IIVijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilayotgan daʼvat va fikrlarga qarshi kurashni kuchaytirdi

515
0

IIVijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilayotgan daʼvat va fikrlarga qarshi kurashni kuchaytirdi

Qirgʻiziston IIV millatlararo, dinlararo nizolar va mintaqada har qanday keskinliklar paydo qilishga chaqirgan materiallarning tarqatilishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirdi. Bu haqida “Azattыk” axborot agentligi 11 fevral kuni tarqatgan xabarida maʼlum qildi.

IIVning ekstremizmga qarshi kurash boʻlimining boshchisi Erlan Bakiyev, internet orqali xalqni jumbushga keltirayotgan bir qancha yashirin akkauntlar aniqlanayotganini takidladi. Xavfsizlik xizmati masalasida ekspert general Marat Imankulov ham, ijtimoiy tarmoqlardagi borayotgan fikriy yoʻnalish mamlakatni parokanda qilib yuborishidan ogohlantirdi. Ular bu tarmoqlarda ish olib borayotgan fikriy kurashchilarni aniqlash ishlari jadallashgani va ularga qarshi qonun choralari ham kuchaytiilgani haqida aytib oʻtishdi.

Oxirgi yillarda dunyoda ijtimoiy tarmoqlar orqali fikr tarqatish ommaviy urfga aylanib, matbuotning boshqa tarmoqlarini ortda qoldirib boryapti. Shuningdek Musulmonlar ham, dunyoda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarga ijtimoiy tarmoqlar vositasida islomiy nuqtai nazardan kelib chiqib, munosabat va siyosiy fikrlar bildirishlari ommaviy urfga aylanib boryapti. Qirgʻizistonda ijtimoiy tarmoqlar orqali Musulmonlar olib borayotgan siyosiy ish harakatlar siyosiy kurash darajasiga koʻtarildi! Buni yuqoridagi rasmiy mulozimlarning ijtimoiy tarmoqlardan siyosiy xavf xatar kelayotgani haqida gapirayotganidan anglab olish mumkin.

Siyosiy kurash – fuqorolar manfaatiga tajovuz qilayotgan hokimiyat va yetakchi kuchlarga qarshi yoʻnaltirilgan ish harakatlar boʻlib, zolimlar zulmini ochib tashlash, shuningdek ushbu ishlardan asl manfaatdor tomonlarni bayon qilish bilan olib boriladi. Xalq manfaatiga zid boʻlgan barcha siyosiy ishlar, bitim va kelishuvlar, umumiy mulklarni boshqa davlatlarga xiyonat yoʻllari bilan sotib yuborish, ummat va xalqni atayin savodsiz holda ushlab turish yoki unga oʻziga qarashli matbuot manbalari vositasida yolgʻon malumotlar tarqatish.., va hokazo xiyonatlarni fosh qilib borish kabi ishlarning barchasi siyosiy ish yoki kurash deb eʼtibor qilinadi.

Qirgʻiziston hukumatining barcha kirdikorlari aynan internet tarmogʻi vositasida ochilib boryapti. Natijada ular Rossiya va Xitoy singari mustamlakachi davlatlar manfaatlari uchun xiyonat yoʻli bilan imzolagan majburiyatlarini amalda bajarishga qiynalib qolishdi. Demak ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borilayotgan daʼvat ishlari ularning xoinliklarini biroz boʻlsa ham fosh qilib, ular uchun muammo paydo qila oldi. Bu esa, ijtimoiy tarmoqlar orqali Qirgʻizistonda siyosiy kurash paydo qila olganimizdan hamda ummat manfaatlarini ochkoʻz hokimiyat va kufr manfaatlaridan biroz boʻlsa ham himoya qila olganimizdan, shuningdek yetakchi guruhning kirdikorlarini fuqorolarga ochib berish va oʻsha sohani toʻgʻri, manfaatli va islomiy yechimlarini bayon qilib berish bilan ummatni uygʻonib borishiga ulkan hissa qoʻsha olganimizdan darak beradi, insha Alloh!

Yuqoridagi IIV xodimi va general ekspertning maqsadlari gapirayotgan gaplarining ortida yashiringan. Yaʼni ular, atayin yolgʻon bayonot tarqatish orqali qalbimizga vahima solishmoqchi. Internet tarmogʻidagi islomiy auditoriyamizni qoʻrquvga solish yoʻli bilan, u yerdagi islomiy muhitni zaiflashtirishmoqchi. Ular qalbaki islomiy vahimani atayin jumbushga keltirib, bu bilan muxolif kuchlar tarafidan olib borilayotgan, oʻziga noqulay matbuot kurashiga zarba berishmoqchi.

Bahor yaqinlashib, Qirgʻizistonda yana siyosiy oʻyinlar avj olishi kutilyapti. Prezident mamlakat taqdirini yana Rossiya tomonga burmoqchi boʻlyapti. Shuning uchun hukumat xavfsizlik sohasida yana eski yetakchilar bilan birlasha boshladi. Turganbayev va Suvanaliyev kabi bir qator generallar xavfsizlik mulozimlari sifatida ish bilan taʼminlanishgan boʻlsa, yana Imankulov singari bir qator zaxiradagi generallar tashqaridan turib ish olib borishadi. Yodingizda boʻlsa, Almazbek Atambayevning prezidentligi davrida ham, xuddi shu guruh vakillari general T. Mamitov boshchiligidagi toʻda bilan qalbaki diniy xavf xatarlar paydo qilish orqali mamlakatda Atambayevchilar diktaturasini oʻrnatib olishgan edi. Jiyanbekov ham avvalgi prezident yoʻlini tanladimi?!

Demak ular bizdan oʻzlarining tashviqotlaridan taʼsirlanib, qandaydir xatolarga yoʻl qoʻyishimizni kutishadi. Biz Musulmonlar, kufr tariqatlari bilan borayotgan ilmoniy toʻdalar oʻz oʻrtalarida talashayotgan yetakchilik kreslolaridan umid qilmaymiz. Ulardan biri shu kreslolarni egallab olishi uchun yordam ham bermaymiz. Biz jamiyatni bunaqangi iflos oʻyinlar bilan katta kufr davlatlariga qul qilib, mulkini talon-taroj qilib yuborayotgan kufrparast toʻdalardan biri emasmiz. Biz jamiyatni kufr tuzogʻidan ozod qilish, uni Islom nuri bilan farovon va xotirjam hayotga olib chiqishni oʻz oldimizga maqsad qilib olgan daʼvatchilarmiz! Shu yoʻlda yolgʻon vahima va malomatchining malomatidan qoʻrqmay, daʼvatni hayotimiz uchun asos qilib, internet Allohning shu yoʻldagi bergan neʼmati ekanini unutmay, faoliyatimizni davom ettiramiz insha Alloh!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.