Zaxarova: AQSh Rossiya-Xitoy munosabatlarini zayiflashtirish uchun harakat qilmoqda

503
0

Zaxarova: AQSh Rossiya-Xitoy munosabatlarini zayiflashtirish uchun harakat qilmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Vashington maʼmuriyati Rossiyaning Xitoy bilan boʻlgan munosabatlarini zayiflashtirish uchun har qanday ishni qilishga tayyor turganligini daʼvo qildi. Zaxarovaning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar bu maqsadga erishish yoʻlida oʻz rejalarini amalga oshirmoqda.

“Ular (AQSh) Moskva va Pekin oʻrtasidagi mavjud hamkorlikni hech boʻlmaganda zaiflashtirish uchun har qanday ishni qilishga harakat qiladilar. Ular bu ishni allaqachon boshlanganlar. Hozirda bu borada dastur va rejalar amalga oshirilmoqda”, dedi rus televideniyasiga intervьyu bergan Zaxarova.

U gʻarbliklarning Rossiya va Xitoy oʻrtasida rivojlanib borayotgan aloqalardan “juda qoʻrqib ketgan”ligini ham qoʻshimcha qildi.

Oʻtgan chorshanba kuni uch kunlik rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgan Xitoy rahbari Si Tszinьpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi va undan soʻng Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining mehmoni boʻldi.

Forumda Si Tszinьpin Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar barqaror tarzda tobora kengayib borayotgani va rivojlanishning eng yaxshi davriga oʻtganiga eʼtibor qaratar ekan, Moskva va Pekin bir-birini qoʻllab-quvvatlab, asosiy manfaatlarini oʻzaro himoya qilib kelayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.