Putinning tashrifi yoki Rossiya neokolonizatsiyasi

531
0

Putinning tashrifi yoki Rossiya neokolonizatsiyasi

Muqaddima

 Maʼlumki, Oʻrta Osiyo mintaqasi hozir Rossiya, Amerika va Xitoy derjavalari oʻrtasida nufuz talashish maydoniga aylangan. Rossiya shu kurash doirasida Qirgʻizistonning “zaif nuqtalaridan” foydalanib, uni oʻz mustamlakachilik siyosati uchun “tayanch nuqtasi” qilib olmoqchi boʻlyapti. Soʻzimiz tushinarli boʻlishi uchun bir oz chekinish qilamiz.

 Maʼlumki, 60 yillari AQSh va SSSR til biriktirib, Yevropa derjavalarining mustamlakalarini tortib olish uchun “mustaqillik” gʻoyasini ishga solishib, dekolonizatsiya jarayonini olib borishgan. Natijada, sohta mustaqillik olgan bu oʻlkalarning ayrimlariga Amerika yoki SSSR taʼsiri kirib borsa, ayrimlariga avvalgi xojalari oʻzlari “mustaqillik” berib, oʻz nufuzlari ostida ushlab qolishgan. Boshqacha aytganda, bu mamlakatlarning ahvoli avvalgisidan bir jihati bilangina farqlanar edi: endi ularni bir nechta derjavalar mafkuraviy, siyosiy va iqtisodiy uslublar bilan talashishlari mumkin edi. Bu neokolonializm deb ataladi.

 Sovet Ittifoqi qulaganida ham xuddi shu neokolonializm jarayoni boʻlib oʻtdi. Rossiya SSSRning merosxoʻri boʻlib qoldi. Boshqa respublikalar boʻlsa sohta mustaqillikka ega boʻlishdi. Yaʼni, endi ularning ustidan boshqa mustamlakachi davlatlar ham nufuz talashishi mumkin boʻlgan imkoniyat paydo boʻldi.

 Mustamlakachilik loyihalari

 AQSh, Rossiya va Xitoyning Oʻrta Osiyoga nisbatan neokolonizatorligi quydagi loyihalarda koʻrinadi.

 Kapitalistik Gʻarb Sovet ittifoqini qulatishga muvaffaq boʻlganidan soʻng, AQSh avval Oʻrta Osiyoga nisbatan “Katta Markaziy Osiyo” loyihasini qabul qildi. Bu 2011-yildan keyin “Yangi Ipak yoʻli” deb nomlandi. Hozir boʻlsa “S5+1” deb atalmoqda. Bu loyiha Oʻrta Osiyo oʻlkalarini Rossiyaga qaramlikdan chiqarib olish uchun ularni Markaziy Osiyoning Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston davlatlari bilan integratsiyalashdan iborat.

 Xitoy esa “Yangi iqtisodiy ipak yoʻli” loyihasini qabul qildi. Mazkur loyiha boʻyicha Xitoyning Oʻrta Osiyo oʻlkalariga investitsiya, qarz, savdo munosabatlari orqali kirib kelishi koʻzlangan. Bu hozir Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasiga kiritilgan. 

 Rossiya bularga qarshi harbiy tarafdan “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti”, iqtisodiy tarafdan “Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi” kabi tashkilotlarni ishga soldi. AQShga qarshi turish uchun Xitoy bilan aloqalarini “Shanxay hamkorlik tashkiloti” orqali muvofiqlashtirdi. AQSh ham Rossiyaga qarshi turishda – Xitoyni strategik raqib sifatida qabul qilgunga qadar – oʻzining “Yangi ipak yoʻli” loyihasini Xitoyning “Yangi iqtisodiy ipak yoʻli” loyihasi bilan moslashtirib olib borgan edi. Endi esa Xitoyga eng asosiy strategik raqib sifatida qaramoqda. Kerak boʻlgan vaqtda “Shanxay hamkorligiga” muammolar paydo qilish uchun AQSh bu tashkilotgan Pokiston va Hindistonni kirgizishga muvaffaq boʻldi. 

