Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini Ramazon oyini ham hurmat qilmasdan yuzsizlarcha oʻgʻirlab ketdi

555
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini Ramazon oyini ham hurmat qilmasdan yuzsizlarcha oʻgʻirlab ketdi

Falastin rejimi muborak Ramazon oyini zarracha hurmat qilmadi. Falastin ahliga yetkazgan ozorlari va yovuzliklari ham u uchun yetarli boʻlmadi. Ramazoning uchinchi kuni uning profilaktik xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir yigitlaridan biri Muhammad Nojihni Sharqiy Boqiyadan oʻgʻirlab ketdi.

Muhammad Nojihning oʻgʻirlanishi rejim siyosati doirasida amalga oshirildi. Zero, bu siyosat Hizb ut-Tahrirning Islomga daʼvat qilish va haqni ochiq aytishdan oʻzga “jinoyat” qilmagan aʼzolarini taʼqib qilish siyosatidir. Yahud vujudi xavfsizligini himoya qilayotgani bilan maqtanuvchi bu rejim ayni qilmishi bilan oʻzining bosqinchilarga doʻst, Falastin ahliga dushman ekanini isbotladi.

Shubhasiz, bu rejim Falastin ahliga qarshi jinoyatlarni davom ettirib, Islom va daʼvat ahliga ochiq-oshkor dushmanlik qilayotgan ekan, shunday ulugʻ oyda dushmanlik qilish bilan Jabbor Allohga urush eʼlon qildi. Bu esa, unga bu dunyo-yu oxirat sharmandaligini va nadomatini olib keladi.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.