Qirgʻiziston parlamenti sobiq prezidentlarning daxlsizlik maqomini bekor qiluvchi qonunni maʼqulladi

798
0

Qirgʻiziston parlamenti sobiq prezidentlarning daxlsizlik maqomini bekor qiluvchi qonunni maʼqulladi

 Qirgʻiziston parlamenti 13 dekabr kuni sobiq prezidentlarni daxlsizlik maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladi. Jogoru Keneshning 120 deputatidan 100 nafari qonunni yoqlab ovoz berdi.

 “Qirgʻiziston prezidenti faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilayotgan oʻzgartishlar loyihasi mualliflarining fikricha, qonunning sobiq prezidentlar daxlsizligini kafolatlovchi 12-moddasi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini kafolatlovchi konstitutsiya printsiplariga ziddir. Qonundan shu modda olib tashlanishi taklif qilinmoqda.

 Deputatlar, shuningdek, 3-moddani ham oʻzgartishni taklif qilmoqda, bu moddaga koʻra amaldagi prezident daxlsizlik maqomiga ega boʻlib, javobgarlikka tortilmaydi. Oʻzgartishlarga koʻra, prezident mansabidan chetlashtirilgani (impichment)dan soʻng jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, buning uchun parlament tomonidan uning jinoyat sodir etgani borasida ayblov qoʻyilishi kerak boʻladi. Ayblov uchun prezident harakatlarida jinoyat alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida bosh prokuror xulosasi kerak boʻladi.

 Shuningdek, sobiq prezidentlar qadr-qimmati va shaʼnini himoya qilishni kafolatlovchi 18-modda ham toʻla bekor qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.