 Rossiya sobiq mustamlakachi sifatida

 Kommunisttik mafkura barbod boʻlganidan soʻng Rossiya Gʻarb demokratiyasiga ergashib ketdi, shu sababli, uning oʻz mastamlakalariga nisbatan mafkuraviy bosqinchilik uslubi amalda yoʻq (hatto, uning nufuzi ostidagi mamlakatlarda rus tili oʻz oʻrinini yoʻqotib bormoqda). Iqtisodiy jihatdan ham taʼsiri zaiflashib ketdi. Faqat harbiy nufuzinigina saqlab kelmoqda. Shu sababli Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi asosan harbiy quvvatga suyanadi. Yaʼni, loyihalarini amalga oshirishda harbiy quvvati bilan tahdid qiladi.

 1992-yili Rossiya xalqaro hamjamiyat deb ataluvchi Gʻarb kuchlarining bosimi ostida harbiy jihatdan Oʻrta Osiyodan chiqib ketgan edi. Oʻrta Osiyoni qamrab olgan Turkiston harbiy okrugiga qarashli harbiy boʻlinma va obʼektlar ular joylashgan respublikalarning qurolli kuchlariga oʻtsada, biroq, ularning ayrimlari Rossiya yurisdiktsiyasida qoldi. Bu harbiy jihatdan Rossiya Oʻrta Osiyodan toʻliq chiqib ketmaganini anglatar edi. Biroq, Rossiya nufuzli mustamlakachi sifatida qolishi uchun bu yetarli emas edi. Shu sababli, u harbiy tomondan qayta kirib kelishni davom ettirmoqda.

 1992-yili Rossiya Jamoat xavfsizlik shartnomasi (JXSh, keyin KXShT)ni joriy etish bilan Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonni yana qayta oʻz changaliga oldi. Biroq, 1999-yili Oʻzbekiston shartnomadan chiqib ketdi.

 1999-yili Qirgʻizistonda “Botken voqeasi” uyushtirildi. Oʻsha vaqtda xalqaro hamjamiyat tomonidan “Oʻzbekiston Islom Harakati” jangarilari qanday qilib Tojikiston chegarasidan hech qanday toʻsiqlarsiz kirib-chiqqani boʻyicha savollar qoʻyildi. Va jangarilar Rossiya harbiy vertolyotlari bilan olib kelib tashlangani oshkor boʻldi. Rossiyaning “Botken voqeasi” uyushtirishdan koʻzlagan maqsadi Qirgʻiziston va Oʻzbekiston uchun xavfsizlik sohasida muammolar yaaratib, ularni Rossiyadan yordam soʻrashga majburlash va shu bahona bilan harbiy jihatdan kirib kelish edi.

 Botken voqealari sababli Qirgʻiziston Rossiyadan yordam soʻradi. Moskva Qirgʻizistonga “yordam berish” toʻgʻrisida rasmiy kelishuv boʻldi. Shundan soʻng bu voqealarga nuqta qoʻyildi. Oʻzbekiston boʻlsa Rossiyaga murojaat qilmadi va oʻz kuchi bilan himoyalana olishini maʼlum qildi. Shu yoʻl orqali tuzoqdan chiqib ketdi.

 2001-yilgi AQShdagi teraktdan soʻng Amerika “terrorizmga qarshi kurash” bahonasi bilan Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda aviabazalarini joylashtirdi. Shu yili Rossiya ham KXShT tarkibida “Oʻrta Osiyoda tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlar”ni tashkil qildi. Uning tarkibida Qirgʻizitonda 2003-yili Kant aviabazasini ochdi. Bunga bahona qilib Qirgʻizistoni OʻIH kabi “terrorchi” jamoatlarga qarshi tura olmasligi koʻrsatildi.

