Vladimir Norov SHHT bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

742
0

Vladimir Norov SHHT bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan 2019 yilning 1 yanvardan boshlab Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Norov ilgari Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan va favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

Vladimir Norov oʻtgan yilning iyun oyi boshlarida Sindaoda oʻtkazilgan SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan soʻng SHHT bosh kotibligiga tasdiqlangandi.

Norov bu lavozimda Tojikiston vakili Rashid Alimov oʻrnini egalladi. U 2019 yil 1 yanvaridan boshlab 2021 yil 31 dekabriga qadar SHHT bosh kotibi vazifasini bajaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.