Markaziy Osiyoda xalqaro siyosiy keskinliklar kuchayib bormoqda

993
0

Markaziy Osiyoda xalqaro siyosiy keskinliklar kuchayib bormoqda

Bishkekda “Markaziy Osiyoda integratsion jarayon: iqtisodiy va xavfsizlik masalasida hamjihatlik muhitini paydo qilish” nomi ostida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilish Fransiyaning Markaziy Osiyoni o‘rganish instituti majlislar zalida uyushtirildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan siyosiy ekspertlar qatnashdi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, xavfsizlik masalasida, shuningdek iqtisodiy rivojlanish siyosatlarida qo‘shni davlatlar birgalikda ish olib borishsa, xalqaro siyosatda ulkan qudratga ega bo‘la olishlari mumkin. Bu haqida “Azattыk radiosi” 21 fevral kuni xabar tarqatdi.

Biroz avval Toshkentda, “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilinib, unda 36 ta davlat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlaridan vakillar ishtirok etgan edi.

21 fevral kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani boshlandi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari CENTKOM qo‘mondoni ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyoda bir tomondan G‘arb mustamlakachilari yuqoridagi anjumanlarni uyushtirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Rossiya ham o‘z manfaatlari yo‘lida Qirg‘iziston janubida yana bir harbiy baza qurishni rejalashtirib boryapti. Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro yetakchi davlatlar manfaatlari o‘rtasida, xavf xatar va tahdidlar orasida qolib ketmoqda. Har ikki tomon ham bor imkoniyatlarini ishga solib, ushbu mamlakatlarni o‘z manfaatlari tomon yurgizish maqsadida ularga bosim o‘tkaza boshladi.

Markaziy Osiyo davlatlari AQSh, Rossiya va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik va keskinliklarni hal qilishda, ular uchun to‘qnashuv maydoniga aylanib boryapti. Ular qalbaki vahimalar paydo qilish ortidan har turli konferensiyalar uyushtirib, bu vahimalardan ko‘zlagan maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinishadi! Bu vahimalarni qanday oldini olish haqida o‘tkazilgan muhokamalar ortidan, harbiy bazalar qurish hamda tabiiy boyliklarimiz va aeroport, temir yo‘li kabi bir qator strategik manfaatlarni qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.

Xalqaro siyosatning kasofatidan oxirgi vaqtda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aloqalar sovuqlasha boshladi. Qirg‘iziston Rossiyaning ta’siridan qutulib chiqish imkoniyatiga ega emas. O‘zbekiston esa o‘zining tabiiy resurslari va giosiyosiy strategik ahamiyatga egaligi sababli G‘arb olamining kuchli qo‘llovi ostida Rossiyadan uzoqlasha boshladi. U AQSh bilan hamkorlikda Afg‘onistonda tinchlik muhitini paydo qilish loihasini jadal olib boryapti. Ushbu loiha amalga oshsa, O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzit yo‘lini o‘z ta’siri ostiga oladi. Hatto u Markaziy Osiyoda ta’sir kuchiga ega yetakchi davlatga aylanishi kutilmoqda.

Bu loiha ruslarning O‘rta Osiyodagi hayotiy manfaatlariga zid ekanligi bois, Rossiya Qirg‘izistonni O‘zbekiston bilan keskin muomila qilishga majburlay boshladi. Qirg‘iziston xavfsizlik xodimlari O‘zbekistondan kelgan “terrorist”ni qo‘lga olgani haqida rasmiy xabar tarqatdi va qo‘shni davlatdan xavf xatar kelayotgandek muhit paydo qilishga harakat qila boshladi. Rossiya bu “muammo”ni bartaraf qilish uchun qanday oqibatlarga olib boruvchi fitnalar uyushtira olishi, hali ma’lum emas. Shunisi aniqki, u bor imkoniyatini ishga soladi. Rossiya mintaqada harbiy va boshqa moddiy fitnalar uyushtirish bilan ish olib boradi. Chunki uning boshqa imkoniyatlari deyarli qolmadi.

Qirg‘iziston bu Islomiy xavf xatarlar qalbaki ekanini yaxshi bilsa ham, Rossiyadan qo‘rqib, bu vahimali muhitni paydo qilishda unga ko‘maklashadi. Chunki Rossiya o‘z maqsadi yo‘lida mamlakatimizda qo‘poruv ishlarini o‘zi uyushtira olishini yaxshi biladi. Iqtisodiy, siyosiy tomonlardan ham ishchi muhojirlarimizga ehtiyoj kuchli. Shuning uchun Qirg‘iziston Rossiya bilan oxirigacha borishi kutiladi. Yuqoridagi xalqaro siyosiy ahvolning kasofatidan, mintaqadagi qo‘shni davlatlar o‘rtalari yana keskinlashishi kutilmoqda!

Yuz berayotgan jarayonlardan ummat yoki Markaziy Osiyo fuqorolari uchun hech qanday manfaat yo‘q. Olamiy kufr boshqaruvi asosidagi xalqaro siyosat mintaqadagi birorta mamlakatni o‘z ta’siri ostidan chiqarib yubormaydi. Demak ular tomondan mustaqillik yoki xotirjamlik kutish mumkin emas. Yaqin sharqni olib ko‘radigan bo‘lsak, Kurd millatiga doim mustaqillik va’da qilib, ulardan o‘z maqsadida foydalanib keladi. Kurdlar ham har safar o‘z davlatlariga ega bo‘lish ilinjida kufrga yordam berib, Islom va Musulmonlar manfaatiga putur yetkazib kelishadi! Hech bir mustamlakachi davlat biror mustamlakasini o‘z ixtiyori bilan mustaqil qilgan emas. Ozodlik berilmaydi, u tortib olinadi!

Shu hazoratdan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo davlatlari yana g‘irrom, nayrang va yolg‘on yo‘ldan borishyapti. Hukumatlarimiz ummat manfaatlarini tolon taroj qilishda kufr bilan birlashib, xoinlarga aylanishgan. Ular kufr yetakchi bosqinchi davlatlar bilan birga o‘z xalqini aldash asosida xiyonatkorona siyosat olib borishadi. Masalan Xitoydan o‘z manfaatlari yo‘lida, keraksiz loihalar uchun qarz olib, ummat manfaatlarini, yer osti va usti boyliklarini unga berib yuborishyapti.

Yuqoridagi siyosiy vaziyat Markaziy Osiyo davlatlarini bir biriga qarshi kurashga, hatto bir-biriga qarshi urushgacha olib borishi mumkin. Biz musulmonlar ziyrak turmas ekanmiz, ular millatlararo, davlataro yoki hududlararo urush urug‘ini sepishga harakat qilishmoqchi! Bizlarni faqat mabdaiy Islomiy tushunchadan kelib chiqqan Islomiy birodarlik rishtasi saqlab qolishi mumkin! Hukumat organ vakillari tomonidan Kufr nayranglariga asoslangan barcha fitnalardan uzoq bo‘laylik. Fitnaning eng cho‘qqisi bir millat nomidan ikkinchi millat ustiga qo‘poruv amaliyotlarini uyushtirishgacha yetib borishi mumkin, ogoh bo‘laylik!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.