 2003-yili Gruziyada, 2004-yili Ukrainada “rangli inqiloblar” boʻlib oʻtdi. Bu davlatlarni Rossiya taʼsiridan tortib olish uchun mazkur davlat toʻntarishlarini AQSh uyushtirgan edi.

 2005-yil, 24-martda Qirgʻizistonda ham davlat toʻntarishi boʻlib oʻtdi. Buning asosiy sababi, xalqning yashash sharoitlariga nisbatan noroziligi boʻldi. AQSh toʻntarishda homiy boʻldi, ammo ish tizginini qoʻlga olish uchun mamlakatda imkoniyati yoʻq edi. Shu sababli Rossiya oʻz harakatini boshlab, Akayevni oʻrniga Bakiyevni olib keldi, xalq esa bundan taskin topib qoldi. Shu sababli “Lola inqilobi”dan Rossiya mustamlakachiligiga zarar yetmadi.

 Shu yilning oʻzida, 13-may kuni Oʻzbekistonda “rangli” toʻntarishni oldini olish uchun qonxoʻr Karimov “Andijon voqeasini” uyushtirdi. Rossiyaga suyanib, tinch namoyishchilarni qirgʻin qildi. Aybni akromiylarga yuklab, buning ortidan boshqa dindorlarga ham hujumni kuchaytirdi. AQSh oʻz manfaatlari asosida Oʻzbekiston hukumatidan mustaqil tekshirishlar oʻtkazishni talab qilib chiqdi. Shundan soʻng iyul oyida boʻlib oʻtgan ShHT sammitida AQSh bazalarini Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan chiqarishga chaqirgan deklaratsiya qabul qilindi. Noyabr oyida AQSh Oʻzbekistondan aviabazasini olib chiqib ketdi. 2006-yili Oʻzbekiston KXShTga qayta qabul qilindi. Shundan boshlab Oʻzbekiston KXShTdan chiqib ketgunga qadar Xonobod aviabazasidan Rossiya foydalanib keldi. Vaziyat izga tushgandan boshlab Oʻzbekiston yana qayta Rossiya changalidan chiqish harakatida boʻldi. 2012-yili KXShTdan chiqib ketdi.

 2010-yili Qirgʻiziston prezidenti ham Rossiya talablaridan boʻyin tovlab, AQSh va Xitoyga yuzlana boshladi. Shu bilan bir vaqtda xalqning hukumatga qarshi noroziligi ham kuchayib ketgan edi. Rossiya xalqning noroziligidan foydalanib Bakiyevni agʻdardi va fursatdan foydalanib Karimovni ham tiz choʻktirish uchun “Oʻsh voqeasi”ni uyushtirdi. Bunda “millatchilik” fitnasi ishga solindi.

 Oʻsha vaqtdagi Qirgʻiziston prezidenti Roza Otunbayev gʻarbparast boʻlganligi sababli YeXHT vakili Kimmo Kilьyunen boshchiligidagi xalqaro komissiyaga Oʻsh voqealarini tekshirishga ruxsat berdi. Bu komissiya qonli voqeani Rossiya uyushtirganligiga yetib bormasligi uchun Rossiya Qirgʻiziston parlamentini ishga solib, Kimmo Kilьyunendi “persona non grata” deb eʼlon qildirdi va komissiya xulosalarini eʼtiborsiz qoldirdi. Rossiyaning oʻzi esa voqea uyushtiruvchilarini topishga yordam bergan boʻlib, “ularning ichila islomiy terrorchi guruhlar boʻlgan” degan asossiz gaplarni tarqatdi. Bu “omi xalqni qanday aldasa ham boʻlaveradi” degan maʼnoni anglatadi. Xalq tarafidan qoʻlga olingan va qonli voqealarni haqiqiy boshlovchilari boʻlgan rossiyalik zobit va yollanma merganlarni boʻshatib olib, imi-jimida olib chiqib ketdi.

 2014-yili Rossiya AQShning Qirgʻizistondagi aviabazasini chiqartirib yubordi. 

 Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Rossiya neokolonizatorligi asosan harbiy jihatga asoslangan. 2006-yildan buyon KXShT tarkibida Qirgʻiziston janubida yana bir harbiy baza qurishga intilib kelmoqda. Agar bunga sharoit yarata olmasa, bazadan boshqacha koʻrinishda boʻlsada baribir harbiy jihatdan kuchayib kirib kelishdan manfaatdor. Buning uchun bir bahona ham zarur. Shu sababli, bunga qadar “Yaqin Sharqdan qaytgan islomiy jangarilar” va “Afgʻonistondan kelayotgan terrorizm tahdidi” haqida ommaviy fikr paydo qilishga jon-jahdi bilan harakat qilib kelmoqda.  

 Oʻrta Osiyoda AQSh mustamlakachiligi

 AQSh “demokratiyani yoyish” bahonasi bilan Oʻrta Osiyo respublikalari ichidan Qirgʻizistonga kengroq kirib kelgan. Bunga qadar Oʻrta Osiyoning boshqa davlatlarida qulay sharoitlar topilmagani sababli, bu kurashida Qirgʻizistondan “tayanch nuqtasi” sifatida foydalanib keldi. Endi uning uchun Oʻzbekistonda “demokratini yoyish”ga qulay sharoitlar paydo boʻlib qoldi.

 Ha, Oʻzbekistonda Rossiyaning mustamlakachilik nufuzi kuchli. Masalan, 3 miliard dollarlik savdo aloqalari bor. Oʻzbekiston Rossiyaning 2 mlrd. dollarlik tovarlariga bozor boʻlib kelmoqda. Shuningdek, Rossiya Oʻzbekistondan xom-ashyo bazasi sifatida foydalanib, undan 1 mlrd dollarlik xom-ashyo oladi. Buning 32% tabiiy gaz boʻlib, uni Rossiya qayta tashqariga sotadi. Oʻzbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi 1000ga yaqin korxona faoliyat olib boradi. Putinning Oʻzbekistonga amalga oshirgan safarida 27 mlrd dollarlik 800 shartnoma imzolandi.

 Biroq, Rossiya neokoloniztorligi qarshisida Oʻzbekistonda AQSh uchun ham eshiklar ochilmoqda. 2005-yilgi voqealardan keyin Karimov Oʻzbekistondan AQShga aloqasi bor xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, nodavlat tashkilotlar, OAVlarini chiqarib yuborgan edi. Endi Mirziyoyevning “reformasi” orqali ular qayta kirib kelishyapti. Oʻzbekistonda AQSh sarmoyasi ishtirokidagi 200ga yaqin ishxona bor. YaIMning choragini tashkil etuvchi uran eksporti Amerikaga qilinadi. Shuningdek, Mirziyoyevning AQShga qilgan safarida 5 mlrd dollarlik shartnoma imzolandi. Amerikaning harbiy-texnik yordamlari va Oʻzbekitonning NATO bilan hamkorligi davom etyapti. Bulardan tashqari, AQSh Oʻzbekistonni Afgʻoniston boʻyicha tinchlik muzokaralarida vositachi boʻlishiga, shuningdek, Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy, transport munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beryapti. 

 Qozogʻistonning AQShga intilishi avvaldan kuchli boʻlgan. Nazarbayev buni “koʻp vektorli siyosat” niqobi ostida amalga oshirishga harakat qilib kelgan. Biroq, Rossiya uni qattiq ushlab turgan. 2002-yili Qozogʻiston “Xьyuston” tashabbusini qabul qildi. Bu loyiha oʻsha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri, hozirgi prezident Kosim-Jomart Tokayev boshchiligida ilgari surilgan. (Tokayevning siyosiy faoliyati asosan tashqi siyosatga taalluqli boʻlgan va AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash sohasida koʻp ishlarni amalga oshirgan). Shuningdek, 2006-yili Qozogʻiston AQSh qoʻllovida Aktau-Baku-Tblisi-Jeyxan neft quvurini qurish loyihasiga qoʻshilgan. Bunga Rossiya qarshi edi, chunki, Rossiyaning ham xudi shunday quvur orqali neft eksporti bor. Shu sababli, bu sohada Qozogʻiston Rossiyaga raqobatchi hisoblanadi. Shuning uchun Kashagan va Tengiz ishlab chiqarishi toʻliq amalga oshmay turipti, shuningdek, transportirovkada qiyinchiliklar paydo boʻlyapti. Hatto Rossiya hozir Qirgʻizistonga Qozogʻiston yoqilgʻi moylari kirishiga toʻsqinlik qilmoqda. Shu sababli, bu maxsulotlar kontrabanda yoʻllar bilan kirib kelyapti. Qozogʻistonning asosiy daramadi neft eksportidan boʻlganligidan uni Rossiya changalidan qutulishga boʻlgan intilishi kuchli.

