Ekstremizm: navbatdagi chalgʻituvchi manyovr

463
0

Ekstremizm: navbatdagi chalgʻituvchi manyovr

 Qirgʻizistonda amaldagi hukumatning harakatlari natijasida davlat hayotidagi koʻplab koʻrsatkichlar ortga ketgani hech kimga sir emas. Islohot nomi bilan amalga oshirilgan harakatlar muvafaqqiyatli chiqmadi. Korruptsiyaga qarshi kurash tanlab olib borilgani va natijasizligi sababli unga nisbatan xalq ishonchi soʻnib bormoqda. Shuningdek, korrruptsiyada ayblangan gumondorlar ortida turgan norozi odamlar “armiyasi” koʻpayib bormoqda. Bunga qoʻshimcha, hukumat vakillarining oʻzlari ham korruptsiya boshida turgani oshkor boʻlib, bu koʻrinish hukumatni kadrlar inqiroziga olib kelib qoʻydi. Buning qarshisida, siyosiy muholif kuchlar bu ishlardan hukumatni zaiflashtirish yoʻlida jiddiy foydalanishmoqda. Chunki, hukumat zaif boʻlsa kelayotgan parlament saylovlarida administrativ resurslardan foydalana olmaydi va bu narsa boshqa siyosatchilar manfaatlari roʻyobga chiqishiga sharoit yaratadi. 

 Shu sababli hukumat oʻz maqeyini mustahkamlab olish uchun odamlarni dolzarb muammolardan chalgʻitib turishi kerak boʻlmoqda. Bu uslublardan biri, odatdagidek odamlarni diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlari bilan chalgʻitish.

 Masalan, IIV matbuot xizmatining 31-may kuni tarqatgan xabariga koʻra, militsiya Norin viloyatiga qarashli Ak-Talaa tumanida Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy tashkiloti aʼzosini qoʻlga olib, Bishkekka olib kelgan.

 Shuningdek, OAV 25-mayda Jalolobod shahridagi “Kompanьon Bank”ka qurolli bosqinga harakat boʻlganini xabar qilishgan edi. Gumonlanuvchi qoʻlga olinganidan soʻng, uni ham “ekstremist” yoki “terrorchi” tashkilotlarga bogʻlash harakatlari olib borilmoqda.

 Aslida “diniy ekstremizm va terorizm” atamasini mustamlakachi kofirlar Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun oʻylab topishgan. Mahalliy hukumatlar boʻlsa bundan oʻzlarining turli xil manfaatlari yoʻlida foydalanib kelishadi.

 Ey, Qirgʻiziston musulmonlari! Barchamiz musulmonmiz, hozir muborak Ramazon oyi roʻzasini tutmoqdamiz. Bu muborak oyda barchamiz hukumatni – kufr asosidagi siyosiy manfaatlari yoʻlida – Islom va musulmonlarga qarshi kurashishni oʻzlariga uslub qilib olishdan qaytarishimiz vojib.

 Ey, Qirgʻiziston hukumat vakillari, ey shu ishga aloqador IIV xodimlari! Sizlar ham musulmonsizlar, ehtimol sizlar ham roʻza tutayotgandirsizlar…

 Paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam aytdi: “Kimki yolgʻon, buxton soʻzlarni gapirishni va unga amal qilishni tark etmasa, Alloh uning yeb-ichishni tark qilishiga muhtoj emas”.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.