Xitoy musulmonlarni repressiya qilishni kuchaytirmoqda va xuey¹ musulmonlari masjidlarini berkitmoqda

677
0
Image processed by CodeCarvings Piczard ### FREE Community Edition ### on 2018-09-14 12:06:23Z | |

Xitoy musulmonlarni repressiya qilishni kuchaytirmoqda va xuey¹ musulmonlari masjidlarini berkitmoqda

“Arabiy 21” veb-sayti hijriy 1440 yil 25 robiul-avval, milodiy 2019 yil 1 yanvarda nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

Xitoy ommaviy axborot vositalarining seshanba kuni tarqatgan xabariga koʻra, yurt janubiy gʻarbidagi Yunnan viloyati hukumati “diniy ilmlar noqonuniy oʻqitilyapti”, degan dastak bilan Fishan rayonidagi uchta masjidni yopib qoʻydi.

Xitoyda chiqadigan “South China Morning Post” gazetasi “mahalliy hukumatning «diniy ilmlar noqonuniy oʻqitilyapti”, degan hujjat bilan masjid ichkarisida namoz oʻqishga ruxsat bermayotgani haqida yozadi. Gazetada taʼkidlanishicha, “mahalliy xavfsizlik kuchlari bilan masjidlarining yopilishiga qarshi chiqqan xuey musulmonlari oʻrtasida toʻqnashuv chiqqan”.

Ammo gazetaning elektron sahifasida nashr qilingan suratda esa, ular oʻrtasida toʻqnashuv emas, balki xavfsizlik kuchlarining masjidni yopish chogʻida namoz oʻqiyotgan musulmonlarga qarshi kuch ishlatayotgani koʻrinib turibdi».

Roya gazetasi sharhi:

Bugungi kunda Xitoydagi musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan ishlar gʻamxoʻr xalifasiz yashayotgan musulmonlarning ahvolini koʻrsatib turibdi. Ha, Xitoydagi musulmonlar repressiya qilinmoqda, hatto ularga ibodatlarini ado etish ham taqiqlanmoqda. Bu musulmon yurtlaridagi hukmdorlarning jinoyatkor kofirlar bilan qanchalar til biriktirishayotganini ham koʻrsatib turibdi. Shuningdek, bu hol “erkin dunyo” deya atalmish dunyoning shuncha qirgʻin va istibdodlarga sukut qilayotganiga guvohdir. Ushbu qirgʻin va istibdod har qancha shafqatsizlik bilan jinoyatkorona amalga oshirilayotganiga qaramay uning qurbonlari musulmonlar boʻlgani uchun ham ular sukut qilishmoqda.

Xitoyda boʻladimi yoki Myanmadami yoxud Falastindami yo-da yer yuzining boshqa yerida boʻladimi, farqsiz, musulmonlar uchun haqiqiy nusrat-yordam duo qilish va moliyaviy yordam koʻrsatishgagina cheklanib qolmaydi. Balki bu ish, shiddat bilan otilib chiqib, anavi jinoyatkorlarga saboq beradigan va ularni shayton vasvasasiga solib qoʻyadigan musulmon armiyalar bilan amalga oshadi. Aks holda, jinoyatkorlar jinoyatda haddan oshaveradi, musulmonlar azob-uqubati ortaveradi. Shuning uchun barcha xolis musulmonlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga shoshilmoqlari kerak. Chunki ushbu Xalifalikdagina musulmonlar aziz-kuchli boʻladilar va uning yordamida jinoyatkor va zolimlardan oʻch olinadi.

Xuey¹ Xitoyda rasman eʼtirof etilgan 56 nafar ozchilikdan biri. Ular xitoylik “xan”lardan til orqali emas, balki musulmon diniga mansubliklari, uzoq asrlar davomida Islom madaniyatini yoyishlari sababli ajralib turadilar.

Roya gazetasining 2018 yil 2 yanvar chorshanba kungi 216-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.