 2010-yili AQSh qoʻllovi bilan Qozogʻiston YeXHTning raisi boʻlib qoldi. Shuningdek, Suriya boʻyicha “Ostona konferentsiyalarini” uyushtirdi. Bundan xalqaro maydonda Rossiya obroʻsini tushirish va Qozogʻistonni Rossiyaga teng mamlakat qatori dimogʻini koʻtarish maqsadi koʻzlangan edi. Qozogʻistonda Gʻarb davlatlari sarmoyalari 100 mlrd dollardan ortiq (buning ichida AQShniki 10 mlrd), bu sarmoyalarning barchasi Amerika nufuzi kirib kelishiga xizmat qilishini anglatadi. Bunga nisbatan Xitoyniki 20 mlrd boʻlsa, Rossiyaniki 5 mlrd dollar. Shuningdek, Qozogʻistonda AQSh sarmoyasi ishtirokidagi 500 kompaniya ish olib boradi. Nazarbayevning 2018-yili AQShga amalga oshirgan safarida 7 mlrd dollarlik shartnoma imzolandi. Bugungi kunda Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida “Ipak yoʻli shengeni” amalga osha boshladi. Qirgʻiziston bilan Tojikiston ham bunga qoʻshilishlarini maʼlum qilishdi. Aslida mazkur vizasiz rejimning maqsadi Rossiya tashkil etgan YeOII tashkilotining printsiplariga zid keladi. 2003-yildan beri Qozogʻiston AQSh bilan birgalikda “Choʻl burguti” oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib kelyapti. AQSh va NATO askarlari bilan birgalikda harakatlanuvchi Kazbrig va Kazbat harbiy boʻlinmalari tashkil etilgan. Bularga qarshi Rossiya KXShTni tuzgan va Nazarbayevga YeOIIni tuzish tashabbusini koʻtartirdi. Biroq, bugunga kelib Nazarbayev Rossiya tarafidan yuklangan bu tashkilotlar talablarini bajarishdan charchadi va hokimiyatni Gʻarbga moyilligi bilan tanilgan kadr – Tokayevga topshirdi. Prezident Tokayev “koʻp vektorli” siyosatni davom ettirishini maʼlum qildi.

 Turkmaniston ham AQSh qoʻllovida Baku-Tblisi-Jeyxun quvuri orqali neft eksport qiladi. Shuningdek, Turkmanistonga tegishli AQSh tashabbusidagi “TAPI” (Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston-Hindiston) loyihasi bor. Bu loyiha ayni vaqtda Rossiya qarshiligi va Afgʻonistondagi beqarorlik sababli toʻxtab turipti.

 Qirgʻizistonda AQSh Jahon banki orqali “Digital CASA” loyihasini amalga oshiryapti. Bu internet texnologiyalari orqali barcha maʼlumotlarga egalik qilishni Rossiya nazoratidan chiqarishni anglatadi. Bunga qarshi Rossiya KXShT doirasida “raqamli xavfsizlik boʻyicha birlashgan markaz” tuzishga, shuningdek, YeOII doirasida “raqamli iqtisodni rivojlantirish”ga jiddiy kirishyapti. Shuning uchun ham Qirgʻizistonda “Xavfsiz shahar” tenderini Rossiya harbiy kompaniyasi “Vega” yutib oldi.

