ekspeditsiya yubordi va Tsin hukumati mustamlakachilarga qoʻshilishga majbur boʻldi. Qoʻzgʻolonlar bostirilganidan soʻng mustamlakachilardan uzr soʻrab, ularga imtiyozlar berib, harajatlarini qoplab, tovon puli ham toʻladi.

 1911-1913-yillari Sinьxay qoʻzgʻoloni natijasida Angliya va AQSh qoʻllovi bilan Xitoy Respublikasi tashkil etildi, Tsin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi.

 1-Jahon urushi

 Ochofat mustamlakachilarning mustamlaka talashishi natijasida 1914-yili 1-jahon urushi kelib chiqdi.

 1914-yilda Yaponiya Xitoyga bostirib kirib, Germaniyadan mustamlakalarini tortib oldi. 1915-yili Xitoy imperiya deb eʼlon qilindi, biroq, bir yildan soʻng imperiya bekor qilindi. Shundan soʻng Xitoy jangari guruhlar egaliklariga boʻlinib ketdi. Ular asosan Britaniya-AQSh va Yaponiyaga qarashli guruhlar edi.

 Bunga qadar, 1912-yilda Guanchjouda Gomindan konservativ partiyasi tashkil etilgan edi. 1921-yili Xitoy kommunistik partiyasi tashkil etildi. 1924-yili SSSR qoʻllovi bilan Gomindan partiyasi va kommunistik partiya hamkorga aylanishdi. Konstitutsiya tuzilib, tatbiq etila boshlandi. Biroq, 1926-yili Britaniya va AQSh qoʻllovi bilan gomindanchi Chan Kayshi toʻntarish uyushtirib, kommunistlarni shahardan quvib chiqdi. Harbiy maslahatchilarni Germaniya (Veymar Respublikasi)dan chaqirtirib, mashhur “Shimoliy yurish”ni uyushtirdi. Qarshi chiqqanlarni, asosan, kommunistlarni shafqatsiz qirdi. 1927-yili Chan Kayshi Xitoy respublikasini tashkil etdi, oʻzi uning prezidenti boʻldi. Bu davlat AQSh va Britaniya tomonidan tan olindi

 2-jahon urushi

 Germaniyada hokimiyatga Gitler kelishi ortidan, kommunistlarga qarshi kayfiyatda, Germaniyaning Chan Kayshiga koʻrsatayotgan yordamlari kuchaydi. Biroq, Sovetlar Ittifoqining kuchli aralashuvi orqali Gomindan partiyasi 1936-yili kommunistik partiya bilan Yaponiyaga qarshi birlashgan front tuzishga majbur boʻldi.

 2-jahon urushi arafasida Yaponiya Xitoyni bosib olishga boʻlgan harakatlarini boshladi. Shu sababli 1937-yili Xitoy SSSR bilan shartnoma tuzishga majbur boʻldi va “bir-biriga hujum qilmaslik” shartnomasi imzolandi. Shundan soʻng Sovetlar Ittifoqi Chan Kayshi hukumatiga harbiy va iqtisodiy koʻmak koʻrsata boshladi, Germaniyaning yordami uzib tashlandi.

 Mustamlakachilarning oʻzaro mustamlaka talashishlari natijasida 1939-yili 2-jahon urushi kelib chiqdi.

 2-jahon urushida “ittifoqchilar” gʻolib chiqib, 1945-yili BMTni tashkil etishdi. AQSh, Britaniya, Frantsiya, SSSR, Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolariga aylanishdi. Xitoydagi navbatdagi xalqaro kurash AQSh bilan SSSR oʻrtasida davom etdi. Xitoyda fuqarolar urushi yuzaga kelib, AQSh gomindanchilarni, SSSR kompartiyani qoʻllab-quvvatladi.

 1949-yili gomindanchilar magʻlubyatga uchrab Tayvanga surib chiqarildi. Kommunistlar Xitoy Xalq Respublikasini tashkil etishdi, Tayvan esa Xitoy Respublikasi deb nomlandi. Xitoyning BMTdagi oʻrni bu ikkisi oʻrtasida talashga tushdi (keyinchalik Xitoy Xalq Respublikasi AQSh siyosatiga rozi boʻlganidan soʻng 1971-yilda BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy aʼzolik unga ham tegdi).

 1950-yili Xitoy bilan SSSR oʻrtasida “Sovet-Xitoy oʻzaro doʻstlik, ittifoq va gʻamxoʻrlik shartnomasi” imzolandi.

 2-jahon urushidan keyin ham mustamlakachilarning mustamlaka talashishlari davom etdi.

 1946-54-yillar oraligʻida 1-Hindixitoy urushi boʻlib oʻtdi. Bunda Hindixitoy oʻlkalarini Frantsiyadan tortib olish uchun bir tomonda SSSR va Xitoy, ikkinchi tarafda mustamlakalarini saqlab qolish uchun Frantsiya turdi, uni AQSh va Britaniya qoʻllab-quvvatladi. Bu urush Vьetnamni ikki boʻlinishi bilan nihoyasiga yetdi.

 1957-74-yillari 2-Hindixitoy urushi boʻlib oʻtdi. Bunda bir tomonda SSSR va Xitoy turgan boʻlsa, ikkinchi tomon AQSh boʻldi. Urush janubiy va shimoliy Vьetnamni sotsalistik davlatga birlashishi bilan yakunlandi.

 Shundan soʻng, AQSh sotsialistik lagerda boʻlinish paydo qilish va Xitoydan SSSRga qarshi torozi toshi sifatida foydalanishga muvaffaq boʻldi. Aslida SSSRda Xrushchchev hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng Xitoy bilan Sovetlar Ittifoqi oʻrtasida qarama-qarshiliklar boshlanib, 60-yillar oxirida bu kelishmovchiliklar choʻqqisiga yetdi. Ularning oʻrtasida chegara mojarolari kelib chiqdi.

 1979-yili ikki sotsialistik-mustamlakachi derjavalar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi boʻlib oʻtdi. Oʻsha yili Xitoy AQSh bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatib, Vьetnamga hujum qildi. Chunki, Vьetnam Sovetlar ittifoqi taʼsiri ostida qolgan edi. Bu urushda Xitoy Vьetnamni SSSRdan tortib olishga erisha olmadi.

 80-yillardan boshlab SSSR bilan Xitoy oʻrtasidagi munosabatlarni izga solish harakatlari boshlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.