AQSh hukumati O’zbekistonga uchuvchisiz boshqariladigan dron uchoqlari etkazib berishni rejalamoqda.

431
0

Turkiston:

AQSh Davlat Kotibining yordamchisi Robert Bleykning jurnalistlarga aytishicha, Davlat Departamenti Kongressni ushbu rejadan ogoh qilgan.

Bleyk bu haqda 27 fevral kuni Vashingtonda o’tgan “Avrosiyoga islomiy jangarilik tahdidi” mavzuidagi tinglovdan so’ng gapirgan.

“O’zbekiston yirik qurol-yarog’ tizimlari, har holda hujumkor qurollarni so’rayotgani yo’q. Ular bizdan o’zlarini mudofaa qilishda yordam so’rashmoqda” ,-deb aytgan janob Bleyk.

AQShning O’zbekistonda xarbiy mustamlakaning yangicha uslubini tayyorlayotgani xaqida saytimiz taxlillarida aytib o’tgan edik.

AQShning bu yangi strotegiyasi bo’yicha, O’zbekiston armiyasi to’la modnizatsiya qilinadi. Bu esa Rossiya yoki sobiq SSSRdan qolgan xarbiy texnikasini tubdan Amerikaniki bilan o’zgartirishni anglatadi.

AQShning bu yangi strotegiyasi O’rta Osiyoda qanday o’zgarishlar olib kelishi mumkin?

O’zbekistonni xarbiy mustamlakachisi bo’lib kelgan Rossiyani bu ishlarga nisbatan qanday choralar ko’rishi kutiladi? Shular oqibatida bizlarni nimalar kutayotgan bo’lishi mumkin.

Bu kabi tashvishli savollar borgan sari avj olib bormoqda.

Qirg’iziston xam shu kunlarda Rossiyadan qurol yaroqlardan yordam berishini so’radi. Lekin muammo shundaki, AQSh O’zbek armiyasini eng yangi va zamonaviy qurollar bilan taminlashni rejalashtirmoqda. Rossiya esa, eskidan Qirg’izistonni o’zidan qolgan eski texnikalar bilan taminlab keladi.

Ammo bu galgi muammoning jiddiyligi shundaki, Qirg’iz, Tojik va Qozoq xukumatlariga xam AQSh tomonidan O’zbekistonga beriladigan qurol yarog’ tizimi taklif qilinmoqda.

Rossiya xozirgi xolatida AQSh bilan, ommatan ishlab chiqarilayotgan xarbiy texnika bilan ta’minlash soxasida xecham raqobatlasha olmaydi. Demak u Markaziy Osiyo davlatlariga xar tomonlama bosimlar va xatto kerak bo’lsa pravokatsiyalar uyushtirish xaqqida fikrlaydi.

Markaziy Osiyo davlatlarini, O’zbekiston xarbiy quvvatini bu qadar o’sib ketishi qattiq tashvishga solmay qo’ymaydi. Ular xozir, ikki o’t orasida qolib bormoqdalarki ikkisidan birini tanlashdan o’zga choralari yo’q. Ayni mana shu vaziyat shu mintaqada kutilayotgan vaximali xolatdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.