 Bundan tashqari, Xitoy “bir kamar” loyihasi doirasida Qirgʻiziston orqali Xitoy-Oʻzbekiston temir yoʻlini qurishga kirishyapti. Mazkur loyiha bunga qadar Rossiya toʻsqinligi ortidan qurilmay kelgan edi. Agar yoʻl quriladigan boʻlsa, Rossiya tarafidan unda oʻzini ham ishtirok etishi va temir yoʻl uning nazorati ostida boʻlishi shart qilinyapti.

 Shuningdek Oʻrta Osiyoda ortida AQSh turgan “SASA-1000” loyihasi ishlayapti. Unga Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va Pokiston jalb qilingan. Rossiya bu loyihada qatnashishi va nazoratga olishi uchun Qirgʻiziston va Tojikiston GESlarini olishi kerak boʻlyapti. Aks holda bunga qarshilik qilmoqchi.

 Putinning tashrifi

 Rossiya prezidenti Putinning Qirgʻizistonga amalga oshiradigan ish safari oldidan Qirgʻizistonga taalluqli bir nechta xodisalar boʻlib oʻtdi. Chunki, Putin KXShT va YeOII doirasida tuziladigan koʻplab shartnomalarni olib kelayotgan edi. Xalqda bularga qarshilik boʻlmasligi uchun Qirgʻizistonning “ogʻriqli nuqtalari”ni bosib qoʻydi. Shu orqali xalqni qoʻrquvga solib, shartnomalarga boʻysundirish nazarda tutildi. Masalan, “hutba tilini” koʻtarish orqali “millatchilikni” dindorlar orqali amalga oshirib qoʻyishini, Botkendagi “chegara” voqeasi orqali xavfsizlik masalasida unga murojaat qilishga majbur ekanligimizni, Atambayevchi muxolifat orqali hokimiyat talashish va janub-shimol muammolarini paydo qilishini, shuningdek “Yoqutiston” voqeasi orqali mehnat muhojirlari masalasini ham “eslatib” qoʻydi.

 Bunday voqea 2015-yili Qirgʻiziston YeOIIga kirishidan oldin ham kuzatilgan edi. Unda “terrorizm” bilan ayblangan bir nechta musulmonlar turmadan ataylab qochirilib, ularga qarshi “ov” qilingan. Bu voqea YeOIIning zulm-ziyonlaridan odamlarni chalgʻitish, xabardor odamlarni xavfsizlik uchun boʻlsa ham Rossiya shartlariga koʻnish kerak degan fikrga olib kelish, shuningdek, unga qarshi siyosatchilarni “ov” bilan qoʻrqitib qoʻyish uchun uyushtirilgan edi.

 28-martda Putin Qirgʻizistonga kelib ketdi. Bu tashrif Qirgʻiziston bilan AQSh oʻrtasidagi aloqa boʻyicha yangi kelishuv muxokama qilinayotgan vaqtda (aslida bu kelishuv 2015-yili Qirgʻiziston tomonidan bir tomonlama toʻxtatilgan edi) shuningdek, Xitoy rahbari Si Tszinьpinning kutilayotgan tashrifi oldidan boʻldi. Yaʼni, Rossiya Qirgʻiziston bilan zarur kelishuvlarni AQSh va Xitoydan oʻzib tuzib oldi.

 Putin bilan Jeenbekov oʻrtasida 17 hujjat imzolandi, shuningdek, tashrif doirasida oʻtgan qirgʻiz-rus biznes-forumida 6 mlrd dollarlik 500 shartnoma tuzildi. Ularning tafsilotlari maʼlum qilinmagan boʻlsada, biroq, ularning asosiylaridan quyidagilarni tushinib olish mumkin.

