Sobiq prezident amaldagi prezidentni muloqotga chorladi

558
0

Sobiq prezident amaldagi prezidentni muloqotga chorladi

Sobiq prezident Almazbek Atambayev yetakchiligidagi QSDP partiyasi 22- fevral kuni matbuot anjumani o‘tkazdi. Anjuman davomida, sobiq prezident bilan hukumat o‘rtasida til topishishga chaqiriqlar yangradi.

Matbuot anjumanida QSDP a’zosi Irina Karamushkina sobiq prezidentni amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov bidan yarashtirishga urinib kelayotganini aytdi.

Partiyaning rasmiy vakili Qunduz Joldubayevaning aytishicha, sobiq va amaldagi prezidentlar umuman til topisha olishmayapti, biroq, bu ularning bir-biriga dushman ekanligini anglatmaydi, balki ular faqat raqiblar xolos.

Shunday qilib, QSDP a’zolari Sooronbay Jeenbekov bilan Almazbek Atambayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishiga umid bildirishdi.

Matbuot anjumanida Qunduz Joldubayeva navbatdagi parlament saylovida sobiq prezident QSDP ro‘yxatida birinchi o‘rinda turishini ma’lum qildi. Partiya raisining o‘rinbosari Asel Koduranova sobiq prezident saylovda ishtirok etishini, biroq, hukumatda hech qanday xizmatda bo‘lmasligini, shuningdek, prezidentlikka ham nomzodini qo‘ymasligini qo‘shimcha qildi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sobiq prezident amaldagi prezidentni til topishishga chaqirmoqda. Agar shunday bo‘lsa, halqni hech qanday to‘ntarishlarga gij-gijlamasligi, faqat parlament saylovlarida qatnashishi va hokimiyat talashmasligini ma’lum qilmoqda.

Ma’lumki, amaldagi yetakchi guruh avvalgisini zaiflashtirishda Xitoyning TVEA kompaniyasi tomonidan modernizatsiya qilingan “Bishkek IEM”dan foydalangan. U bundagi korrupsiya ishlarini Atambayev komandasidagi yetakchi kadrlar zimmasiga yukladi. Endi sobiq prezidentning dahlsizligini olishga qarab ketyapti. Hozirgi hukumatning qo‘lidagi “kuzur kartasi” shudir.

Biroq, amaldagi hukumatning o‘ylagani ham osonlikcha amalga oshmaydi. Chunki, hozirgi yetakchi guruh xalqning ko‘pchilik qismini ishonchiga erisha olmayapti. Masalan, bu yildan boshlab kuchga kirgan yangi kodekslar jarayoni xalqda hukumatga qarshi kuchli noroziliklarni paydo qilmoqda. Bu narsa bahorda xalq qo‘zg‘oloni ehtimolini kachaytirmoqda.

Ha, Almazbek Atambayev prezidentlik muddati oxirida to‘plagan yetakchi guruh boshqaruvda qolishda zaiflik qildi, shuningdek, yangi hukumatning zarbalari uning komandasini ancha kuchsizlantirib qo‘ydi. Biroq, shunday bo‘lsa ham unda xalqqa “uchqun” bo‘lish uchun “tutab turgan” imkoniyati bor. Sobiq prezidentning qo‘lidagi “kuzuri” shu. U shunga suyanib muloqotga chaqiryapti.

Bulardan xulosa qiladigan bo‘lsak, eski va yangi hukumat bir-birini ayblab kelayotgan narsalar ham, ularni birlashtirib turgan narsalar ham asosan ikki masalada ko‘rinadi. Birinchisi, IEM modernizatsiyasi; ikkinchisi, yangi kodekslar. Bu siyosatchilarni shu jinoiy masalalarda bir-birini ayblashlarining sababi, bu masalalarni xalqqa ziyon yetkazayotganida. Ularni birlashtirib turgan sabab, mazkur jinoiy masalalarni amalga oshishida ikkalasining bab-barobar manfaatdorligidir. Demak, yuqoridagi jinoiy kirdikorlarda ikki hukumat ham birdek aybdor. Chunki, ular shu jinoiy ishlarni ijrochilaridir. Biroq, bundan ham yomoni shuki, har ikki taraf vakillari bu jinoiy ishlarni haqiqiy buyuritmachilarini xalq ko‘zidan yashirishda birdek harakat qilmoqda. Gapni boshidan boshlaydigan bo‘lsak:

IEM modernizatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston-Xitoy muzokaralari Qurmanbek Bakiyev prezidentligi davridayoq boshlangan edi. Bu Atambayev davrida jadallashtirilib, uning prezidentlik muddati so‘ngida bitirilgan. U vaqtlarda Sooronbay Jeenbekov bosh vazir edi. Bunda Xitoy 386 million dollar kredit bergan va bu summa 2033-yilga qadar 480 million dollar qilib qaytarishga kelishilgan. IEMni modernizatsiyalash ishi Xitoyning TVEA kompaniyasiga topshirilgan. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, amalda xitoy kompaniyasi 250 million dollarlik xizmat ko‘rsatgan, ammo uni ko‘paytirib, 380 million dollarga baholagan (hukumatdagilar bu farqning qanchasini pora sifatida olgani aniq emas). Demak, bu yerda Qirg‘izistonni qarzga botirish jinoyatining haqiqiy buyuritmachisi – Xitoy bo‘lgan. Ijrochilar esa, bizning hokimlar bo‘lib qolishdi.

2019 yildan kuchga kirgan “yangi kodekslar” masalasi ham Bakiyev davridayoq boshlangan. Uni “sud sohasini reforma qilish” niqobi ostida Jahon banki “taklif qilgan”. Qirg‘iziston Jahon banki kreditlarining navbatdagi transhlarini olish uchun shunga majburlangan. Boshqacha aytganda, davlat byudjetini fuqarolar cho‘ntagi hisobidan to‘ldirish, shuningdek, byudjetning sarf-harajatlarini tejash orqali Jahon banki shartlarini bajarishga erishish uchun shu reforma kirgizilgan. Bu masala ham Atambayev davrida yakunlanib 2017-yili imzolangan. Mana endi Jeenbekov davrida kuchga kirdi. Demak, bu jinoiy ishdagi buyuritmachi Jahon banki bo‘lgan.

Endi esa, bu jinoyatlarni amalga oshiruvchi hokimlarimiz, qilgan jinoyatilariga tavba qilish o‘rniga, qilmishlarini davom ettirib kelishmoqda. Bu jinoyatlar ortida turgan mustamlakachilarni yashirib, ular bilan xalq o‘rtasida parda bo‘lishmoqda. Shuningdek, bu jinoyatlardan kelib chiqqan oqibatlardan yana qayta o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, mamlakatda inqiroz holatlarini keltirib chiqarishmoqda. Shu yo‘lda janjallashib, shu yo‘lda til biriktirishga harakat qilshmoqda.

Ey sobiq va amaldagi xalq rahbarlari, mustamlakachi xo‘jayinlardan voz kechib, xalq manfaatini tanlash vaqti kelmadimi!? Oxir oqibat sizlarni shunday botqoqqa botirgan, o‘z xalqingizga yomon ko‘rsatgan shu kofir xojangiz emasmi!? Xo‘jayiningizning dunyosi uchun oxiratinggizni boy berasizlarmi? Sizlar xalqning ko‘ziga parda bo‘lish o‘rniga – xalq bilan birlashib, mustamlakachilarga qarshi chiqish vaqti keldiku…

Xalqqa hiyonat qilish uchun til biriktirish yo‘llarini izlamasdan, xalq manfaatini himoya qilish uchun, oxiratingiz obodligi uchun birlashmaysizlarmi!?

Alloh Taolo aytadi:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ

“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!” (Moida: 2).

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston matbuot bo‘limining raisi Abdulhakiym.

23. 02. 2019.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.