Guadio ilk “prezidentlik” farmonini imzoladi

439
0

Guadio ilk “prezidentlik” farmonini imzoladi

O‘zini Venesuelaning prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaido birinchi farmonni chiqardi. Hujjat matni Twitter᾽da joylashtirildi. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

Guaido o‘zining ilk farmoni bilan mamlakatga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berdi.

Shuningdek, Guaido o‘zining o‘sha farmoni bilan Maduroning Braziliya bilan quruqlikdagi chegarani yopish buyrug‘ini bekor qilgan, Aruba, Boneyra va Kyurasao orol-davlatlari bilan munosabatlarni kuchda qoldirib, uning hukumati tomonga o‘tadigan harbiylarga kafolatlar berilishini tasdiqlagan.

O‘z navbatida Nikolas Maduro hukumati 23 fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan gumanitar yordamni olishga qarshi chiqmoqda. Prezidentning o‘zi mamlakatda krizis boshlanganini inkor etib, Braziliya bilan chegarani yopdi. Shuningdek, Kolumbiyaga o‘zining gumanitar yordamini yetkazmoqchi ekanligini bayon etdi.

Venesuelaning muxolif parlamenti spikeri Xuan Guaido muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtiga o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan edi. AQSh va boshqa bir qator davlatlar Guaidoni tan olishdi. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.