بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir aʼzolari Xalil shahrida ramazon kechasini oʻtkazdilar
Hizb ut-Tahrir aʼzolari Xalilda ramazon kechasi uyushtirdilar. Kechada Hizb ut-Tahrirning mintaqadagi oʻzgarishlarga oid koʻz qarashi hamda Ummat hayotning barcha sohalarida keng qamrovli uygʻonishga erishishi uchun unga taqdim etish shart boʻlgan yechimga qanday qarashi toʻgʻrisida ochiq bahs-munozara boʻldi. Tarovih namozi ortidan bir guruh faollar va taniqli kishilar ishtirokidagi kechada mazkur fikr-munozaralarga Qurʼoni Karim oyatlari va hadisi shariflardan dalil keltirildi.
Kechadagi asosiy diqqat-eʼtibor quyidagilarga qaratildi: Allohning musulmonlarga nusrat berish vaʼdasi albatta amalga oshajakdir, ushbu Ummat oʻziga xos shaxsiyaga egaligi va Alloh Oʻz dini uchun uni tanlab chiqarganligi eʼtiboridan, Ummatning uygʻonish tariqati boʻyicha barcha amallari Islomdan balqib chiqmogʻi lozim. Yaʼni, aqida sifatida hamda har bir zamonu makonda inson ishlarini idora qilishga yaroqli keng qamrovli tuzum sifatidagi Islomdan balqib chiqmogʻi darkor. Bu esa, Islom Ummatidan hech malollanmay jiddiy harakat qilishni talab qiladi. Chunki davlat tugʻilishi va shakllanishi uchun albatta kuchli, mashaqqatli kurash boʻlishi kerak va bu baʼzan uzoq vaqt choʻzilsa, baʼzan qisqa vaqtda amalga oshadi. Arab qoʻzgʻolonlari Islom Ummatining oʻz saltanatini, oʻzligi va mumtoz siyosiy tuzumini qayta tiklash yoʻlidagi kurashga bir muqaddima boʻldi, xolos.
Kechada yana ushbular taʼkidlandiki, Ummat oʻz hokimiyatini qayta tiklash uchun kurashar ekan, bu yoʻlda mustamlakachi davlatlar va ularni qoʻriqlovchi malaylaridan hargiz yordam olmasligi kerak. Chunki ular Ummatga badbaxtlik va xorlikdan boshqa narsa keltirmaydi. Axir, mustamlakachi davlatlar va ularning malaylaridan yordam olish oʻshalar bilan bir safda turib, Ummatga qarshi kurashishga olib keldi.
Shuningdek, musulmonlar masalalarini oʻrganishda Islom yoʻlidan yurmoq, Islom davlatini barpo qilishda Rosululloh ﷺning tariqatlariga amal qilmoq shartligi hamda Islomning butun insoniyatga baxt-saodat, xotirjamlik va farovonlikni kafolatlaydigan qonunlardan iboratligi keng bayon etildi.
Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan