Yangi Zelandiya qirgʻini ortidagi asl jinoyatchi kim?!

822
0

Yangi Zelandiya qirgʻini ortidagi asl jinoyatchi kim?!

Yangi Zelandiya jinoyatchisi nashr qilgan manifestdagi soʻzlar diqqatimni tortdi: Undan – musulmonlarga qarshi shaxsiy nafratingiz bormi, deb soʻralganda bunday javob berdi: “Oʻzlarining yurtida yashayotgan musulmon va muslimalargami, nafratim yoʻq. Ammo bizning yurtlarga gʻazot qilib, yerlarimizda yashashni ixtiyor qilgan musulmonu muslimalarni yoqtirmayman (u yoqtirmayman soʻzini ishlatyapti). Men nafratlanadigan yagona musulmon bizning millatdan boʻla turib, Islomni qabul qilgan musulmondir (bu yerda yoqtirmasligini emas, balki nafratlanishini aytyapti). Chunki ular bizning merosimiz va maʼrifatimizdan voz kechishyapti, binobarin, oʻz millatiga xiyonat qilishyapti. Ha, men shulardan nafratlanaman”. U oʻz manifestida “gʻazot” qilganlar, yaʼni, immigrantlarni hamda “xoinlar”, yaʼni Islom diniga kirganlarni ildizi bilan quritib tashlashga koʻp bor chaqirdi.

Bizga bu kimsaning javobi Gʻarb va uning rahbarlaridagi nafrat psixologiyasini tushunib olishimizga yoʻl ochib berdi. Haqiqatdan ham ular nafaqat oʻnlab yillar, balki asrlar mobaynida oʻz xalqlarini Islom, musulmonlar va ularga aloqador barcha narsalarni yomon koʻrishga undab kelishdi. Biz shuni yaxshi bilamiz, Islom “لاَ إكْرَاهَ فِي الدِّينِ dinga majburan kiritilmaydi”, degan qoidaga asoslandi. Musulmonlar asrlar mobaynida hech kimni Allohning diniga kirishga majburlamadilar. Buni doʻstdan ham dushman koʻproq yaxshi biladi, bunga tarix guvoh. Chunki musulmon boʻlmagan turli xalqlar  musulmonlar orasida bemalol yashab kelishgan. Xoʻsh, oʻz-oʻzidan savol paydo boʻladi: Gʻarb farzandlarining ich-ichlariga oʻrnashib qolgan bunday nafratni qanday izohlash mumkin, axir, Ispaniya cherkovi inkvizitsisi qurboni boʻlgan yahudiylar qayerdan panoh topishdi, musulmon diyoridan emasmi?!

Keyin, bu jinoyatkor kimsa – nega odamlar Islomni qabul qilishyapti, deya oʻziga oʻzi savol berib koʻrsa boʻlmaydimi?! Agar u va unga oʻxshaganlarda insof boʻlsa, kapitalistik ilmoniy din sogʻlom aqidaga va kuchli dalilga tayangan keng tushuncha asosidagi din, deb ishonishsa, nega odamlar shu eʼtiqodni tashlab, Islomni qabul qilayotgani haqida oʻylab koʻrsin! Yaʼni, odamlar musulmonlarning nochor ahvolda ekanini, oʻzlarini “aqlli bomba”lar va “Tomagavk raketa”lardan hamda jinoyatchi hukmdorlar razvedkasidan himoya qilolmayotganini bilib turib, Islomni qabul qilmoqdalar. Shuningdek, Gʻarbga qaramlik kishanlarini uzishga va Gʻarb tsivilizatsiyaga qul boʻlishdan qutulishga daʼvat qilayotgan musulmonlardan oʻch olishda hukmdorlar bir-birlari bilan musobaqalashishyapti. Musulmonlarning mana shunday ahvoliga guvoh boʻla turib, gʻarbliklar nega Islomni qabul qilishyapti?!! Ha, ularda ozgina insof boʻlganda edi, oʻzlariga oʻzlari mana shunday savollarni bergan boʻlar edilar. Darvoqe, 2001 yil 20 sentyabrda kongress palatasida nutq soʻzlagan Jorj Bush oʻziga oʻzi savol berib, bunday degan edi: “Nega ular bizdan nafratlanishadi. Chunki ular tsivilizatsiyamiz, erkinliklarimiz va hukumat saylash huquqlarimizdan nafratlanishadi, mana shu manzarani (yaʼni, kongressdagi demokratlar manzarasini) yomon koʻrishadi”.

