AQSh (Isroil) xavfsizligiga ishongach Suriyadan chiqib ketmoqchi

1268
0

AQSh (Isroil) xavfsizligiga ishongach Suriyadan chiqib ketmoqchi

AQSh Prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Amerika kuchlarining Suriyadan chiqarilishi (Isroil) va mintaqadagi boshqa Vashington ittifoqchilari xavfsizligini ta’minlash bilan amalga oshirilishini bildirdi. U bu haqda Quddusdagi (Isroil( Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan.
“Biz prezidentning qo‘shinlarni [Suriyadan] olib chiqish qarorini yana muhokama qilamiz. Buni shunday amalga oshirish kerakki, bu tahdidni qayta tiklashning iloji yo‘qligiga ishonch hosil qilishimiz, Suriyaning shimoli-sharqiy qismida jangarilarning to‘liq mag‘lubiyatiga erishish lozim. Isroil va mintaqadagi do‘stlarimizni himoya qilish, shuningdek, biz bilan IShID va boshqa terroristik guruhlarga qarshi kurashganlarga g‘amxo‘rlik qilish kerak”,- degan Bolton. 
Uning nutqi yahudiy davlati boshlig‘i idorasi tomonidan Twitter’da e’lon qilindi.
“Prezident [Donald] Tramp bir necha marotaba (Isroil)ning o‘z mudofaasini tashkil etish huquqi haqida gapirib, buni qo‘llab-quvvatlagan. Men mintaqada, undan boshqa istalgan hududda ham, biron bir xalq (Isroil)ning o‘z mudofaasini qurishga shubha qilmasligini tavsiya qilardim. (Isroil)ning o‘zini himoya qilish huquqini qayta tiklashga haqqi bor”, – deya davom etdi Oq uy rahbari yordamchisi.
7 yanvar kuni yahudiy davlati hukumatining haftalik yig‘ilishida Netanyahu, Trampning Suriyadagi Amerika qo‘shinlarini olib chiqish qarori asosida, Eronning mintaqadagi tajovuzini bartaraf etish, unga qarshi tura olish masalalarini Bolton bilan muzokara qilish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.