AQShlik mutaxassislar: Amerika ogʻir vaziyatga tushib qolishi mumkin

1139
0

AQShlik mutaxassislar: Amerika ogʻir vaziyatga tushib qolishi mumkin

Soʻngi paytlarda Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya va Yevropa davlatlari oʻrtasida yuzaga kelgan muammolar sababli Amerika yaqinda ogʻir vaziyatga tushib qolishi mumkin. Amerika siyosatini kuzatib borayotgan AQShlik ekspertlar xuddi shunday xulosaga kelgan.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, AQShning Pokiston bilan munosabatlarni qayta koʻzdan kechirishi va Hindiston bilan hamkorlik qilishi shunchaki tanlov emas, balki AQSh shunga majbur boʻlmoqda. Ekspertlarga koʻra, bu holat Trampning notoʻgʻri siyosatining natijasidir.

“Afgʻoniston masalasida AQSh Pokistonga muxtojdir. AQSh oʻzini bu borada Pokistonga yaqin his qilmoqda”, deydi Amerikalik jurnalist Jara Van Dyke.

Xavfsizlik boʻyicha mutaxassis Abdul Xoliq Ali ham AQShning Pokiston va Hindistonga doir oʻz pozitsiyasidan voz kechishga majbur boʻlayotganini bildirdi.

“AQSh Osiyoda koʻp tomonlama nozik vaziyatlarga duch kelmoqda. Shunday boʻlishiga qaramay, Qoʻshma Shtatlar Xitoy uchun Hindistonga, Afgʻoniston uchun esa Pokistonga muhtojdir”, deydi Ali.

Ayni paytda BMT bosh kotibi Antonio Guterresh “The Atlantic” jurnaliga bergan intervьyusida AQShning dunyoda taʼsiri ozayib borayotganligini bildirdi. Unga koʻra, AQSh dunyo boʻylab bu yangi vaziyatga moslashishi kerak.

 “Dunyo parchalanadigan holatga kelib qoldi. Sovuq urush tugagandan buyon Amerika yetakchiligidagi dunyo tizimi endilikda nomaʼlum va koʻp sonli kuchlar oʻz taʼsirini oʻtkazadigan tizimga aylanib boryapti. AQSh bu yangi vaziyatga moslashishi lozim”, dedi BMT bosh kotibi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.