Sergey Lavrov Oʻzbekistonga kelmoqda

640
0

Sergey Lavrov Oʻzbekistonga kelmoqda

 2019 yilning 2 may kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

 Qayd etilishicha, Rossiya TIV rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

 Tashrif dasturiga koʻra Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan Oʻzbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

 Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash masalalari, jumladan Afgʻonistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga koʻmaklashish yuzasidan fikr almashadilar.

 3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.