Qirgʻiziston fuqarolari “migratsiya amnistiyasi” olishadi

417
0

Qirgʻiziston fuqarolari “migratsiya amnistiyasi” olishadi

 Qirgʻiziston fuqarolari uchun Rossiyada “migratsiya amnistiyasi” yuz beradi. Bu haqda 22 mart kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilgan.

 “Migratsiya amnistiyasi” davrida Rossiyada Rossiya Federatsiyasi migratsiya qonunchiligini buzgan holda boʻlib turgan Qirgʻiziston fuqarolariga 2019 yil 22 apreliga qadar Rossiyadan erkin tarzda chiqib ketish va Rossiya Federatsiyasi hududiga (istalgan vaqtda) maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan holda kirib borish huquqi beriladi.

 Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirgʻizistonga davlat tashrifi arafasida Qirgʻiziston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish doirasida Rossiya tomoni Qirgʻiziston fuqarolari uchun “migratsiya amnistiyasi”ni taqdim etishga qaror qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.