Ha, ular shu tarzda bizni qirgʻin qilishyapti va janozalarimizga borishyapti! Bush va uning komandasi Saddam Husaynni yoʻq qilib, Iroqni boshqa davlatlarga namuna boʻluvchi demokratik davlatga aylantiramiz, deb oʻylashdi. Holbuki, “Abu Gʻurayb”, “Guantanamo” va “Bagram”da oʻzlari sodir etgan sharmandali qilmishlaridan butun dunyo zada boʻldi… Mustamlaka qilingan xalqlar qonini ichib toʻymaydigan, boyliklarini talab kifoyalanmaydigan kapitalistik madaniyatlari fosh boʻldi. Oʻzlarining butun tarixlari qizil tanlilarning qatli om etishganiga guvohlik bermoqda. Afrika va Osiyodan tortib qayerga borishmasin, olib borgan urushlarida yerlik xalqlarni halok etishgani… Misrdagi jinoyatkor Sisiy jinoyatlarini olqishlab, Suriya qonxoʻri Bashar jinoyatlarini haspoʻshlashayotgani butun dunyoga maʼlum. (Zero, Yevropa rahbarlari yaqinda boʻlib oʻtgan Sharmush Shayx sammitida Sisiy yonida oʻtirishga uyalishmadi. Chunki u sammitdan atigi bir necha kun avval hech qanday jinoyat qilmagan misrlik yigitlarga oʻlim jazosini qoʻllagan edi).

Ha, Yangi Zelandiya qirgʻini ortidagi asl jinoyatchi Islom va musulmonlarga igʻvogarlik siyosatini olib borayotgan hamda musulmonlarga nisbatan dunyo boʻylab yomon koʻrish urugʻini sepayotgan Gʻarb rahbarlaridir. Tramp ham shularning biridir. U musulmonlarni Amerikaga kirishini taqiqlash kerakligini hamda hokimiyatga kelgandan keyin buni amalga oshirmoqchiligini saylovga oʻz nomzodini qoʻygandayoq maʼlum qilgan. Anavi Yangi Zelandiya jinoyatchisi Tramp haqida, u yetuk siyosatchi sifatida emas, balki musulmonlarga qarshi kurashdagi mening namunaviy yetakchimdir, dedi. Muslima ayollarga nisbatan nafrat izhor qilgan Britaniya bosh vaziri ham, “Biz immigrantlar bilan oʻz tsivilizatsiyamizni yangilay olmaymiz”, deya ogohlikka chaqirgan AQSh kongressi aʼzosi Stiven King ham, “Immigrantlar toʻfoni sababli oq tanli amerikaliklar yuvilib-yoʻqolib ketyapti, chunki muhojirlar AQSh aholisi tuzilmasini oʻzgartirib yuborishdi”, degan “Fox News” agentligi muxbiri trampparast Lora Enn Ingrem ham, hammasi Islom va musulmonlarni yomon koʻrishda Yangi Zelandiya jinoyatchisidan qolishmaydi.

Koʻplab yevropalik siyosatchilar ogʻzidan ham shu kabi nafratomuz bayonotlar yangragan. Masalan, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban oʻzini Yevropa tsivilizatsiyasi himoyachisi sifatida namoyon qilib, Yevropada musulmonlarning tobora koʻpayishi xavfiga qarshi kurashishini taʼkidladi. Italiya Ichki ishlar vaziri, “Shimol Ligasi” oʻngqanot tashkiloti aʼzosi Matteo Salьvini Italiyadagi immigrantlar xavfiga diqqatni qaratib, shu orqali Shimoliy Napolida 125 ming kvadrat metr maydonga zaharli chiqindilarni koʻmib tashlagan jinoyatchi mafiya toʻdalaridan jamoatchilik eʼtiborini chalgʻitishga urindi. Italiya senatori Pьetro Grasso hukumat qilmishlarini ochib, bunday bayonot berdi: “Afsuski, Italiya hukumati immigrantlar oqimi bostirib kelyapti, deya holatni boʻrttirib koʻrsatib, ularga qarshi kurashni oʻzining ustuvor vazifasiga aylantirib olyapti… Buning oʻrniga, mafiya toʻdalari kabi dolzarb muammolarga qarshi kurashish kerak edi. Chunki bu toʻdalar yetakchilari boyigandan boyib ketmoqda”. (Britaniyada chiqadigan Gardian gazetasi, 2019 yil 12 fevral).

Shunday qilib, Gʻarb siyosatchilari oʻz jamiyatlari boshdan kechirayotgan real muammolar hisobiga immigrantlar xavfini olaboʻji qilib koʻrsatmoqda. Bu esa, Islom va musulmonlarga nisbatan ichi nafratga toʻla baʼzi kimsalar koʻngliga keng yoʻl topmoqda.

Bularning barchasiga qarshi kurash oʻlaroq, Islom hamma odamlarga xitob qilib, ularni oʻz soyasida bitta aqida asosida aka-ukalik rishtasi bilan bogʻlanib yashashga haq-rost daʼvat qildi, ushbu aqida boʻyicha esa, arab bilan ajam oʻrtasida farq yoʻqligini, faqat taqvo bilan farq borligini ochiq bayon qilgan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

“Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (doʻst-birodar boʻlishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʻydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatliragingiz taqvodorrogʻingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir”            [Hujurot 13]

Allohim Yangi Zelandiyada qurbon boʻlgan musulmonlarni rahmat qil va barchalariga Illiyyindan joy ber.

Roya gazetasining 2019 yil 20 mart chorshanba kungi 226-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.