Markaziy Osiyoda Islomning ta’siri

636
0

Vashingtonda bo’lib o’tgan anjumanda ekspert va mutahassislar Markaziy Osiyoga e’tibor qaratib, u erda Islomning qanchalik ta’sirga egaligi haqida o’z fikrlarini bildirishdi.

Amerikalik dinshunos olim, siyosat va din ustida uzoq yillar takdqiqot olib borgan ekspert Noa Takerning fikricha, nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon bo’ylab, xususan G’arbda, Islom va musulmonchilikka ijobiy yondashuv keskin suratda avj olmoqda.

Ekspert Noa Taker Islomning Yevropa va Amerikada keng yoyilishi va g’arb o’lkalarida kapitalizm mabdasining ortga chekinishi haqida ochiq gapirmadi. Tadqiqod markazlari o’tgan yilda e’lon qilishicha, Yevropa ittifoqi davlatlarida taqriban o’ttiz ming Yevropalik Islomni qabul qilgan va faqat Amerikaning o’zida yigirma ming kishi islomga kirgan.

Noa Taker Davlatda to’lig’icha Islom tatbiq qilishga urinishni mutaassiblik, deb sifatlab, “dinga berilish mutaassiblikka etaklaydi, mutaassiblik esa o’z nasbatida zo’ravonlikka”, deya qo’shimcha qildi.

Uning nazarida mutaassiblikka berilgan va islomiy tuzumni targ’ib qilishga harakat qilayotgan kuchlar hamisha bo’lgan va bo’lishda davom etadi.

– Mustaqillik yillarida odamlar dindorlashgani rost. Bugun namozxonlar ko’p, diniy tadbirlarga e’tibor oshgan, xotin-qizlar orasida hijobga kirganlar ko’p. Ammo islomning Markaziy Osiyoga xos jihatlari haqida ham unutmang, deydi Noa Taker.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Markaziy Osiyoda ko’pchilik o’zini hamon shunday musulmon deb biladi, deydi olim.

Taniqli olim Azizulla G’ozi mutaassib guruhlar internetda tashviqotni kuchaytirib, yoshlarni o’ziga qaratish uchun qanday usullar qo’llayotgani haqida gapiradi.

Ular yuritadigan saytlarga har qancha to’siqlar qo’yilsa ham, lekin ular turli zamonaviy yo’llar bilan dinga qiziqqan yoshlar e’tiborini tortishga harakat qilishadi. Videolar, suratlar, “noyob” ma’ruzalar hatto “Facebook” va “Tvitter” singari ommabop saytlar vositasida tarqatiladi, deydi G’ozi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.