Tahlilchilar: Qirgʻiziston iqtisodi mehnat muhojirlari yuboradigan pullarga qaramdir

632
0

Tahlilchilar: Qirgʻiziston iqtisodi mehnat muhojirlari yuboradigan pullarga qaramdir

Iqtisodchi va tahlilchilarning taʼkidlashicha, Qirgʻiziston iqtisodiyoti xorijda, xususan Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlar yuboradigan pul joʻnatmalariga qaramligicha qolmoqda.

2019 yilning dastlabki ikki oyida mehnat muhojirlari tomonidan Qirgʻizistonga yuborilgan pul joʻnatmalari 344,6 million AQSh dollariga (23 milliard soʻm) yetgan. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy banki xabar berdi. 2018 yilda xorijdagi qirgʻizistonliklar oʻz vatanlariga 2,7 milliard AQSh dollariga (188 milliard soʻmga) yaqin mablagʻ joʻnatganlar.

Bu raqamlarning Qirgʻiziston iqtisodiyotidagi ulushi sezilarlidir. Markaziy Osiyodagi bu mamlakat aholisi 6,4 million kishini tashkil qiladi. 2018 yilda YaIM hajmi 8 milliard AQSh dollariga (559 milliard soʻmga) teng boʻlgan.

Bu iqtisodiy koʻrsatkichlar, Qirgʻiziston mamlakati oʻta xatarli iqtisodiy holatda ekanidan dalolat beradi. Rossiya siyosiy va iqtisodiy krizis tomon qulab boryapti. Rossiya qulasa Qirgʻiziston ham u bilan birga iqtisodiy boʻhronga uchrashi kutilyaptimi? Yuqoridagi iqtisodiy koʻrsatkichlarga koʻra, yuzaga kelayotgan iqtisodiy vaziyat tufayli, Rossiya mehnat muhojirlari muammosini Qirgʻizistonga bosim oʻtkazish quroli qilib oldi.

 Yakutiyada mehnat muhojirlariga nisbatan atayin paydo qilingan norozilik aktsiyalari keyinchalik Rossiyaning bir necha mintaqalariga koʻchdi. Bunday provokatsiyalarni davlat har qaysi mintaqada xohlagan vaqtida uyushtira oladi. Demak muammo 36 yoshli Yakutiyalik ayolni migrantlar tomonidan zoʻrlanganida emas, balki Qirgʻiz mamlakatining iqtisodiy sistemasi notoʻgʻri asosda olib borilishi oqibatida Rossiyadagi migrantlar joʻnatayotgan pullariga muxtoj boʻlib qolganidadir!

Har qanday davlat boshqa davlat bilan oʻz manfaatlaridan kelib chiqib aloqa qiladi. Demak Rossiya ham Qirgʻizistonni bu iqtisodiy zaif nuqtasidan albatta foydalanadi. Har safar Qirgʻiziston Rossiyaning manfaatidan alohida yoki oʻz manfaati asosida mustaqil ish koʻrishi bilanoq Rossiyada mehnat muhojirlari muammosi qayta keskinlashib boraveradi. Bir tomondan Rossiya, boshqa tomondan Xitoy, bergan qarzlari evaziga bosim oʻtkazadi. Qirgʻiziston ularni rozi qilish yoki norozi qilib qoʻyishni oldini olish haqida fikr yuritish asosida oʻz siyosatini olib borishga majbur.

Demak, davlat oʻz iqtisodini mehnat muhojirlarining mehnati yoki neft singari boshqa xom ashyolar asosiga qurib olishi oʻta xatarli va strotegik halokatga olib boradigan sistema ekanligi oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdi. Bunga Rossiyaning oʻzini ham misol qilish mumkin. Rossiya ham oʻz iqtisodining asosini neft va gaz energiyalarini sotish asosiga qurib olish oqibatida ogʻir va yengil sanoatidan deyarli mahrum boʻlib qoldi. Natijada iqtisodiy qaramlik va tubanlik tomon qulab bormoqda. Saudiya Arabistoni ham xuddi shunday, neft savdosi ortidan kun koʻradi. Davlatlarning bunday iqtisodiy holati, ichki siyosatida iqtisodiy sanktsiyalarni koʻtara olmaydigan zaif holat paydo qiladi. Oqibatda ular xom ashyolarini sotib olayotgan davlatlarga mutlaq qaram davlatga aylanib qolishadi. Bu olamiy kapitalizm asosiga qurilgan va xalqaro siyosat tomonidan xalqaro qonunlar bilan globallashtirilgan olamiy iqtisodiy sistemaning xato va zulm asosiga qurilgani kasofatidan roʻy berayotgan holatlardir!

Qirgʻiziston ham bundan mustasno emas. Olam zulm girdobida qoldi! U zulmdan qutilish yoʻllarini zolimlar tuzib bergan tizimdan izlab, battar zulmga botib boryapti! Zolimlar hech qachon oʻz ixtiyoti bilan mazlumlarni oʻz holiga qoʻymaydi, ularning boshqaruv tizimlarini ham adolat, tenglik, osoyishtalik asosiga qurib bermaydi! Demak bu tizimdan adolat izlashni bas qilib, yaqinlashib kelayotgan islomiy mabdaʼiy olamiy boshqaruv tizimini kutib olishga shoshilaylik!!!

Abdurrazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.