Hukumat nazoratni kuchaytirishga intilmoqda

291
0

 Hukumat nazoratni kuchaytirishga intilmoqda

Xabar: Qirg‘izistonda mobil telefonlarni identifikatsiyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Jogorku Keneshning transport, aloqa, axitektura va qurulish qo‘mitasining 21-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 Axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi boshlig‘i Dastan Dogoevning so‘zlariga ko‘ra, agar tuzatishlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinsa internetga ulanuvchi telefon yoki modem kabi texnik vositalarni mamlakatga olib kirilganda identifikatsiyalash majburiy bo‘ladi.

 Deputatlarning shaxsiy ma’lumot borasida bergan savollariga Dogoev “bunday xavf mavjud emasligini” aytdi.

 “Shaxsiy ma’lumotga taalluqli emas. Chunki, fuqaro ushbu telefondan foydalmagan bo‘ladi”, – dedi.

Dogoevning qo‘shimcha qilishicha, bunday chora ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ham yordam beradi.

 Qonun loyihasi Jogorku Kenesh tomonidan shu yilning 22 iyulida qabul qilingan edi. Ammo Japarov qarshi fikr bildirib, uni qayta ko‘rib chiqish uchun parlamentga yubordi. Dokoevning aytishicha, qonun loyihasi prezident tavsiyalarini inobatga olgan holda qayta ishlab chiqilgan.

 Izoh: “Vertikal” hukumat va parlament diktaturasini o‘rnatishga harakat qilgan Soorobay Jeenbekov hukumati ham o‘tgan yili “Ma’lumotni manipulyatsiyalash haqidagi” qonun loyihasini ishlab chiqqan va muhokamaga qo‘yilgan edi. Ushbu qonun rasmiy Kreml tomonidan ishlab chiqilgan “Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi” qonun loyihasiga taqlidan ishlab chiqilgan qonun edi. Ammo turli xalqaro tashkilotlar bosimi ostida Jeenbekov “kelishilgan variantni ishlab chiqish uchun” hujjatni parlamentga qaytardi. Oktyabr oyida sodir bo‘lgan navbatdagi davlat to‘ntarishidan keyin mazkur qonun loyihasi vaqtinchalik ahamiyatini yo‘qotdi. Biroq, Japarov ham o‘z hokimiyati “dahlsizligi” va davomiyligini kafolatlashga maqsadida qonun loyihasi qayta ishlab chiqildi.

 Sadir Japarov 23-avgustda “To‘g‘ri bo‘lmagan (yolg‘on) ma’lumotdan himoya qilish haqidagi” qonun loyihasini imzoladi. Qonun e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi. Xabarda, “Qonun noto‘g‘ri ma’lumotdan jabrlangan tomon va ma’lumot e’lon qilingan axborot resurslari o‘rtasidagi aloqani, ularning huquqlarini va majburiyatlarini izga solishi”, aytildi. Qonun kuchga kirganidan so‘ng, Japarov va uning boshqaruvini tanqid qilgan bir qancha fuqarolar qo‘lga olinib, so‘roq qilindi. Ushbu qonun orqali Japarov o‘z hukumatini tanqid nishonidan saqlab qolishga urinmoqda.

 Endi esa telefon va modemlarni identifikatsiyalashni majburiy qilish bilan musulmonlar  qalbiga qo‘rquv solish orqali ijtimoiy tarmoqlarni va tarmoqda tobora kengayib va kuchayib borayotgan islomiy da’vatga to‘siq qo‘ymoqchi. Chunki, ilomiy da’vatni kuchayib borishi Islom va musulmonlarning dushmanlari tinchini o‘g‘irlab bormoqda. Bu o‘rinda ular o‘zlari da’vo qiladigan “inson huquqlari”, “so‘z erkinligi” kabi “demokratik qadiryatlar” qiziqtirmaydi. Ular bu ishlarini “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi kurash niqobi ostiga yashirishga intilishadi. Ammo, Allohning qazosiga imon keltirgan musulmonni bu kabi to‘siqlar to‘xtata olmaydi. Musulmonlar Alloh tomonidan ato etilgan imkoniyatdan foydalanib hayotda ham, internetda ham islomiy da’vatni kuchaytirib borishmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.