Jazoir koʻchalaridagi harakatlardan Islomni uzoqlashtirish til biriktiruvi

554
0

Jazoir koʻchalaridagi harakatlardan Islomni uzoqlashtirish til biriktiruvi

Jazoir koʻchalaridagi xalqning oʻzgartirish borasidagi samimiy va jiddiy istagini ifodalagan harakatlar toʻfon misoli shiddat bilan boshlandi. Shu kunlarda ushbu harakatlardagi islomiy oqim rolining yashirilishi va bu haqda biror narsa aytilmasligi eʼtiborni tortmoqda. Oʻtgan asrning toʻqsoninchi yillari oxirida mustamlakachi kuchlar bilan til biriktirib, harbiy kuch bilan bostirilgan ilk oʻzgartirish urinishida ayni shu oqim asosiy rolni oʻynagan edi.

Ochiq maʼlum boʻlib turibdiki, bugungi namoyishlardagi islomiy oqim qasddan yashirilmoqda, islomiy hayqiriqlar atayin yoritilmayapti. Vaholanki, biz Islom davlatini barpo etishga chaqiruvchi hayqiriqlarni oʻz quloqlarimiz bilan eshitdik. Biroq axborot vositalari xuddi eshitmagandek buni yashiryapti! Boshqa tomondan, ommaviy axborot vositalarida taqiqlangan Islomiy Inqoz jabhasi yetakchilaridan biri Ali Bilhojning hibsga olingani haqidagi xabar berildi. Xabarda bildirilishicha, u namoyishchilarga bevosita qoʻshilishi ortidan hibsga olingan.

Hatto rejimga sodiq boʻlgan islomiy harakatlarga ham namoyishlarga qoʻshilish taqiqlandi. Abdulloh Jobulloh koʻzga koʻringan islomiy harakat yetakchilaridan biri edi, uni ham namoyishda qatnashishiga qoʻyishmadi, maydonga tushishi bilanoq yuzsizlarcha quvib chiqarishdi.

Namoyishlarda islomchilarga nisbatan bunday yomon munosabatda boʻlish shunga dalolat qiladiki, muxolafat islomchilarni namoyishlardan chetlatishda hukumat bilan til biriktirmoqda, til biriktirganda ham oʻzining butun yoʻnalishlariyu basharalari bilan dushmanlarcha harakat qilmoqda. Islomchilarga qarshi kurash mashinasini hukumat ham, muxolafat ham birgalikda boshqarishyapti… Holbuki, Abdulloh Jobulloh kabi Ixvonchilarga aloqador shaxslar ogʻzidan hafsalani pir qiluvchi bayonotlar yangragan edi: “Islomiy harakatlar namoyishlarda qatnashishni ham, ular tomonga oʻtishni ham istamaydi. Balki ular ilmoniy harakatlar bilan kelishgan holda ish tutishni istaydi. Toki, islomiy harakatlarning namoyishlarda ishtirok etishi generallarning namoyishlarga zarba berishlariga bahona boʻlib qolmasin hamda islomchilar namoyishdagi olaboʻjiga yoki islomofobiyaga aylanib qolishmasin”. Ming afsuski, bu kabi bayonotlar umidlarni puchga chiqaradi. Chunki aslida, islomiy oqim javobgarlikdan tonib, ilmoniylar bilan ittifoqchilik qilish oʻrniga, har qanday namoyishga, ayniqsa, Jazoirdek musulmon yurtdagi namoyishga yetakchilik qilishi kerak.

Mana shunday nomardlarcha berilgan bayonotlardan biri, Hamas harakati matbuot voizining bayonoti boʻldi. U jumladan bunday dedi: “Tinch qoʻzgʻolonlarda islomchilarning chiqish qilishi siyosiy tarafkashlik holatini paydo qiladi hamda u yerdagi sheriklarning ideologik asablarini buzadi”. Shunchalik ham magʻlubona bayonot boʻladimi! Goʻyo Islom Luiza Hanun singari kommunist va marksistlarning yoki Oyat Ahmad singari Hasin partiyasidagi sotsialistlarning yoxud Frantsiya mafkurasidagi ayrim barbar va ilmoniylarning asabiga tegadigan din emish! Bu va boshqa partiya va oqimlarning barchasiga namoyishlarga kirish va ishtirok etish ruxsat berilgan. Faqat islomiy oqimlar man etilgan, chunki islomiy oqimlar tarafkashlik keltirib chiqararmish! Faqat islomiy oqimlar olaboʻji boʻlib, faqat ular hammaning asabini buzarmish! Ha, bu hazm qilib boʻlmaydigan, balki buzuq mantiq. Ayniqsa, ming bor taassufki, bu kabi soʻzlar islomiy oqimlar ogʻzidan chiqmoqda.

Aslini olganda, bular islomiy toʻn kiygan ilmoniy oqimlardir. Bu oqimlar haqiqiy namoyishlar uyushtirish va mavjud namoyishlarni Islomni tatbiq qiluvchi Xalifalik davlatini barpo etishga olib boruvchi haqiqiy oʻzgarish tomon yetaklash oʻrniga, beqaror-oʻzgaruvchan harakat qilishyapti. Yaʼni, Gʻarbga ergashgan va kufr qonunlarini tatbiq etayotgan korruptsiyachi ilmoniy hokimiyat qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlishyapti.

