Rivojlangan Gʻarb “terrorchilarni” qanday tayyorlaydi…

507
0

Rivojlangan Gʻarb “terrorchilarni” qanday tayyorlaydi…

Shveytsariyaning “Tages-Anzeiger” gazetasi maxsus xizmatlarning Islom va musulmonlarga qarshi harakatlarini fosh qilgan maqola eʼlon qildi. “Xorvatiyaning musulmonlarga qarshi maxfiy harakati” dan nomlangan maqolada Yevropa ittifoqi aʼzosi Xorvatiya maxsus xizmatlarining razil kirdikorlari aks etgan.

Maqola, “Xorvatiya maxsus xizmatlari bosniyaliklar masjidlariga qurol tashlab qoʻyishni rejalashtirgan va musulmonlarga bosim oʻtkazgan” deb boshlanadi. Gazeta bosniyalik bir musulmonning boshidan kechirgan voqeasini va Xorvatiya maxsus xizmatlari uni hamkorlik qilishga qanday majburlaganini oshkor qilgan. Bu musulmon xavfsizlik yuzasidan ismini oʻzgartirib gazetaga oʻzini Alen Xalimovich deb tanishtirgan. Gazetada bunday deyiladi: “Bosniyalik musulmon Alen Xalimovich besh yil avval Xorvatiya poytaxtidagi islomiy gimnaziyani tugatgan. U 18 yoshga toʻlganida Xorvatiya maxsus xizmatlari nazariga tushgan. Maxsus xizmatlari uni yashirin soʻroq qilishga chaqirishgan. Maxsus xizmatlar xodimlari undan Zagreb masjidiga kimlar kelib ketayotgani va masjidda nimalar muhokama qilinishi boʻyicha maʼlumot yetkazib turishga majburlashgan. Bundan tashqari ular Alendan Bosniya shimolidagi Gornya Maocha qishlogʻiga borib u yerdagi diniy odamlar harakatlari boʻyicha maʼlumot toʻplashni talab qilishgan”.

Biroq, tahdidlarga qaramay Alen hamkorlik qilishdan bosh tortgan, gazeta bu haqda bunday deydi: “Maxsus xizmat xodimlari unga tahdid qilishgan, agar u josus boʻlishdan bosh tortadigan boʻlsa, u va oila aʼzolari bu rad etish oqibatlarini koʻradi, deb qoʻrqitishgan. Xorvatiya hukumati oʻqituvchi boʻlishni orzu qilgan Alenni milliy xavfsizlikka xavf paydo qiladi degan asosda mamlakatdan chiqarib yubordi, quruvchi boʻlib ishlagan Alenning otasi esa ishidan ayrildi”.

Gazeta Alen voqiyasi yagona emasligi, maxsus xizmatlar bundan ham qoʻrqinchili ishlarni sodir etayotganini aytadi: “Alen Xalimovich voqeasi yagona holat emas. Soʻngi kunlarda jurnalist Avdo Avdichga bir nechta bosniyalik musulmonlarn murojaat qilishgan. Ularning barchasi Xorvatiya maxsu xizmatlarining iflos harakatlari boʻyicha arz qilishgan. Joriy maʼlumotlarga koʻra, Xorvatiya maxsus xizmatlari Xorvatiya va Sloveniyada yashagan Bosniya fuqarolarini xavfli amaliyotlarda ishtirok etishda yollashga urinishgan… musulmonlarni yomon koʻrsatish uchun masjidlarga qurol va portlovich moddalar qoʻyishga majburlashgan, buning evaziga mutlaq huquqlarni berishni vaʼda qilishgan. Kim hamkorlikdan bosh tortsa mamlakatdan chiqib ketishi shart boʻlgan”.

Bu kabi voqealar faqatgina Xorvatiyada boʻlayotgan yoʻq, bunday uslublar dunyoda keng yoyilgan. Shu sababli, Gʻarbda biror portlash yo boshqa ish sodir boʻlsa, ularning maxsus xizmatlari “bu jinoyatchi bizning roʻyxatda bor edi”, “bizning nazoratimiz ostida edi” degan soʻzlarni eshitib qolamiz. Mafkurasi inqirozga yuz tutayotgan demokratik Gʻarb Islomga qarshi turishdan mafkuraviy jihatdan magʻlub boʻlgani sababli bu kabi iflos uslublarga oʻtmoqda. Rivojlangan Gʻarb va unga ergashgan musulmon hokimlar Islom va musulmonlarni yomon otliq qilish uchun mana shu kabi iflos ishlarga borishadi. Chunki, Gʻarb oʻzining buzuq demokratiyasini saqlab qolishga intilsa, musulmon hokimlar esa islomiy yurtlar bir rahbar ostida birlashishi sababli oʻz taxtlari, hokimiyatlaridan ajralib qolishdan qoʻrqishadi.

Horun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.