Rohinga musulmonlari azob-uqubatlari davom etmoqda

457
0

Rohinga musulmonlari azob-uqubatlari davom etmoqda

Bunga barham berishga faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik qodirdir

Onadoʻli axborot agentligida (hijriy 1440 yil 27 shaʼbon, milodiy 2019 yil 3 may juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

“Mьyanma parlamentidagi bir deputatning aytishicha, armiya kuchlari Arakan viloyatida soʻroq qilish uchun hibsga olingan fuqarolardan 7 nafarini otib oʻldirgan.

Joriy hafta boshida Mьyanma armiyasi Arakan qishloqlaridan bir necha yuz nafar shaxsni toʻplab, ular ustidan muxolif etnik jamoa hisoblangan “Arakan qoʻshini” jamoasiga aloqalari bor-yoʻqligi borasida tergov boshlaganini maʼlum qilgan edi.

Armiya tarafidan berilgan bayonotda Mьyanmaning Kyavk Tan qishlogʻida ham xuddi shunday tergov uchun 275 shaxs hibsga olingan.

Payshanba kuni Mьyanma parlamenti deputati Xim Maung Lat Onadoʻli axborot agentligiga 7 nafar fuqaroning oʻlimi va 8 nafari ogʻir jarohatlanganini tasdiqlar ekan, askarlar qishloqliklarga ular janjal koʻtarishgandan soʻng oʻq uzishdi, dedi.

“Bu hodisadan oldin ham boshqa qishloqdan 4 nafar shaxs tergov paytida oʻldirilgandi”, dedi Xim Maung.

Deputatning maʼlum qilishicha, hibsga olinganlarni politsiyaga topshirish toʻgʻrisidagi parlament tomonidan qilingan talabni armiya pisand qilmagan. Shuningdek, deputat “fuqarolar oʻlimi boʻlib turibdi va bu qabul qilib boʻlmas hol”, deya qoʻshimcha qildi.

Mahalliy va xalqaro manbalarning bergan maʼlumotiga koʻra, 2017 yil avgust oyidan boshlab, Arakandagi etnik musulmonlar Mьyanma armiyasi va ekstremist jangarilar tomonidan nishonga olinib, minglabi qirib tashlangan… BMTga koʻra, ulardan 826 mingdan ziyodi qoʻshni Bangladeshdan qochqinlik maqomi olgan.

Mьyanma hukumati rohinga musulmonlarini bangladeshlik “noqonuniy muhojirlar”, deb hisoblaydi, BMT esa, ularga “dunyoda eng koʻp repressiyaga uchragan xalq, deya baho beradi”.

Roya gazetasi sharhi:

Islom Birma (yaʼni Mьyanma)ning barcha burchagiga milodning 788 yili Horunar Roshid Xalifaligi davrida kirib keldi, oʻsha vaqtda Xalifalik dunyoning birinchi va yetakchi davlati edi. Azbaroyi Islomning adolat va insofi tufayli Islom shu zayl bir necha asr davom etdi. Musulmonlar Arakan viloyatida 350 yil (1430m. 1784m.) davomida hukmron boʻlib turdilar. Keyin esa, buddist butparastlar Arakanni bosib olishdi va Islomni yomon koʻrishgani sababli viloyatda buzgʻunchilik qilib, musulmonlarga qarshi jinoyatlar sodir etishdi. Musulmonlardan juda koʻpchiligini, xususan ulamolar va daʼvat ahlini qirib tashlashdi. Ustiga-ustak, ularning mollarini talon-toroj qilib, masjid va madrasa kabi infratuzilmalarini vayron etishdi. Keyin strategik ahamiyatga ega va tabiiy boyliklarga toʻla ushbu yurtga gʻarblik mustamlakachilar (xususan Britaniya) keldi va musulmonlar endi buddist rohiblar tomonidan qirgʻin qilina boshladi. Buddist rohiblarni Britaniya qoʻllab-quvvatlab turdi. Ular ham musulmonlardan koʻpchiligini oʻldirishdi, koʻpchiligini yurt tashqarisigi quvib chiqarishdi. Birma “mustaqillik”ka erishgach, Britaniya oʻzining Hindistondagi malaylari yordamida yurtning hukmroniga aylandi. Keyin Arakan AQShning Islomga qarshi kurashi va Xitoyga bosim oʻtkazish siyosati uchun muhim mintaqaga aylandi. Amerika bilan Hindiston – xususan, bugun Modi hukumati davrida – mintaqada oʻz nufuzlarini kengaytirishga harakat qilishyapti, bu ishda Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chji xonimni ishga solishmoqda.

Shunday qilib, musulmonlar bir tomondan buddist rohiblarning qurboni boʻlsalar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi kofir davlatlar (AQSh bilan Hindiston va Britaniya) oʻrtasidagi nufuz talashuv kurashida qurbon boʻlmoqdalar. Arakan islomiy yurt, bunga shubha yoʻq. Uning har bir qarich yerini ozod etish musulmonlarning burchi. Shuning uchun ham u yerdagi musulmonlarni ilmoniylar, mushriklar va buddistlar zulmidan ozod etishning yagona yoʻli Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etib, Arakanni ushbu davlat doirasiga qoʻshishdan iborat.

Roya gazetasining 2019 yil 8 may chorshanba kungi 233-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.