NATO sovuq urush tugaganidan buyon eng yirik harbiy mashqlarini oʻtkazmoqchi

758
0

NATO sovuq urush tugaganidan buyon eng yirik harbiy mashqlarini oʻtkazmoqchi

Yevropaga tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan mashgʻulotlarda oʻn minglab harbiylar ishtirok etmoqda.

Mashgʻulotlarning asosiy bosqichi Norvegiyada 29 oktyabr kuni NATOga aʼzo 29 mamlakat hamda ularning Finlandiya va Shvetsiya kabi sheriklari ishtirokida boshlanadi.

Mashgʻulotlar ikki hafta davom etishi rejalashtirilgan.

“Bugun muhim kun, chunki bu – NATOning sovuq urush tugaganidan buyon eng yirik harbiy mashgʻuloti”,- dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg.

Ushbu mashgʻulotlar NATO va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar taranglashib borayotgan bir pallaga toʻgʻri kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.