 Uchrashuvda Qirgʻizistonni YeOIItalablarini bajarishi qattiq nazoratga olinishi koʻrib chiqildi. Shu orqali Qirgʻizistonga Xitoydan kontrabanda yoʻli bilan kirib kelayotgan tovarlarga toʻsiq qoʻyiladi. Bundan Xitoy taʼsirini kamaytirish va Oʻzbekistonga muammo tugʻidirish koʻzlangan. Chunki, mazkur tovarlarni katta qismi Qirgʻiziston orqali Oʻzbekistonga oʻtadi. Boshqa tomondan, Qirgʻizistonda esa bu tovarlarning oʻrnini rus maxsulotlari toʻldiradi. Shuningdek, Qirgʻiziston temir yoʻllari boʻyicha ham muzokaralar boʻlib oʻtdi. Bu muzokaralar Qirgʻiziston temir yoʻllari Rossiya kompaniyalariga sotilishi va Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli Rossiya nazorati ostiga olinishini anglatadi. Bundan tashqari, Rossiya Qirgʻiziston togʻ-kon tarmogʻiga yirik investitsiya kiritadigan boʻldi. Bu Qirgʻizistondagi foydali qazilma boyliklarga endilikda rus kompaniyalari egalik qila boshlaydi degani, bunga qadar bu tarmoqni deyarli Xitoy investitsiyasi bosib ketgan edi.

 Shuningdek, Putin tashrifi doirasida enargetika tarmogʻi boʻyicha shartnomalar tuzildi. Demak, kichik GESlar qurishni rossiya kompaniyalari qoʻlga olib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi CASA-1000 orqali eksport qilinadi. Bundan tashqari, yirik GESlarimizni ham xususiylashtirish tomon ketyapti, shu sababli, ularni Rossiya oldindan egallab qoʻyyapti.

 “Qirgʻizneftegaz” boʻlsa “Gazprom”ga beriladigan boʻldi.

 Qirgʻiziston-Rossiya maʼlumotlarni ishlab chiqarish markazini tashkil etish rejalashtirildi. Bu “Digital CASA” loyihasi ishga tushsa, uni nazoratga olishni anglatadi.

 Birlashgan Rossiya harbiy bazasini kengaytirish boʻyicha bitim imzolandi.

 Qirgʻiziston “tayanch nuqtasi” sifatida

 Bunga qadar ham Rossiya Oʻrta Osiyodagi boshqa yetakchi davlatlarning taʼsiri va ularga ogʻib borayotgan mintaqadagi kuchlarning harakatlariga qarshi kurashda Qirgʻizistondan bir necha bor “zaif nuqta” sifatida foydalanib keldi. Bu safar Oʻrta Osiyodagi “tayanch nuqtasi” sifatida foylanmoqchi. Yaʼni, Qirgʻizistondan turib, birinchidan YeOII talablarini qatʼiy nazorat ostiga olish, shuningdek KXShTga tayanib, millatchilik va chegara muammolarini ishga solish orqali Oʻzbekistonga qiyinchiliklar paydo qilmoqchi. Ikkinchidan, Tojikistonni YeOIIga kirishga majburlaydi. Uchinchidan, Gʻarbga ogʻib borayotgan Qozogʻistonga ham mauammolar yaratadi. Qozogʻistonda xalq noroziliklarini koʻtarilishi ham bejizga emas.

 Yuqorida aytib oʻtganimizdek, mustamlakachilar Oʻrta Osiyoni talashish ustida bir nechta fitnalarni uyushtirib kelishdi (aytilganlarga qoʻshimcha, 1989-yilgi Oʻzbekistondagi “Fargʻona fojealari”, 1990-yildagi “Oʻsh voqeasi”, Tojikistondagi fuqarolar urushlarini eslab koʻringlar, bularning bari mustamlakachilar “oʻyinlari” boʻlgan).

