Yevropadagi populist siyosatchilarning Islomga qarshi kampaniyasi

520
0

Yevropadagi populist siyosatchilarning Islomga qarshi kampaniyasi

Kecha payshanba kuni Pragada Yevropadagi eng ashaddiy oʻng qanot siyosatchi rahbarlar bir kampaniya boshlab, migratsiya va Islomni Yevropa uchun eng katta tahdid, deb baholashdi. Bu kampaniyani kelasi oyda boʻlib oʻtadigan Yevropa parlamenti saylovlaridan oldin xalq qoʻllab-quvvatloviga ega boʻlish maqsadida uyushtirishdi.

Frantsiyadagi oʻng qanot ashaddiy ekstremistik millatchi partiya rahbari Marin Le Pen bilan Gollandiyadagi Ozodlik va demokratiya uchun aksilislomiy xalq partiyasi raisi Gert Vilders Vatslavskaya maydonida yigʻilgan yuzlab namoyishchilarning asosiy rahbarlari boʻlishdi. Mitingda Italiya Ichki ishlar vaziri (migrantlarga qarshi Shimoliy Liga partiyasi raisi) Matteo Salьvini videomurojaat yoʻlladi. Darhaqiqat, Ozodlik va demokratiya uchun partiyasi mitingida Yevropa ozodlik harakatidagi Chexiya aʼzolari yigʻildi. Undagi ekstremistik oʻng qanot siyosatchilarning barchasi migratsiya va Islomni qoralab, terroristik hujumlarda mana shu migratsiya sababchi, deyishdi hamda bu borada Yevropa Ittifoqini tanqid qilishdi. Ular Yevropa boshqaruvida tub oʻzgarish yasashga bir ovozdan ittifoq qilishdi. Le Pen “Evropa jangi boshlangani”ni eʼlon qildi va “yashasin mustaqil davlatlardan iborat Yevropa”, dedi. Yevropaning migrantlar botqogʻiga botishiga Yevroittifoq javobgarligini, chunki migrantlar Yevropa davlatlari uchun tahdid hisoblanishini taʼkidladi. Keyin Vilders Yevropani “bizning milliy davlatlarimizni yoʻq qilishga urinayotgan nodemokratik xurofotdir”, “bugun biz oʻz mavjudligimiz yoʻlida kurashmoqdamiz, Islom esa, oʻrta asrlardan beri boshqalarni erkinlikdan mahrum etuvchi ibodatdir”, “Islom bilan erkinlik, oʻzaro kelishmaydigan narsadir”, “biz bu yerda Islomni hargiz istamaymiz” kabi soʻzlarni yigʻilganlar orasida koʻp bor takrorladi. OMON politsiyasi namoyishchilarni chetga surib chiqargandan soʻng namoyish tarqadi. Politsiya bir necha shaxslar hibsga olinganini, ammo jarohatlanganlar boʻlmaganini bildirdi. Ekspertlar, 28 nafar aʼzo davlatlardan tashkil topgan Yevroparlamentning 23-26 kunlariga belgilangan ushbu saylovi, Yevropaning ikkichi Jahon Urushidan soʻnggi siyosatida oʻzgarish nuqtasi boʻlishi mumkinligini taʼkidlashdi. Oʻng va soʻl qanot anʼanaviy siyosiy kuchlarning qoʻllab-quvvatlovni yoʻqotishi, ekstremistik populist partiyalarning esa, nufuzi yanada ortishi taxmin qilinmoqda. Ushbu chex populistik harakati migrantlarga va musulmonlarga qarshi boʻlgan va Yevropa Ittifoqining Chexiyadagi muxolafati hisoblangan partiyadir. Yevroparlament kengashida 22 oʻringa ega boʻlgan bu partiya Islomga qarshi boʻlib, uni “nafrat mafkurasi”, deb ataydi. Partiya raisi Tomio Okamura Yevroparlament raisiga oʻrinbosarlik qiladi.

Roya gazetasining 2019 yil 30 aprel chorshanba kungi 232-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.