Ey musulmonlar, Xalifalik farzlarning toji va kuch-qudratingiz manbaidir

245
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmonlar, Xalifalik farzlarning toji va kuch-qudratingiz manbaidir

Bas, Xalifalikni barpo qilinglarki, shoyad Alloh sizlarga rahm qilsa!

Xalifalik qulatilganini xotirlash hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo qilishga da’vat qilish kampaniyasi doirasida, Hizb ut-Tahrir – markaziy matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«O‘tgan 100 yil bir tomondan qorong‘i va qayg‘uli bo‘lgan bo‘lsa, boshqa tomondan umid baxsh etadigan nurli va yaxshilik darakchisi bo‘ldi. Qorong‘i va qayg‘uli jihatiga kelsak, bu – Islom boshqaruvining bekor qilinishi hamda Ummatning Xalifalik yo‘qligi sababli moddiy va ma’naviy fojialarni boshdan kechirishi bo‘ldi. Nurli, yaxshilik darakchisi tomoniga kelsak, Kofir G‘arb Islomning hayotga qaytishiga to‘sqinlik qilish uchun Islom va musulmonlarga qarshi bor kuchi bilan harakat qilganiga va bu yo‘lda turli xil makr-hiylalarini ishga solganiga qaramay, Alloh ularni sharmanda qildi. Chunki da’vatni olamga ko‘tarib chiqayotgan kishilar – qalbida marazi bor bo‘lgan Islom dushmanlari va zolimlardan ko‘ra qat’iyatliroq edi».

Bayonotda bunday qo‘shimcha qilindi:

«Mana, bugun o‘ngimizda shijoatli va samimiy yoshlarni jamlagan Ummat turibdi. Ummat o‘z dinining haq ekanini idrok etib, birlashish yo‘lini izlamoqda. U yurtlarni fath qilishi va o‘z hazoratini yoyishi uchun Alloh Taolo unga kuch-qudratini qayta berishidan sevinmoqda. Mustamlakachi kofir G‘arbga kelsak, u ham tanazzulga uchrashni boshladi. Mana, Alloh Taolo koronavirusni yuborib, u bilan G‘arb tsivilizatsiya va iqtisodiyotiga o‘z tarafdorlari ko‘z o‘ngida zarba berdi».

Bayonotda yana quyidagicha qo‘shimcha qilindi:

«O‘tgan 100 yil bizni bir asrdan beri islomiy boshqaruvsiz yashaganimizni anglatadi. Shu bois, hozirgi avlod avvalgi asrlarda o‘tgan kimsalarga o‘xshab qolishidan xavfsiraydigan bo‘lib qoldik. Zero, o‘sha kimsalar asrlar mobaynida Allohning amriga osiylik qilishgani tufayli Qur’oni Karimda mazammat qilingan. Ummat Islom to‘ni kiydirilgan va iflos ilmoniylik boshqaruvining barcha ko‘rinishlarini sinab ko‘rdi. Biroq sayyidimiz Muhammad mustafo ﷺ olib kelgan va sahobai kiromlar kamchiliksiz va oshirvormasdan tatbiq qilgan pokiza Islom boshqaruvini sinab ko‘rgani yo‘q. Mana shulardan kelib chiqib, biz Islom Ummatini hamda undagi barcha jamiyatlar, shaxslar, doiralar, faol va taniqli namoyandalar, qudrat va nusrat ahlini, barchasini payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat qilishga da’vat qilamiz».

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.