 Shu sababli biz, nafaqat Qirgʻizistonni, balki butun Oʻrta Osiyo xalqlarini ogohlantiramiz-ki,  mustamlakachilarning bunday fitnalariga aldanmaslik va mustamlakachilardan butunlay qutulish uchun oʻz Islomimizga qaytishimiz kerak, Chunki, biz barchamiz musulmonlarmiz. Islomda bularning barchasiga yechim bor.

 Agar Islomni oʻrgansak, unda “millatchilik” harom ekanligini topamiz. Shuningdek, buni bilgandan keyin boshqalarga ham yetkazishimiz vojib. Shunday tushunchani yoyilishi orqali musulmonlar orasida “millatchilik” fitnasini oldi olinadi.

 Agar chegara boʻyicha biror janjal chiqadigan boʻlsa, unga ikki millat yoki ikki mamlakat xalqlarining janjali sifatida qaramay, unga ikki musulmon shaxs oʻrtasidagi kelishmovchilik deb qarashimiz kerak. Ularning orasini shariat asosida oʻnglab qoʻyishimiz vojib. Agar shunda ham boʻlmay, undan kengroq koʻlamga koʻtariladigan boʻlsa, unga ikki musulmon jamoati oʻrtasidagi kelishmovchilik sifatida qarab, shariatga asoslangan sulx yoʻli bilan isloh qilishimiz vojib. Aslida musulmonlar oʻrtasiga chegaralar tortilishi harom. Shu tushuchani yoyish orqali biz kofirlar va ularning malaylari oʻrtamizda paydo qilgan chegara qoidalarini yoʻqqa chiqarib, islomiy aka-ukalik munosabatlarni oʻrnata olamiz.

 Muxolifat masalasiga kelsak, Islomda muxolifat degan narsa yoʻq. Unda haqiqatga ergashishgina bor. Agar siyosatchilar Islomdan boshqa narsaga chaqirsa ularga ergashish harom. Shu sababli musulmonlar siyosatchilarning siyosati nimaga asoslangani, ular qanday amallarga chaqirayotganini shariyat boʻyicha tekshirib olishlari zarur. Agar siyosatchilar demokratiya yo millatchilik yoki vatanparvarlikka asoslanishsa va harom amallarga chaqirishayotgan boʻlsa ularni bu munkarlaridan qaytarish kerak.

 Bulardan tashqari, mustamlakachi kofirlar va ularning yugurdaklari bunday buzgʻunchiliklariga dindorlarni tortib, ular orasida mazhabparastlik yoki boshqa dinlararo fitnalar keltirib chiqarishlari mumkin. Ayrim ahmoqlarga xaqoratli soʻzlar ayttirib, provokatsiya qilish ehtimoli ham bor. Bunday vaqtda biz – aqlimizga toʻgʻri kelgan yoki nafsimiz xohlayotgan yechimlarga ergashib ketmasdan – shariyatga murojaat qilishimiz vojib. Hozir Islomiy davlatimiz yoʻq. Davlatimiz yoʻq boʻlgan vaqtda bunday siyosiy kurashlar doirasida musulmonlar faqat fikriy-siyosiy kurash bilangina cheklanishlari vojib. Chunki Rosuli Akram sollallohu alayhi va sallam buni tariqat hukmi qilib koʻrsatib ketganlar. Provokatsiyalarga aldanib, kuch ishlatish amallariga yoki qurolli kurashlarga kirishib ketish harom. Shu sababli musulmonlar bir-birimizni bunday amallardan qaytarishimiz kerak.

 Va nihoyat, mustamlakadan ozod boʻlishning asosiy yechimiga kelsak, bu Islomiy Xalifalik davlatini tiklash bilangina amalga oshadi. Davlatning tiklash yoʻli esa yuqorida aytib oʻtganimizdek, fikriy va siyosiy kurash orqaligina boʻladi.

 Shu sababli, xurmatli musulmonlar, sof Islomingizlarni oʻrganilar va bilganlaringni bilmaganlarga yetakzinglar. Shu orqali bu dunyoda yaxshilikka erishasizlar va Oxiratda savob ham olasizlar, in sha Alloh.

 Abdulhakiym

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.