AQSh Kongressi Putinning mol-mulki bilan qiziqmoqda

647
0

AQSh Kongressi Putinning mol-mulki bilan qiziqmoqda

Amerikalik kongressmenlar AQSh razvedka hamjamiyatidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning daromadlari va mol-mulki haqida ma’lumotlar taqdim etishni talab qildi. Bu haqda Vakillar palatasi a’zosi Eliza Stefanikning saytida aytilgan.

Stefanik va uning hamkasbi Val Deming «Vladimir Putinga nisbatan shaffoflik to‘g‘risidagi qonun» nomli qonun loyihasini tayyorladilar. Ushbu tashabbusga ko‘ra, razvedka “RF prezidenti va uning tarafdorlari moliyaviy holati, shuningdek, yashirin tarmoqlari” bo‘yicha ma’lumot to‘plashi va hisobot taqdim etishi kerak.

Qonun loyihasi Rossiyaning Amerika demokratiyasiga putur yetkazishga urinishlari haqidagi bayonotlar munosabati bilan ishlab chiqildi.

“Putin va uning siyosiy ittifoqchilari butun dunyoda demokratiyani zaiflashtirishga intilib, axloqiy bo‘lmagan harakatlar yordamida siyosiy nazoratni kuchaytirishga harakat qilmoqda”, – dedi Stefanik.

ABC News xabariga ko‘ra, yanvar oyida Senatga “Kreml tajovuzidan Amerika xavfsizligini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun” nomi ostida qonun loyihasi kiritilgan, unda ham Putinning mol-mulki haqida ma’lumot berish talabi bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.