Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda

887
0

Tojikiston prezidenti Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda

 Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon shu yilning 17–18 avgust kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

 Asia-plus media guruhining Tojikiston hukumatidagi oʻz manbasiga tayanib yozishicha, Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlariga koʻra, tomonlar jami 23ta yangi hujjat va bitimni imzolashi kutilmoqda.

 Xavfsizlik sohasidagi kelishuvlardan tashqari, kinematografiya, gidrometeorologiya sohalarida ham hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

 Tojikiston va Oʻzbekiston, shuningdek, strategik sheriklik, ikki davlat chegaralarini toʻliq demarkatsiya va delimitatsiya qilish toʻgʻrisida bitim imzolaydi.

 Rahmonning tashrifi arafasida – 16-17 avgust kunlari Toshkentda “Tojikistonda ishlab chiqarilgan” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Unda qoʻshni respublika sanoatining yutuqlari namoyish etiladi. 17 avgust kuni koʻrgazmaga Sh.Mirziyoyev va I.Rahmon tashrif buyuradi.

 Imomali Rahmon soʻnggi marta 1998 yilning yanvarida Oʻzbekistonga ikkitomonlama aloqalar doirasida tashrif buyurgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.