Oʻzgartirish maydonida faoliyat olib borayotganlar islomiy faoliyat qanday boʻlishini yaxshi anglab olmoqlari va haqiqiy Islom davlatini barpo etish uchun faoliyat olib borish lozimligini toʻla tushunib yetmoqlari lozim. Xususan, Islom davlatiga aylanish uchun kerakli barcha omillarga ega boʻlgan Jazoirdek buyuk va muhim bir yurtdagi bu oqimlar, musulmonlar uchun zarurdir. Biroq ular agar biror bir islomiy loyihaga ega boʻlmasalar, ular ichi toʻla omadsiz ilmoniy, tashi esa, islomiy boʻlgan oqimga aylanishadi va tez fursatda qadr-qiymati yoʻq, qoʻzgʻolon qilmaydigan, faqat Islom dushmanlariga foydasi tegadigan ikkilamchi oqim boʻlib qolishadi.

Bugungi kunda Jazoirdagi ommaviy namoyishlar shunday bir xavfli fitnaga duchor boʻldiki, namoyish shu fitnalar orqali islomiy oqimlar va islomiy fikrlardan mahrum qilinyapti, talablari bachkanalashtirilib, faqat Buteflikani agʻdarishga cheklab qoʻyildi. Zotan, bir shaxsni oʻzgartirish oson ish. Buteflika ketadi va ikkinchi Buteflika kelaveradi… Shu zayl oʻzgartirish ishi namoyishchilar uchun qiyin koʻrinadi, oxir oqibat, ularni umidsizlik va loqaydlikka olib boradi.

Hozir bu oʻyin yangi stsenariy boʻyicha qayta boshlandi. Yaʼni, anavi mudofaa vaziri Ahmad Qoyid Solih 102-moddani faollashtirish taklifini kiritdi. Bu esa, shaxslarni oʻzgartirish bilan tuzum emas, hukumat shugʻullanishini anglatadi. Namoyishga qarshi fitna, mana shu yerda yashiringan. Chunki endi namoyishchilar talabi butun rejimni arkonlari bilan oʻzgartirishga emas, balki undagi shaxslarni oʻzgartirishga qaratiladi. Jazoirda ham, xuddi Tunisda va Misrda oʻynalgan stsenariy qoʻyilmoqda, chunki Ibn Ali ketdi, Sabsiy keldi, Muborak ketdi, Sisiy keldi. Mana sizga fitna va til biriktiruv. Bu fitna Gʻarb qoʻlida, uni mahkam tutib, uzoqdan boshqarib turibdi. Uning yagona maqsadi Islomni hokimiyatga yaqinlashtirmaslik.

Albatta, bunday til biriktiruvni yoʻq qilish kerak. Yoʻq qilish uchun esa, islomiy oqim islomiy loyihani tabanniy qilmogʻi va barcha uning atrofiga jipslanmogʻi kerak. Ushbu loyiha korruptsion respublikachilik boshqaruvini vayron qilib, uning xarobalari uzra odamlarni Allohning shariati bilan boshqaradigan va Islomni butun olamga yetkazadigan Islom davlatini barpo etishdan iborat loyihadir.

Oʻzgartirish ustida faoliyat qilayotganlar Islom davlatini barpo qilishdan iborat buyuk islomiy loyiha bilan, iqtisodiy, ijtimoiy va xizmat koʻrsatishlarga oid dastur oʻrtasini ajratib olishlari kerak. Bu dasturni ilmoniy partiyalar hamda Bino Vataniy va Hamas kabi islomiy harakat va partiyalar taklif qiladi. Bu partiyalar dasturi bir-biriga oʻxshaydi, umuman farqni koʻrmaysiz, barchasi arzimas dasturlar boʻlib, bitta manbadan chiqqan. Masalan, Hamas dasturini oling, unda bunday soʻzlar kelgan: “Biz Jazoiri hazro uyushmalaridan birimiz va shiorimiz barcha vatandosh ittifoqchilar shioridir. Maqsadimiz, barcha bashariyatga hurriyat ulashish va 1954 yilgi dasturga muvofiq milliy Jazoir davlatini barpo qilish”. Xoʻsh, bunday dasturni islomiy, deb boʻladimi?! Islomiy oqim boʻlgandan keyin uning 1954 yilgi dastur bilan nima aloqasi bor?! Hech shubha yoʻqki, bu kabi dastur Islom dushmanlarini xursand qilmay qolmaydi, musulmonlarga esa, yoʻqotish va omadsizlikdan boshqa narsa keltirmaydi.

Mudom loyiha matnida Allohning Kitobi va Rosulining Sunnati asosida, yaʼni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritish qayd etilmabdimi, demak, u haqiqiy oʻzgarish olib kelmaydi. Endi, bu kabi islomiy harakatlardan “ilmoniylar bilan kelishish kerak”, degan soʻzlarni eshitayotganimizga kelsak, الطامة الكبرى eng katta balo, mana shu.

Axir, Islom dushmanlari boʻlgan dinsiz ilmoniylar bilan qanday kelishish mumkin?! Imon bilan kufr oʻrtasini, haq bilan botil oʻrtasini muvofiqlashtirib boʻladimi?! Ilmoniylar Islomni qattiq yomon koʻrishadi, ular bilan hargiz kelishib boʻlmaydi. Chunki ular bilan kelishish faqat bir maʼnoni, yaʼni, imon va Islomimizdan voz kechib, ularning mashʼum ilmoniyligini qabul qilishimizni anglatadi.

Biz bugun Jazoirda boʻlayotgan xalq harakatlari qoʻlida aniq islomiy loyihasi bor islomiy harakatga aylanadi, degan umiddamiz. Bu haqiqiy Islomiy davlat, yaʼni, Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilish loyihasidir. Agar shunday oʻzgarish boʻlmas ekan, ishlar boyagidek qolaveradi, ilmoniylarga havas qilganlar ilmoniylikni tanlaganlaridan ming pushaymon boʻladilar. Harakat va qoʻzgʻolon bahosi bir narsaga bogʻliq, u ham boʻlsa, Xalifalik davlatini barpo etish loyihasidir. Zotan, birdan-bir buyuk rabboniy loyiha ham mana shudir.

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.