Erdoʻgʻan Suriya masalasi boʻyicha 4 davlat uchrashuvi oʻtkazilishini maʼlum qildi

768
0

Erdoʻgʻan Suriya masalasi boʻyicha 4 davlat uchrashuvi oʻtkazilishini maʼlum qildi

 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 7 sentyabr kuni Istanbulda Turkiya, Rossiya, Germaniya va Frantsiya rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqida “Vatan” gazetasi xabar berdi.

 “Istanbulda 7 sentyabrda Turkiya, Rossiya, Germaniya va Frantsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi, biz nima qilishimiz mumkinligini muhokama qilamiz. Mazkur toʻrt tomonlama uchrashuvda mintaqa muammolarini muhokama qilamiz”,- dedi Erdoʻgʻan Yoxannesburgda jurnalistlarning Suriya boʻyicha savollariga javoban.

 Siyosatchilar shuningdek, Turkiya, Rossiya va Eronning Suriya boʻyicha uch tomonlama uchrashuvi kun tartibini ham muhokama qilishadi.

 Erdoʻgʻanning soʻzlariga koʻra, Turkiya, Rossiya va Eronning Sochi va Anqarada boʻlib oʻtgan uch tomonlama sammitidan soʻng Tehronda uchrashuv oʻtkaziladi.

 Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Suriya boʻyicha ikkinchi sammiti 4 aprelda Anqarada boʻlib oʻtgandi. Birinchi sammit 2017 yil 22 noyabrda Sochida oʻtkazilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.