Lavrov: Eron, Turkiya va Rossiya yetakchilarining Suriya boʻyicha yigʻilishi fevral oyida oʻtkaziladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri fevral oyi oʻrtalarida Suriya mavzusi boʻyicha Eron, Rossiya va Turkiya yetakchilarining toʻrtinchi yigʻilishi oʻtkaziladi deb xabar berdi.
Xabarga koʻra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ostonada Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashganidan soʻng, Rossiya tashqi ishlar vazirligining bayonoti tez orada eʼlon qilinishini maʼlum qildi. Ushbu yigʻilish Rossiyada oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Sergey Lavrovning qoʻshimcha qilishicha, “Ostona 12” Suriya sulhi boʻyicha xalqaro muzokaraning 12 raundi fevral oyining oʻrtalarida Suriya davlati vakillari va muxolifat namoyandalari hamda Rossiya, Turkiya va Eron vakillari ishtirokida Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida oʻtkaziladi.
Shuningdek mazkur uchrashuvda BMT va Iordaniya kuzatuvchilari ham qatnashadi. Hozirgi qadar Suriya boʻhronini hal etish boʻyicha Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida 11 marta yigʻilish oʻtkazildi.