Davlat hisobidan uylar kimlarga ajratilyapti?
Rasmiy hisoblarga ko‘ra, 1991 yili Qirg‘iziston aholisi 4 million 422 ming kishini tashkil etgan. 2018 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 6 million 294 ming 587 kishiga yetdi. Tabiiyki, aholi sonini oshib borishi odamlarni yangi ish o‘rinlari va asosiysi, uyga bo‘lgan ehtiyojini oshib borishiga olib keladi.
O‘tgan 27 yil mobaynida Qirg‘iziston hukumati odamlarni uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini “qondirish”ga harakat qilib kelmoqda. Davlat hisobidan qurilgan hamda aholiga berilishi kerak bo‘lgan uylar kimlarga ajratilmoqda!?
Qirg‘iziston ham boshqa kuch bilan boshqarishga asoslangan davlatlar singari yangi barpo etilgan uylarni asosan kuch ishlatar organlari, sud organlari va favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlariga ajratib kelmoqda. Misol uchun, 2016-2017 yilarda harbiy xizmatchilar va militsiya xodimlari uchun 1 852 xonadondan iborat 52ta ko‘p qavatli uy qurib berildi. O‘tgan yili Norin viloyatida chegarachi va Jazoni ijro etish davlat xizmati (JIEDX) xodimlari uy bilan ta’minlangan bo‘lsa, Tokmokda militsiya xodimlari, Bishkekda esa FVV va MXDQ xodimlari uy olishdi.
Umumiy hisobda o‘tgan 27 yil mobaynida Qirg‘izistonda davlat hisobidan qurilgan uylardan JIEDXning 767ta, IIVning 729ta, Mudofaa vazirligining 554ta, MXDQning 486ta, FVVning 449ta, Chegara xizmatining 264ta, Bojxona xizmatining 121ta, Bosh prokuraturaning 84ta, Oliy sudning 28ta xoimlariga uy ajratilgan.
Achinarli jihati shundaki, davlat “mustaqillik”ka erishganidan buyon Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlarga bir dona ham uy ajratilmagan. O‘qituvchi, shifokor va ijtimoiy soha vakillariga davlat uy-joy olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratib kelmoqda. Ammo arzimas oylik sababli bu soha vakillari davlatning bunday “yordami”dan foydalanishdan mahrum.
Kuch organlari hodimlari uchun bepulga berilayotgan mazkur turar-joylar xalq to‘lagan soliqlar hisobidan bunyod etilayotgani sababli bu uylar faqat hukumat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi xoimlarga emas, balki barcha muhtojlarga adolatli taqsim qilinishi kerak emasmi? Har bir fuqaroni jamiyatda o‘z o‘rni va shu bilan birga huquq va majburiyatlari bor. Rasmiy hukumat ish o‘rinlarini ko‘paytirish orqali ishsizlar sonini kamaytirish, ish bilan ta’minlay olmagan fuqarolarni yetarli darajada vaqtinchalik nafaqa bilan ta’minlash bilan shug‘ullanish kerak. Xalq o‘z zimmasidagi davlat tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Uy-joy solig‘i, elektr energiyasi, gaz, suv, axlat… kabi barcha to‘lovlarni ado etmoqda. Shunday ekan rasmiy hukumat ham xalqning haqqini ado etishi shart.
Allohning izni bilan tez kunlar ichida qayta vujudga keladigan Xalifalik davlatida har bir shaxsning asosiy – yeb-ichish, kiyim-bosh va yashash uchun uyga bo‘lgan – ehtiyojlarini to‘la qondirishni kafolatlash va har bir shaxsning kamoliy ehtiyojlarini imkon qadar yuksak darajada qondirish imkonini kafolatlash davlat zimmasidagi vojib vazifa bo‘ladi. Bu bo‘lajak Xalifalik davlati dusturida qat’iy belgilab qo‘yilgan.
121-modda – Shaxslarning har biri uchun asosiy ehtiyojlarni to‘la qondirish kafolatlanishi hamda kamoliy ehtiyojlarni iloji boricha eng yuqori darajada qondirish imkoniyati ta’minlanishi vojibdir.
Abdurahmon Odilov.