Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqish haqidagi buyruq imzolandi

889
0

Suriyadan AQSH qoʻshinlarini olib chiqish haqidagi buyruq imzolandi

AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis Suriyadan Amerika harbiylarini olib chiqish haqida buyruqni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Buyruq imzolanganligini harbiy idora kotibi ham tasdiqladi.

Oʻtgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyada ISHID ustidan gʻalaba qozonilganligi va respublikadan AQSH harbiylarini olib chiqishini maʼlum qilgandi. Prezident soʻzlariga koʻra, ularning yagona maqsadi – terroristlar bilan kurash boʻlgan.

Koʻp oʻtmay, Jeyms Mettis Pentagon rahbari lavomini tark etishi haqida ariza berdi. U asosiy masalalar boʻyicha prezident bilan kelishmovchiliklari bayon etilgan maktubni eʼlon qildi.Kuni kecha Tramp 2019 yildan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Pentagon rahbari oʻrinbosari boʻlgan Patrik Shanaxan boʻlishini maʼlum qilgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.